Mavzu: FARGONA VILOYATI TOSHLOQ TUMANI
1. SHAHZODBEKK (M) (90) [off] | TXT | 11| 11 Jun 2019, 14:51
1. Tuman tashkil topganligi haqida ma'lumot
Tuman 1973 yili tashkil topgan. Tuman markazi - Toshloq qishlog`i.
2. Tuman joylashganligi haqida ma'lumot.
Tuman Farg`ona viloyatining shimoliy-sharqida joylashgan bo`lib, Yozyovon, Quva, Oxunbobev tumanlari hamda Farg`ona va Marg`ilon shaharlari bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni 240 kv.km ni tashkil etadi.
3. Aholi haqida ma'lumot.
Tumanning 96 ta aholi yashash bo`limlarida 154,4 ming kishi istiqomat qiladi, shundan shaharda 40,3 ming kishi (26,1%) ni, qishloqda 114,1 ming kishi (73,9%) ni tashkil qiladi. Aholini 93,2% ni o`zbeklar, 0,7% ni tojiklar, 4,6% ni qirg`izlar va boshqa millat vakillari tashkil etadi.
4. Qo`shma korxonalar va sanoat korxonalar soni.
Tumanda 3 ta yirik sanoat korxonasi "Toshloq paxta tozalash" AJ, "VODIY TOSHLOQ TEXTILE" DK va "DEU Tekstayl kompani" chet el korxonasi faoliyat yuritmoqda. Bu korxonalarda paxta tolasi, gazlamalar va b. Ishlab chiqarilmoqda.
Bundan tashqari 3 ta qo`shma korxona: O`zbek - Rossiya "Merfen KO" QK, "DEU Tekstayl kompani" QK, O`zbek - Koreya "Sta sam yang plastik Ko" QK lari mavjud.
5. Yangi yaratilgan ishchi o`rinlar.
Tumanda yangi yaratilgan ishchi o`rinlar soni - 2406.
6. Kichik biznes sub'ektlari va fermer xo`jaliklari.
Kichik biznes sub'ektlarining umumiy soni 1857 ta, shundan 1165 tasi fermer xo`jaliklari (har bir fermer xo`jaligi uchun o`rtacha yer maydoni 22,3 ga).
7. Bilim yurtlari va sog`liqni saqlash ob'ektlari.
Tumanda 29105 ta o`quvchiga mo`ljallangan 48 ta o`rta umumta'lim maktablari, 4051 ta talabaga mo`ljallangan 5 kasb-hunar kollejlari mavjud.
Bundan tashqari tumanda 499 ta bemorga mo`ljallangan 7 ta kasalxona, 22 ta shifoxona va 18 qishloq vrachlik bo`limlari faoliyat yuritmoqda.
2. AbrorBek (33) [off] | TXT | 9| 11 Jun 2019, 15:14
Yaxshi
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3402
Mavzuga oid xabarlar soni: 2 ta
So'ngi faollik vaqti: 11 Jun 2019, 15:14
Mavzuni ko'rishgan: 11 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 12 (0/12)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru