Mavzu: Qoraqalpog'iston Respublikasi
1. RM_FANAT (M) (1035) [off] | TXT | 17| 25 May 2019, 14:52
Qoraqalpogʻiston, Qoraqalpogʻiston Hududi — Oʻzbekiston Respublikasitarkibidagi respublika maqomidagi O'zbekiston Respublikasi subyekti. 1924-yil 14-oktabrda bosqinchi bolsheviklar tomonidan Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 1569,4 ming kishi ( 2005). Boshkenti – Nukusshahri tarkibida 14 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor. [1]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Қорақалпоғистон Республикаси
Qaraqalpaqstan Respublikası, Қарақалпақстан Республикасы
Gerb
Bayroq
Oʻzbekiston Respublikasi subyekti
Madhiya:O'zbekiston Serquyosh, Qaraqalpaqstan Jayxun jag'asında
Maʼmuriy markazi Nukus
Yirik shahariNukus
Boshqa yirik shaharlariXoʻjayli, Qoʻngʻirot, Beruniy, Toʻrtkoʻl, Chimboy
Asos solingan sanasi1924-yil 14-oktabr
Qoraqalpogʻiston respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisiYerniyazov Muso Tojiddinovich
Vazirlar Mahkamasi raisiSariyev Qahramon Ramatullayevich
Rasmiy tili oʻzbek tili, qoraqalpoq tiliO'zbek tili asosiy til
Aholi ( 2019)1 869 700 (10-oʻrin)
Zichligi10,84 kishi./ km² (13- joy)
Millatlar tarkibi O'zbeklar, Qoraqalpoqlar, Turkmanlar, Qozoqlarva boshqalar
Dinlar tarkibiAsosiy Islom-Sunniylar, Xristianlar, Ateistlar va boshqalar
Maydoni166 600 km² (1-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
Baland choʻqqisi
473 m
Soat mintaqasi UTC+5
QisqachaUZ-QR
Kod ISO 3166-2UZ-QR
Indeks FIPSUZ-KRK
Telefon kodi+998 61
Internet domeni.uz
Avtomobil raqami kodi23 (1998—2009 yillardagi koʻrinishi)
95 — 99 (2009-yildan keyingi yangi koʻrinishi)
Rasmiy sayti

http://sovminrk.gov.uz

Davlat tuzumi
Qoraqalpogʻiston – parlamentboshqaruv shakliga ega boʻlgan O'zbekiston respublikasitarkibidagi hudud. Qonun chiqaruvchi oliy davlat vakolatli organi – koʻp partiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylangan deputatlardan iborat Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi (QR JK). Qoraqalpogʻiston hududi Joʻqorgʻi Kengeshi raisi respublika rahbari hisoblanib, u Joʻqorgʻi Kengesh deputatlari orasidan 5 yil muddatga saylanadi (faqat ketma-ket 2 muddatdan oshmaydi). Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Qoraqalpogʻistonda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Hududi Konstitutsiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpogʻiston oʻz davlat ramzlari: gerb, madhiya va bayrogʻiga ega. [1]
Tabiati
Qoraqalpogʻiston Qizilqum choʻlining shimoli-gʻarbiy, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasida joylashgan. Orol dengizining janubiy qismi Qoraqalpogʻiston hududida. Qizilqumning shimoli-gʻarbiy qismi Orol dengizi tomon pasayib boruvchi keng yassi tekislik boʻlib, qator tepa va qumli bar-xanlar (balandligi 75 m dan 100 m gacha) uchraydi. Alohida togʻ massivlari (eng, yirigi – Sulton Uvays togʻi, choʻqqilari 473 m va 485 m) bor. Sugʻoriladigan yerlar va sugʻorish kanallari, asosan, deltaning oʻng sohilida. Gʻarbida bir nechta botiqli (Borsakelmas, Asakaovdon botiqlarining balandligi 29–101 m) Ustyurt platosi joylashgan. Plato Orol dengizi va Amudaryo deltasiga tik yon bagʻirli jarlik – chinklar hosil qilib tushgan. Ustyurtdan janubi-sharqda Sariqamish soyligining shimoliy chekkasi joylashgan.
Foydali qazilmalardan osh tuzi va glauber tuzi, mineral xom ashyo hamda qurilish materiallari va boshqalar bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq va qishi nisbatan sovuq, qor kam yogʻadi. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi janubda –4,9°, shimolida – 7,6°, iyulda janubida 28,2°, shimolida 26°. Yillik yogʻin 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 194–214 kun. Eng yirik daryosi–Amudaryo (quyi oqimi). Amudaryo havzasi qadimdan sugʻoriladigan hudud sifatida maʼlum. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Nukus shahrida joylashgan suv xoʻjaligi boshqarmasi Taxiatosh gid-rouzeli, Qipchoq gidropostidan Orol dengizigacha boʻlgan (283 km) hududdagi daryoning barcha suv chiqarish inshootlarini nazorat qiladi. Oʻrta va yuqori oqimlarda daryo suvi sugʻorishga koʻp sarflanishi natijasida hozirgi Amudaryo Orol dengiziga bevosita quyilmaydi.
Qoraqalpogʻistonning eng yirik koʻli – Orol dengizi, shuningdek, Xoʻjakoʻl – Qora-jar koʻllar sistemasi bilan bogʻlangan Sudochye koʻl sistemasi hamda Orol dengizining qurib qolgan qismida tashkil etilgan sunʼiy suv havzalari ham mavjud. Soʻnggi 40 yil ichida Amudaryo va Sirdaryo havzalarida sugʻoriladigan yerlarning kengayishi natijasida Orol dengizi suv sathi 2005-yil boshida 23 m pasaydi. Qoraqalpogʻistonning barcha suv havzalaridan baliq ovlanadi, ularda baliq xoʻjaliklari tashkil etilgan. [1]
Tuprog'i, o'simlik va hayvonot olami
Amudaryo deltasida allyuvial-oʻtloq, allyuvial oʻtloq-toʻqay, qurib qolgan koʻl va botqoqliklarda tipik shoʻrxok, Ustyurt platosida va Qizilqumda taqir tuproqlar, Qiziljar, Toʻqmoqtogʻ va Ustyurt platosida kulrangqoʻngʻir, Orol dengizining qurib qolgan tubida qumli choʻl tuproqlari tarqalgan.!
2. BestMaker (63) [off] | TXT | 10| 28 May 2019, 10:27
Assalamu alaykum, kindik qonim to'kilgan zaminim!
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3369
Mavzuga oid xabarlar soni: 2 ta
So'ngi faollik vaqti: 28 May 2019, 10:27
Mavzuni ko'rishgan: 17 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 121 (0/121)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru