uzmasters.ru Kirish
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
UMUMIY BO'LIM | Kutubxona |
Mavzu: Hikoyalar
Mavzu fayllari (0)
1. Nodirali(M) (1581) [2m] |TXT| 10|18 March 2017, 16:15
O'zingiz yozgan yoki o'zingizga yoqqan hikoyani ushbu mavzuda baham ko'ring.
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
2. Nodirali(M) (1581) [2m] |TXT| 10|18 March 2017, 16:17
O'g'lim bergan tarbiya


Uylanganimdan uch yil o'tib farzand ko'rdim. Darhol bola tarbiyasiga oid kitob-risolalar sotib oldim, rafiqam bilan o'tirib ota-onamiz bizga bergan o'git va pandlarini eslaydigan bo'ldik. Bola ulg'ayarkan, unga kundalik odoblar, axloq qoidalarini o'rgata boshladik. “Taomni o'ng qo'lingda ye...”, “Yotib ovqat yema...”, “O'zingdan kattaga salom ber...”, “Hojatdan so'ng albatta qo'l yuvilishi kerak...”
Kunlarning birida bozordan non sotib olib, uyga piyodalab keta boshladik. O'sha kuni tushlik qilmagandim, qornim tatalab ketyapti. Uyga borishgacha sabrim chidamay yelimxaltada turgan nonga qo'l cho'zdim: bir burdasi bilan qorinni aldab ketay... Qo'lim nonga tegar-tegmas orqadan ogohlantirish keldi:
– Ada, non yemoqchimisiz? Qo'llaringizni yuvmagansiz-ku!
Darrov hushyor tortdim. Hozir nonni ushatib olishim bolamga ovqat yeyishdan oldin qo'l yuvish kerakligi haqida bergan tarbiyamni yuvib ketishini o'yladim.
– Ha-ya, rost aytasan, o'g'lim. Qo'llarim yuvilmagani yodimdan ko'tarilibdi. Eslatganing uchun rahmat. Nonni uyda, qo'llarni yuvib yeymiz...
Ayolim bilan shu haqda eslashib kulishdik. Shunda onasi bir gapni aytib qoldi: “Sizning har bir xatti-harakatingiz o'g'lingiz kuzatuvi ostida. U sizga taqlid qiladi. Iltimos, ehtiyot bo'ling...”
Bunaqa payt inglizlarning mashhur maqoli yodga tushaveradi: “Bolalaringizni tarbiya qilmang. Ular baribir sizga o'xshashadi. Siz o'zingizni tarbiya qiling”
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
Raxmat aytdi (1): TJboy,
3. Nodirali(M) (1581) [2m] |TXT| 10|5 Apr 2017, 14:35
Kuygan non

O'shanda hali bola edim. Onam ishdan horib qaytsa-da, har kech biz uchun non pishirardi.
Bir kuni vaqt allamahal bo'lgan, onaizorim shosha-pisha biz uchun kechki ovqat tayyorlardi. Bir ozdan keyin u otamning oldiga ovqat va non qo'ydi. Mening ikki ko'zim nonda edi. Kimdir nonning kuyganiga e'tibor berarmikan deb kutib turdim.
Lekin otam nonni indamasdan chaynadi va mendan maktabdagi kunim qanday o'tganini so'radi. O'sha kun unga qaytargan javobimni eslay olmasam ham, ovqatdan keyin volidamning otamga non bir oz o'tib ketganini ming xijolat bilan aytgani kechagidek qulog'im ostida.
Otam o'sha kuni jilmayib turib, onamga: - Azizam, kuygan non menga yoqadi-ku — dedi. Uxlashdan oldin otamga xayrli tun tilash uchun uning oldiga kirdim va undan kuygan nonni rostdan ham yaxshi ko'rish-ko'rmasligini so'radim. Otam meni bag'riga bosib, qattiq quchoqladi.
- O'g'lim, onang kun bo'yi ishlab, juda charchagan. Bir marta kuygan non yesam, menga biror nima bo'lmaydi. Lekin yomon so'z onangni qattiq jarohatlagan bo'lar edi — dedi.
Biz barchamiz xom sut emgan bandalarmiz. Kezi kelganda muhim sanalarni, zarur narsalarni, burchlarimizni esdan chiqarib qo'yamiz. Shuncha yillar mobaynida o'rgangan narsam shuki, bir-birimizni kamchiliklarimiz bilan qabul qilishimiz kerak. Chunki hayot afsuslar bilan uyg'onish uchun juda ham qisqalik qiladi.
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
4. Money (256) [off] |TXT| 10|5 Apr 2017, 16:20
Qorqinchli hikoyaladn yozilar
5. Nodirali(M) (1581) [2m] |TXT| 10|5 Apr 2017, 17:17
Money (5 Apr 2017, 16:20):
Qorqinchli hikoyaladn yozilar
Money, to'g'risi men qo'rqaman. Shuning uchun yozmayman.
6. Nodirali(M) (1581) [2m] |TXT| 10|22 Jul 2017, 00:11
Boylik
Bir kuni boy kishi farzandiga kambag‘allikda yashash qanday bo‘lishini ko‘rsatmoqchi bo‘libdi. Uni chekka bir qishloqqa olib borib, u yerda bir necha muddat birga yashashibdi. Keyin uyga qaytishgach, ota o‘g‘lidan so‘rabdi:
–Xo‘sh o‘g‘lim, kambag‘allikda yashash nima ekanligini tushunasanmi?
–Ha ota!
–Bizning sayohatimiz senga nimadir o‘rgatdimi?
–Juda ko‘p narsa o‘rgatdi...
–Masalan nima o‘rganding?
–Men ulardek yaxshi va boy insonlarni hali uchratmaganimni tushundim!
–Boy!? – ota hayron bo‘libdi.
–Ha ota, boy. Qarang, bizning uyimizda bitta it yashaydi, ularnikida esa to‘rtta. Bizning dalahovlimizda basseyn bor, ularda esa keng dengiz. Bizda kichik bog‘, ularda esa cheksiz o‘rmon. Bizda tunni fonarlar yoritadi, ularda esa yulduzlar...
–Axir, bizning oilamizda hamma narsa yetarli-ku! – ota yana savol beribdi.
–Ko‘rinishidan shunday… Bizga har doim nimadir yetishmaydi, ular esa boriga qanoat qilishadi. Biz ular oldida kambag‘alroqmiz...
.
Oqayiq.uz saytidan olindi.
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
7. wmreal_fans (246) [off] |TXT| 10|15 Sep 2017, 18:58
Siroj qalamdarni murda o'g'risiga o'xshagan hikoya bormi
8. Nodirali(M) (1581) [2m] |TXT| 9|10 Oct 2018, 21:57
real_fans (15 Sep 2017, 18:58):
Siroj qalamdarni murda o'g'risiga o'xshagan hikoya bormi
real_fans, Xech eshtmagan ekanman. :nima:
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1062
Mavzuga oid xabarlar soni: 8 ta
So'ngi faollik vaqti: 10 Oct 2018, 21:57
uzmasters.ru Onlayn 101 (15/86)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
uzmasters.ru