Mavzu: Tayloq tumani
1. Arey(M) (1953) [off] | TXT | 8| 24 May 2019, 21:40
Xabar Arey tomonidan o'chirilgan.
2. YolGiZbeK (10) [off] | TXT | 5| 24 May 2019, 23:11
Xabar Arey tomonidan o'chirilgan.
Ijobiy (1): Arey,
3. Arey(M) (1953) [off] | TXT | 19| 24 May 2019, 23:15
Toyloq tumani- Samarkand viloyatidagi tuman. 1992 y. 9 aprelda tashkil etilgan. Viloyatning jan.sharqiy qismida. Shim.dan Jomboy va Bulungʻur, jan. va sharqdan Urgut, gʻarbdan Samarkand tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,28 ming km². Aholisi 134,3 ming kishi (2003). T.da 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Adas, Bogʻizagʻon, Jumabozor, Gʻulba, Madaniyat, Sochakibolo, Tepaqishloq, Toyloq, Qoʻrgʻoncha) bor. Markazi — Toyloq qishlogʻi.
Tabiati. Tuman hududi Zarafshon daryosining hozirgi davr qayirlari hamda koʻhna qayir (terrasa)laridan iborat boʻlib, asosan, tekislik. Zarafshon daryosi keltirgan oqindi (qum, shagʻaltosh, loyqalar)dan tarkib topgan. Ular ustini 5–10 m qalinlikdagi lyoss yotqiziqlari qoplagan. Tuman hududidan Markaziy magistral, Dargʻom kanallari va Zarafshon daryosi, Krrasuv soyi oqib oʻtadi. Tuprogʻi boʻz, oʻtloqboʻz, oʻtloqbotqoq va allyuvial tuproq. Foydali qazilmalari, asosan, shagʻaltosh, qum va lyosslardan iborat. Iklimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha trasi 25,9°, yanvarniki 0,2°. Vegetatsiya davri 215—230 kun oraligʻida. Yiliga 320–350 mm yogʻin tushadi.
Tuman hududidagi qayirlarda toʻqayzorlar mavjud boʻlib, bu yerda yovvoyi jiyda, tol, qamish, turangʻil oʻsadi. Tuman hududidagi ekin ekilmagan yerlarda ajriq, yulgʻun, shuvoq, bugʻdoyiq, yantoq, yalpizlar uchraydi. Qushlardan mayna, chumchuq, qargʻa va boshqa bor.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km²ga 480 kishi.
Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Sanoatida taʼmirlash, aloqa va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, meva konserva zdlari bor.
Toyloq tumanida yirik, oʻrta, kichik korxonalar hamda mikrofirmalar faoliyat koʻrsatib turibdi. Meva konservalari, non, qandolatchilik va sharob mahsulotlari, salqin ichimliklar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Tumandagi ixtisoslashgan mikrofirmalar tomonidan aholiga maishiy xizmat koʻrsatish (avtomobil, muzlatkich, radio, televizorlarni taʼmirlash va boshqalar) ishlari amalga oshiriladi. 2 ta qoʻshma korxona, shu jumladan, Uzbekistan—AQSH "Adas—Agro Invest" (uzumni qayta ishlaydi), Oʻzbekiston—Rossiya "TonigriN" (mevani qayta ishlaydi) mahalliy xom ashyo asosida ishlamoqda.
Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Tumanda 5620 ga yerga gʻalla, 1994 ga yerga sabzavot, 307 ga yerga kartoshka, 2697 ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. Koʻp yillik daraxtzorlar 4686 ga (shundan, bogʻlar 1446 ga, tokzorlar 2490 ga, tutzorlar 692 ga). Boʻz yerlar va yaylovlar 2336 ga (2003).
Toyloq tumanida 11 shirkat, 482 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 63,2 ming qoramol (shu jumladan, 29,4 ming sigir), 18,9 ming qoʻy va echki, 70,7 ming parranda, 300 dan ziyod yilqi boqilmoqsa (2003).
Ijobiy (1): Eseyj,
Raxmat aytdi (1): Eseyj,
4. Tayotabek(1488) [off] | TXT | 18| 25 May 2019, 15:52
Hamma googledan copy qilyaptiyeey :voy:
Ijobiy (1): RM_FANAT,
5. ADMINKA (543) [off] | TXT | 15| 26 May 2019, 10:03
Tayotabek (25 May 2019, 15:52):
Hamma googledan copy qilyaptiyeey :voy:
Tayotabek, Vikipediyadan:lol:
Oxirgi o'zgarish: ADMINKA (26 May 2019, 10:03)
Ijobiy (1): Krasav4ik,
6. RM_FANAT(1028) [off] | TXT | 12| 26 May 2019, 12:58
ADMINKA (26 May 2019, 10:03):
Tayotabek, Vikipediyadan:lol:
ADMINKA, Uje hamma ham vikipediyadan kopy qilyabti, google dan poisk beryabti keyin vikipediyaga o'tib ketyabti :lol:
7. SAMRIDDIN (11) [off] | TXT | 9| 26 May 2019, 22:43
Tayloq tumani qanaqa
12>>>
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3366
Mavzuga oid xabarlar soni: 8 ta
So'ngi faollik vaqti: 26 May 2019, 22:57
Mavzuni ko'rishgan: 21 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 49 (5/44)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru