UMUMIY BO'LIM
|
Kutubxona
|
Mavzu:
Qo'shiqlar matni
Mavzu fayllari
(2)
Shaxriyor - Bu sevgi (Qo’shiq matni, so’zi) [Shaxriyor] Agar sevgi gunoh bo`lsa, Demak menda gunoh bor. Bu gunohdan xabardor Yana bitta guvoh bor. U sirimni aytmaydi O`zgaga ochiq oshkor Chunki uning o`zi ham Xuddi mendek gunohkor. Gar ko`nglimni qo`lingga tutsam, Qalb-qo`ringga joylay olasanmi? Chin sevgimni senga atasam, Sen vafodor bo`la olasanmi? Mehr ila yuzingga boqsam, Bir jilmayib qo`ya olasanmi? Gar o`zgalar senga qosh qoqsa, Sevganim bor deya olasanmi? [Renat Sobirov] Jonim ayt, borim ayt, Sen men-la baxtlimisan? Yorim ayt, borim ayt, Sen birga baxtlimisan? [Shaxriyor] Sevganim bor deya olasanmi? Gar quvonchdan to`kilsa yoshim, Sen men uchun kula olasanmi? Yo g`amimdan egilsa boshim, Darddosh bo`lib yig`lay olasanmi? Hayot yo`lim chigalga to`lsa, To`g`ri yo`lga boshlay olasanmi? Yo hayotda egilib qolsam, Suyanganim bo`la olasanmi? Azoblardan ko`zim yoshlansa, Kelib yoshim arta olasanmi? Xafa bo`lma, men bormanku deb, Dilga dalda bera olasanmi? O`zgalardan seni qizg`onsam, Bundan quvnab kula olasanmi? Aytgin, kimni sevasan desam, Faqat seni, deya olasanmi? [Renat Sobirov] Jonim ayt, borim ayt, Sen men-la baxtlimisan? Yorim ayt, borim ayt, Sen birga baxtlimisan? [Shaxriyor] Sevganim bor deya olasanmi? Faqat seni, deya olasanmi? [Renat Sobirov] Jonim ayt, borim ayt, Sen men-la baxtlimisan? Yorim ayt, borim ayt, Sen birga baxtlimisan?
Yuklab olish
Onlayn 194 (0/194)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa