Mavzu: Har tongda sizga 86400 $ beriladi, yagona shart...
1. Brigand (M) (508) [off] | TXT | 57| 9 Jun 2019, 22:47
Har kuni uyqudan uyg'onganingizda sizga 86400 dollar beriladi, yagona shart esa ularni kun davomida sarflab tugatishingiz zarur, qoldiqni uxlashga yotganingizda sizdan olib qo'yishadi– bu ana shunday in'om, ushbu o'yin istalgan vaqtda tugashi mumkin. Savol: siz bu pullarni nimaga sarflagan bo'lardingiz?
U har bir dollarni o'zining shaxsiy o'yin-kulgusi, shuningdek, sevimli insonlari uchun ko'plab sovg'alar sotib olish uchun ishlatishini aytdi.
U mazkur sehrli bankning har bir sentini o'zi va atrofdagilar hayotiga baxt olib kelish uchun ishlatgan bo'lar edi, "hatto bilmagan insonlar uchun ham, chunki o'zimga va yaqinlarimga kuniga 86400 dollar ishlata olarmidim; biroq nima uchun buni so'rayapsan?”
Ushbu sehrli bank har birimizda bor, bu — vaqt! Mo'l-ko'llik manbaidan doimiy ravishda soniyalar oqib tushadi... Har kuni ertalab uyg'onganimizda biz kuniga 86400 miqdoridagi kreditga ega bo'lamiz, kechqurun uxlashga yotganimizda esa zaxira tugaydi, kun davomida nima sodir bo'lganiga qaramay – tugab bitadi. Har kuni tongda sehrgarlik qaytadan boshlanadi, bizga yana 86400 soniya kreditga beriladi.
Chetlab o'tish mumkin bo'lmagan qoida asosida o'yin o'ynaymiz: bank hisobni istalgan onda ogohlantirishlarsiz yopib qo'yishi mumkin; hayot istalgan soniyada to'xtab qolishi mumkin. Kunlik 86400 soniyalarni nimaga ishlatamiz? Soniyalar dollarga qaraganda muhimroq-ku, shunday emasmi?
"Osmon va yer orasida” Mark Levi
Darhaqiqat, Mark Levi mazkur so'zlarni bejiz keltirmagan. Vaqt — oliy hakam. O'tayotgan har soniya – g'animat. Shunday ekan vaqtning qadriga yetib, uning har bir onidan unumli foydalanish barchamiz uchun xayrli bo'lishi, shubhasiz.
Ijobiy (3): RamanTik, Davi_Uz, BaDBoY,
2. Heisenberg (58) [off] | TXT | 55| 9 Jun 2019, 23:25
Qoyil :zorr:
Oxirgi o'zgarish: Heisenberg (9 Jun 2019, 23:25)
Salbiy (1): Janob Arey,
3. BeLeMoNd (17) [off] | TXT | 42| 10 Jun 2019, 03:16
Bu xanmasi Aloox taoloni neymati.
Ijobiy (1): QIROLUS,
4. wapmasteruzb (160) [off] | TXT | 30| 11 Jun 2019, 08:06
Ha u hammada tugab bormoqda :-(
5. Nodirali(1719) [off] | TXT | 27| 11 Jun 2019, 09:40
Bir gap aytaymi $ demaganizda men mavzuga kirmasdim. va boshqalar ham :)
Ijobiy (1): Janob Arey,
6. Shahzodbek (159) [off] | TXT | 23| 11 Jun 2019, 14:12
Brigand, Bu degani 1soniyamiz ham, pul demakdir. Agarda 86400$ pul bo'lsa, man uni yetimlar uyiga har kun berardim.
Ijobiy (1): Brigand,
7. Brigand (M) (508) [off] | TXT | 23| 11 Jun 2019, 14:18
Soniyasiga 2$ topayotganlar ham yöq emas dunyoda. :voy:
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3398
Mavzuga oid xabarlar soni: 14 ta
So'ngi faollik vaqti: 12 Jun 2019, 02:04
Mavzuni ko'rishgan: 58 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 23 (1/22)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru