Mavzu: QUMQO'RG'ON TUMANI !
1. MANSUR (M) (121) [off] | TXT | 6| 27 May 2019, 05:48
Qumqoʻrgʻon tuman !

Tarkibida; Surxondaryo viloyati
Maʼmuriy markazi; Qumqoʻrgʻon
Rasmiy tillar; Oʻzbek
Soat mintaqasi; UTC+5

Qumqoʻrgʻon tumani- Surxondaryo viloyatidagi tuman. Viloyatning markaziy qismida joylashgan. 1977 yil 24 martda tashkil etilgan. Shim.dan Sariosiyo, jan. va jan.-gʻarbdan Jarqoʻrgʻon, sharqdan Oltinsoy, Shoʻrchi, Uzun, shim.-sharqdan Denov, gʻarbdan Bandixon va Boysun tumanlari, jan.sharqdan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,2 ming km2. Aholisi 158,3 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Qumqoʻrgʻon), 1 shaharcha (Hurriyat), 8 qishloq fu-qarolari yigʻini (Arslonboyli, jaloyir, Ketmon, Oqjar, Oqqapchi-gʻay, Yuqori Kakaydi, Oʻzbekiston, Qumqoʻrgʻon) bor. Tuman markazi — Kumkoʻrgʻon shahri Tabiati. Tuman hududi Surxon — Sherobod vodiysining markaziy qismida joylashgan, oʻrta qismidan shim. dan janub tomon Surxondaryo oqib oʻtadi. Relyefi, asosan, adirlardan iborat, Surxondaryo vodiysi gʻarbga (Sherobod — Sariqamish qirlari tomon) va sharqqa (Bobotogʻ tomon) asta-sekin koʻtarilib boradi. Foydali qazilmalardan Lalmikor neft koni, turli qurilish materiallari qazib olinadigan konlar bor. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Qishi iliq, qisqa, yozi issiq, davomli. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 3°, eng past temperatura —20°, —22°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 30°, eng yuqori temperatura 48°. Yillik oʻrtacha temperatura 16°. Vegetatsiya davri 240—250 kun.

Yiliga oʻrtacha 190–200 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Surxondaryo va uning mavsumiy oqimga ega boʻlgan oʻng irmoqlaridan Oqqapchigʻay, Bandixon soylari oqib oʻtadi. Asosiy sugʻorish kanallari: Sherobod va Bobotogʻ mashina-magistral kanallari, Oʻgʻriguzar nasos st-yasi va boshqa bor. Daryo terrasalari allyuvial boʻz tuproq. Surxondaryoning har ikkala tomonidagi adirliklarda qum tuproq, togʻ etaklarida och tusli boʻz tuproqlar. Kserofit — efemeroid oʻsimliklar oʻsadi. Daryo boʻylarida qamish, qiyoq, yulgʻun, yantoq, qizilmiya, adirlarida betaga, noʻxatak, qoʻngʻir-bosh, shoshir, lolaqizgʻaldoq, qoʻzigul, togʻ yon bagʻirlarida karrak, kovrak, kiyikoʻt, suv havzalarida har xil baliklar yashaydi. Tuman hududida Jan. Surxon suv ombori joylashgan.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 71 kishi. Sugʻoriladigan zonada oʻrtacha zichlik 1 km2ga 100 kishi chamasida.

Xoʻjaligi. Muhim sanoat korxonalaridan "Surxon" temir-beton buyumlari k-ti, paxta tozalash, taʼmirlash-mexanika, asfalt-beton zavodlari, non kti bor. Jan. Surxon suv ombori boshqarmasi, Surxondaryo par-malash ishlari boshqarmasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, neftni saklash va sisternalarga quy-ish estakadasi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Kichik, oʻrta biz-nes korxonalari, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, gʻallachilik va paxtachilik, ingichka tolali paxtachilikka ixtisoslashgan. Chorvachilik, polizchilik, sabzavotchilik, pillachilik ham rivojlangan. Tumanda shirkat, dehqon, fermer xoʻjaliklari, 3 chorvachilik majmuasi, "Sayxon" qorakoʻlchilik-naslchilik xoʻjaligi mavjud. Bogʻ va tokzorlar bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, kasbhunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi va uning shoxobchalari, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, qishloq vrachlik va feldsher-akusherlik punktlari, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Q.dan Toshkent — Dushanba temir yoʻl va Termiz — Dushanba avtomobil yoʻli oʻtgan. Yangi qurilayotgan Q. — Toshguzar — Boy-sun temir yoʻl ning 112 km qismida poyezdlar qatnaydi. Q.dan Termiz shahriga avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Bandixonsoy ustiga qurilgan qad. meʼmoriy koʻprik (gʻishtdan) (1558—98 yillar) saqlanib qolgan.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3376
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 27 May 2019, 05:48
Mavzuni ko'rishgan: 6 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 243 (0/243)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru