Mavzu: Har tongda sizga 86400 $ beriladi, yagona shart... (UMUMIY BO'LIM/Kutubxona) Brigand (9 Jun 2019 22:47) Har kuni uyqudan uyg'onganingizda sizga 86400 dollar beriladi, yagona shart esa ularni kun davomida sarflab tugatishingiz zarur, qoldiqni uxlashga yotganingizda sizdan olib qo'yishadi– bu ana shunday in'om, ushbu o'yin istalgan vaqtda tugashi mumkin. Savol: siz bu pullarni nimaga sarflagan bo'lardingiz?
U har bir dollarni o'zining shaxsiy o'yin-kulgusi, shuningdek, sevimli insonlari uchun ko'plab sovg'alar sotib olish uchun ishlatishini aytdi.
U mazkur sehrli bankning har bir sentini o'zi va atrofdagilar hayotiga baxt olib kelish uchun ishlatgan bo'lar edi, "hatto bilmagan insonlar uchun ham, chunki o'zimga va yaqinlarimga kuniga 86400 dollar ishlata olarmidim; biroq nima uchun buni so'rayapsan?”
Ushbu sehrli bank har birimizda bor, bu — vaqt! Mo'l-ko'llik manbaidan doimiy ravishda soniyalar oqib tushadi... Har kuni ertalab uyg'onganimizda biz kuniga 86400 miqdoridagi kreditga ega bo'lamiz, kechqurun uxlashga yotganimizda esa zaxira tugaydi, kun davomida nima sodir bo'lganiga qaramay – tugab bitadi. Har kuni tongda sehrgarlik qaytadan boshlanadi, bizga yana 86400 soniya kreditga beriladi.
Chetlab o'tish mumkin bo'lmagan qoida asosida o'yin o'ynaymiz: bank hisobni istalgan onda ogohlantirishlarsiz yopib qo'yishi mumkin; hayot istalgan soniyada to'xtab qolishi mumkin. Kunlik 86400 soniyalarni nimaga ishlatamiz? Soniyalar dollarga qaraganda muhimroq-ku, shunday emasmi?
"Osmon va yer orasida” Mark Levi
Darhaqiqat, Mark Levi mazkur so'zlarni bejiz keltirmagan. Vaqt — oliy hakam. O'tayotgan har soniya – g'animat. Shunday ekan vaqtning qadriga yetib, uning har bir onidan unumli foydalanish barchamiz uchun xayrli bo'lishi, shubhasiz. Heisenberg (9 Jun 2019 23:25) Qoyil :zor: BeLeMoNd (10 Jun 2019 03:16) Bu xanmasi Aloox taoloni neymati. wapmasteruzb (11 Jun 2019 08:06) Ha u hammada tugab bormoqda :-( Nodirali (11 Jun 2019 09:40) Bir gap aytaymi $ demaganizda men mavzuga kirmasdim. va boshqalar ham :) Shahzodbek (11 Jun 2019 14:12) [b]Brigand,[/b] Bu degani 1soniyamiz ham, pul demakdir. Agarda 86400$ pul bo'lsa, man uni yetimlar uyiga har kun berardim. Brigand (11 Jun 2019 14:18) Soniyasiga 2$ topayotganlar ham yöq emas dunyoda. :voy: Shahzodbek (11 Jun 2019 14:37) [b]Brigand,[/b] Ming pul topgandan ko'ra ham, uni savobli ishlarga sarflash, hozirgi
davrda foydasiz! deb kelinmoqda! Shu to'g'rimi? yo noto'g'ri? AbrorBek (11 Jun 2019 15:21) Men bu pullarni bolalar uyiga oyinchoq,tort,va ko'p narsalar olib berardim.
[b]29 sekunddan so'ng qo'shdi...[/b]
Meni fikrimga qoshiladiganlar bormi ? SHAHZODBEKK (11 Jun 2019 15:53) --Javob-- Brigand (11 Jun 2019 14:18): Soniyasiga 2$ topayotganlar ham yöq emas dunyoda. :voy: ---------- [b]Brigand,[/b] Ha Ronaldo soniyasiga 45mingso'm toparkan kuniga hisoblab korilar Nodirali (11 Jun 2019 22:30) Bu fakt. Agar shuncha pul bo'lsa birinchidan o'zini tiklashga urinadi hamma. Shu bo'yicha davom etadi. Odamzod bo'lgani sari bo'lgisi kelaveradi. Tayotabek (11 Jun 2019 23:07) --Javob-- Nodirali (11 Jun 2019 22:30): Bu fakt. Agar shuncha pul bo'lsa birinchidan o'zini tiklashga urinadi hamma. Shu bo'yicha davom etadi. Odamzod bo'lgani sari bo'lgisi kelaveradi. ---------- [b]Nodirali,[/b] Hamma ham unday emas! Arey (11 Jun 2019 23:09) --Javob-- Tayotabek (11 Jun 2019 23:07): [b]Nodirali,[/b] Hamma ham unday emas! ---------- [b]Tayotabek,[/b] Unday emaslar haqiqatdan ham bormi?
Unda ular ko'rinmas odam ekanda, hech ko'rinmaydi ko'zga Nodirali (12 Jun 2019 02:04) --Javob-- Tayotabek (11 Jun 2019 23:07): [b]Nodirali,[/b] Hamma ham unday emas! ---------- [b]Tayotabek,[/b] Shu postizni o'qib bir latifa agar uni latifa deyish mumkin bo'lsa. Insoniyatni qanday ekanini qisman anglatuvchi bir hikoyacha aytaman.

Bir piyanista alkash 16 etajli binoning tomidan oyog'ini osiltirib aroq ichib o'tirgan ekan, behosdan pastga ag'anabdi. Shu tushib kelayotgan joyida xudoga iltijo qilibdi: "Ey hudo meni yerga eson omon, bus-butun yetkazsang o'lmay qolsam, ichishni tashlayman 5vaqt nomoz o'qiyman deb yalinibdi. Xudo ham uni chin ko'ngildan so'raganini bilib yerga xech narsa bo'lmagan huddi 1 metrdan sakragandek tushibdi. Endi tushib turib nima dermish deng. Odam mast paytida nima gapirganini bilmas ekana deb yana do'konga aroq olgani jo'nabdi"

Shu degandek hozir pul yo'qligida shunaqa gaplar yozyapmiz. Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/10/3398/