Mavzu: DOSTLIK XAQIDA SHERLAR (UMUMIY BO'LIM/Kutubxona) Doston (24 Mar 2018 21:36) Dili yo‘qning puli bor
Puli yo‘qning dili bor
Bu dunyoda do‘stlarim
Har kimning o‘z yo‘li bor Doston (24 Mar 2018 21:39) Oshiqqa may kerakdir
Hofizga nay kerakdir
Mayli yarim bo‘lsa ham
Osmonga oy kerakdir

Dononing naqli bordir
Oqilning aqli bordir
Besabab otmaydilar
Toshning ham narxi bordir

. Yozda ham qorni ko‘rdim
Masjidda dorni ko‘rdim
Sovuq demang tog‘larni
Ichida g‘orni ko‘rdim

. Bozorni shayton qurdi
Mozorni iymon qurdi
O‘z qabrini qazganni
Ayting do‘stlar kim ko‘rdi Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/10/2518/