Mavzu: Stiv Jobsning (1955-2011) (UMUMIY BO'LIM/Kutubxona) BahhTeeUz (1 Oct 2017 04:39) Apple kompaniyasi asoschisi 2011-yilning 5-oktabr kuni, 56 yoshida, AQShda vafot etdi. Shu yilning 24-avgust kuni, u umri o‘z qolganini bilgani holda, so‘nggi 14 yil davomida o‘zi egallab turgan o‘rin – Apple bosh direktorligidan ketgan edi. Jobs ketishi sabablarini xayrlashuv xatida hamkasblariga tushuntirib bergan edi. Dunyoni o‘zgartirgan insonning “Hayot qoidalari” u bu dunyoni tark etganidan keyin ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Quyida sizning e’tiboringizga Stiv Jobsning o‘z hayoti davomida aytgan gaplaridan iqtiboslarni keltirib o‘tamiz.
Ha, men nasha chekib, LSD (giyohvand modda)ni tatib ko‘rganman va bu masalada uyaladigan joyim yo‘q.
Hayotim davomida turli xil ayollar ko‘p bo‘lgan, ammo har safar o‘z turmush o‘rtoqlarim eng yaxshilari bo‘lib chiqqan.
Ba’zan, ko‘chada yurganimda, oldimga odamlar yaqinlashishadi. Ular pul so‘rashadi yoki iPhone ularga qanchalik yoqishini aytib, shunchaki ko‘rishib o‘tishadi. Agar men charchagan bo‘lsam, bo‘ynimni qayirib, o‘tkir nigoh bilan ularga qarayman. Ular ikki soniya ko‘z oldimda turib, keyin ko‘chaning boshqa tarafiga o‘tib ketishadi.
Biz boshqa odamlar yetishtirgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilamiz. Biz boshqa odamlar tikkan kiyimlarni kiyib yuramiz. Biz boshqa odamlar tomonidan o‘ylab topilgan tillarda so‘zlashamiz. O‘ylashimcha, insoniyat uchun qandaydir foydali ish qiladigan vaqtimiz keldi.
Qilgan ishingiz haqida boshqalarga ko‘proq gapirib turish kerak. Albatta, bu bilan to‘xtab qolish, qoniqish hissini tuyish va o‘zingizga maftun bo‘lib qolmasligingiz kerak – bu narsa boshqa odamlarni faqat qo‘rqitadi. Shunga qaramay, o‘rni kelganda qilgan ishingiz haqida boshqalarni xabardor qilishdan uyalmang.
Men — bir yil davomida chorak milliard dollarni yo‘qotish nima ekanligini biladigan kamsonli odamlardan biriman. Bu narsa shaxs sifatida shakllanishga yaxshigina yordam beradi.
Televizor odamni ahmoqlashtirib, uning ko‘p vaqtini yo‘q qiladi. Uni o‘chirib, miyangizning bir nechta hujayralarini saqlab qoling. Biroq, ehtiyot bo‘ling – Apple kompyuteri oldida o‘tirib ham ahmoqlashish mumkin.
Vaqtida men do‘stlarimning xonalarida yerda yotganman va go‘shtsiz burger sotib olish uchun shisha yig‘ib, sotishimga to‘g‘ri kelgan. Hozir, aksiyalar va bir necha milliard dollarlik mulk egasiga aylanganimdan keyin mening maishiy hayotim bir qadar o‘zgargan, ammo o‘zim, ont ichib aytaman – o‘zgarmaganman.
Agar siz o‘zingizni charchatadigan, kuch-quvvatdan qoldiradigan, so‘litadigan ish bilan mashg‘ul bo‘lsangiz, undan tezroq qutuling. Bu — o‘sha ishdan ayrilishdan ko‘ra yaxshi.
Faqat maqsadgina hayotga ma’no va qoniqish hissini olib kira oladi. Bu nafaqat salomatlikning yaxshilanishi va uzoq umr ko‘rishga yordam beradi, balki og‘ir damlarda ham umid tomchisi ham bo‘lib xizmat qiladi.
Agar menga Apple va Pixar kompaniyalaridan birini tanlashni – birini qoldirib, ikkinchisini boshqa odamlarga topshirishni taklif qilishganida, menimcha, men o‘tmishga qaytib, mana shunday tanlov oldida turib qolmasdan, ham unisi, ham bunisini boshqarish imkoniga ega bo‘ladigan darajada tarixni o‘zgartirib chiqishni xohlab qolgan bo‘lardim.
“Biror marta ham ortga qaytmagan va birorta xatoga yo‘l qo‘ymagan omadli odam” degan tushuncha yo‘q. Xatoga yo‘l qo‘ygan va keyinchalik o‘sha xatolaridan xulosa chiqarib, o‘z rejalarini o‘zgartirgan omadli insonlar bor, xolos. Men aynan shunday yigitlardan biriman.
Microsoft kompaniyasidagilar o‘z mahsulotlarini ishlab chiqish va rivojlantirish uchun millionlab dollar pul sarflashdi, ammo nima uchundir ularning barchasi menga Apple mahsulotlarining nusxasi bo‘lib ko‘rinaveradi. Kayfiyatimni ko‘targim kelgan vaqtda men aynan shu faktni yodga olaman.
Katta ish qilishning faqatgina bir yo‘li bor – o‘sha ishni yaxshi ko‘rish kerak. Agar siz hali bu darajaga yetib kela olmagan bo‘lsangiz, kutib turing. Ishga kirishmang.
Yaqinda o‘lishim haqidagi xotira – hayotim davomida murakkab qarorlarni qabul qilishga yordam beruvchi eng muhim vosita hisoblanadi.
Men biror xodimni ishdan bo‘shatishim, keyin unga qo‘ng‘iroq qilib, qaysidir bir loyihani muhokama qilishim va uni qayta ishga olishim mumkin. Meni o‘tmish tashvishga solmaydi, eng muhimi – hozirgi vaqt.
Agar menda o‘tmishga qaytib, o‘zimning 25 yoshdaligimga maslahat berish imkoniyati bo‘lganida, unga shunday degan bo‘lardim: “Ahmoqona intervyuga rozi bo‘lma — senda faylasufona gap sotishga vaqt yo‘q!”.
Innovatsiyalar (yangiliklar) yetakchini yetib olmoqchi bo‘lgandan ajratib turadi.
Buddaviylikda bir ibora bor: yangi odamning fikri. Yangi odamning fikri bilan tanishish har doim ajoyib.
Men o‘zimning barcha texnologiyalarimni Suqrot bilan uchrashuvga almashgan bo‘lardim.
Sizning vaqtingiz chegaralangan, uni boshqa hayot bilan yashab o‘tkazib yubormang. BahhTeeUz (1 Oct 2017 04:39) Davomi...
Boshqa odamlarning fikri evaziga yashaydigan e’tiqodlar qarmog‘iga tushib qolmang. Boshqalarning qarashlari bilan o‘z ichki ovozingiz o‘chib qolishiga yo‘l qo‘ymang. O‘z yuragingiz va sezgingizga ergashib harakat qilish uchun juda ham katta mardlik kerak bo‘ladi. Yurak va sezgilaringiz siz aslida nima qilishni xohlayotganingizni u yoki bu ma’noda baribir bilishadi. Qolgan hammasi – ikkinchi darajali masalalar.
Pikasso aytganidek: yaxshi rassomlar ko‘chirishadi, buyuklari esa – o‘g‘irlaydilar.
Odamlarning fikriga asoslanib biror mahsulot tayyorlash haqiqatan ham og‘ir ish. Ko‘pincha odamlar o‘zlari nima xohlayotganliklarini, ularga o‘sha narsani ko‘rsatmaguncha, tushunishmaydi.
Tirishqoqlik — ishbilarmonlarni omadsizlardan ajratib turadigan yarim jihat ekanligiga ishonchim komil.
Mening ishim – odamlarning hayotini osonlashtirish emas. Mening ishim – ularning hayotini yaxshiroq qilish.
Agar soat 5 gacha bundan yaxshiroq nomni taklif qilmasangiz, men kompaniyani “Olma” (Apple) deb nomlayman!
Men o‘zim ko‘tara olmaydigan kompyuterga ishonmayman.
Ishbilarmon odamlarni ishga olib, keyin ularga nima qilish kerakligini ko‘rsatib turishdan ma’no yo‘q. Biz odamlarni endi nima qilishimiz kerakligini aytishlari uchun ishga olamiz.
Biz tugmachalarni shunchalik yaxshi qilganmizki, ularni beixtiyor yalab ko‘rgingiz keladi. Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/10/1909/