Mavzu: Xojand viloyati
1. Нарзулло (M) (1108) [off] | TXT | 8| 24 May 2019, 22:33
Xoʻjand (1936-91 yillarda Leninobod) — shahar, Tojikiston Respublikasi
Sugʻd viloyati markazi [2] . Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida, Turkiston tizmasi bilan Moʻgʻultogʻ oʻrtasida,
Sirdaryo boʻyida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Dushanbe shahrigacha 341 km. Aeroport bor. Aholisi 167,4 ming kishidan ko‘proq (2013), asosan,
tojiklar va oʻzbeklar tashkil qiladi.
TARIXI
Aleksandr Makedonskiyning Osiyoga yurishi
Hoʻjand Oʻrta Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan boʻlib, mil.av. 1-ming yillikda vujudga kelgan. Arxeologik qazishmalar natijasida shahar hududidan mil. av. 6—4-asrlarga oid tarixiy ashyolar topilgan. Mil. av. 329-yilda shaharni Aleksandr Makedoniyalik egallagan. Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha shahar 7-asrning 2-yarmida Hoʻjand nomi bilan mashhur boʻlgan (Hoʻjand orqali
Xitoydan Yevropaga Buyuk ipak yoʻli oʻtgan). 8-asrda arab halifaligi, 13-asrda moʻgʻullar imperiyasi, 14—15-asrlarda Temuriylar, 16-asrda
Shayboniylar , soʻngra Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan. 1866-yilning 24-mayida shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari bosib olgan. Hoʻjand 1924-yilda Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilgandan soʻng
Oʻzbekiston tarkibiga kirgan, 1929-yil dan Tojikiston tarkibiga oʻtkazilgan.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3367
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 28 May 2019, 07:18
Mavzuni ko'rishgan: 8 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 188 (0/188)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru