1. As_Master (M) (298) [off]
|
TXT |
4| 14 Sep 2019, 16:51
Jarqoʻrgʻon tumani- Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda Shoʻrchi tumani bilan birlashtirilgan, 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzilgan). Shimoliy da viloyatning Qiziriq va Bandixon tumanlari, sharqda Qumqoʻrgʻon tumani, janubi-gʻarbda Termiz va Angor tumanlari, sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 1,14 ming km2. Aholisi 142,2 ming kishi (2000). Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Jarqoʻrgʻon. J. t.da 1 shahar (Jarqoʻrgʻon), 1 shaharcha (Kakaydi) va 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Dehqonobod, Jarqoʻrgʻon, Minor, Oqqoʻrgʻon, Surxon, Chorjoʻy, Sharq Yulduzi) bor. Markazi — Jarqoʻrgʻon sh.
Tabiati. Relyefi, asosan tekislik boʻlib, Surxondaryo vodiysi boʻylab jan.ga tomon pasayib boradi. Qishi qisqa va iliq, yogʻin nisbatan kam, yozi uzoq, quruq va issiq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28—32°, yanvarniki 2,8—3,6°. Yiliga oʻrtacha 130–140 mm yogʻin tushadi, asosan qish va bahorda yogʻadi. Gʻarbiy, janubi-gʻarbiy, Shimoli-sharqiy shamollar koʻp esadi. Tumanning janubiy va sharqidan bir necha kun davom etadigan quyuq changtoʻzonli Afgʻon shamoli esadi.