Mavzu: Ibratli Maqolalar
1. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 2| 31 Jan 2017, 14:45
Bu yerga boshqalar uchun ibrat bo'ladigan, joylagan maqolangizdan boshqalar ta'sirlanishi yoxud o'zi un kerakli xulosa chiqarib oladigan qisqa maqolalar joylab boriladi. Bu maqola o'zingizga tegishli bo'lishi shart emas, internet tarmoqlaridan kopiya qilib joylasangiz ham bo'laveradi.
P/s
joylangan maqolalarga fikr bildirmang, off kerak emas, agar yozilganlar sizga maqul kelsa "rahmat" tugmasini bosing.
2. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 2| 31 Jan 2017, 19:52
So’z qudrati cheksiz. Shunday so’zlar borki, kishi qalbida o’chmas iz qoldiradi. Ba’zilari bizni hafa qiladi, hayotdan ko’nglimizni qoldiradi. Shunday kuchga ega so’zlar ham borki, ular insonlarni kurashga, rivojlanishga undaydi. Quyida turli internet saytlaridan o’qigan, o’zimga juda yoqqan 30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlarni Siz bilan baham ko’rmoqchiman.
1. «Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson
2. «Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel
3. «Yaratuvchanlik – bu aqlning vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein
4. «Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har qanday sifatdan yaqinroq turadi». — Brian Tracy
5. «Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin». — Grace Coddington
6. «Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir». — Henry David Thoreau
7. «Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni o’zgartirmang». — Muallifi Noma’lum
8. «Men dushmanlarimni do’stlarimga aylantirish orqali xonavayron qilaman». — Abraham Lincoln
9. «Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang». — Robin Sharma
10. «Siz odamlarni qutqara olmaysiz. Siz ularni faqat sevishingiz mumkin». — Anaïs Nin
11. «Nuh kema qurayotganda yomg’ir yog’mayotgan edi». — Howard Ruff
12. «Orzularingizga jiddiy qarang». — Muallifi Noma’lum
13. «Baxt sari yo’l yo’q. Baxtni o’zi yo’ldir». — Thich Nhat Hanh
14. «Jahlni ichga yutish zahar ichib olib boshqa kishining o’lishini kutish bilan tengdir». — Budda
15. «Chempionlar g’olib bo’lishmagunicha o’ynashni davom ettirishadi». — Billie Jean King
16. «Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz». — Shahir Zag
17. «Donishmandlik 1% ilhomlanish va 99% harakatga bog’liq». — Thomas Edison
18. «Qulay hududingiz juda yaxshi, ammo u yerdan hech qanday hosil ola olmaysiz». — Muallifi Noma’lum
19. «Siz o’zingiz dunyoda ko’rishni istagan o’zgarish bo’la olishingiz kerak». — Mahatma Gandhi
20. «Og’riqni vaqtincha karaxt qilib qo’yish oxirida baribir his qiladigan haqiqiy og’rig’ingizni kuchaytiradi». — Albus Dumbledore
21. «Ishni jo’shqinlik bilan bajaring, yoki umuman bajarmang». — Rosa Nouchette Carey
22. «Agar baxtli yashashni istasangiz baxtni maqsadga bog’lang, odamlar yoki narsalarga emas». — Albert Einstein
23. «Siz ko’proq suv quyadigan joyda maysa yashilroq bo’lib o’sadi». — Neil Barringham
24. «Hech qachon orzuingizdan unga erishish uchun ko’p vaqt ketishi sababli voz kechmang. Vaqt shunday ham o’tadi». — Earl Nightingale
25. «Balki keyingi boradigan joyingiz qayerligi haqida o’ylashdan ko’ra o’zingiz ketishni istamaydigan joyni yaratarsiz». — Seth Godin
26. «Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib ko’rishingiz kerak!» — Seth Godin
27. «Ba’zan g’alaba qozonasiz, ba’zan esa saboq olasiz». — John Maxwell
28. «Talablaringiz juda yuqori ekanligidan afsuslanman. Siz bilan bo’lishni chindan xohlagan kishilar albatta bu talablarni qanoatlantirishadi». — Ziad K. Abdelnour
29. «Men hech qachon muvaffaqiyatni orzu qilmadim. Men unga erishish uchun mehnat qildim». — Estee Lauder
30. «Xatoliklardan qo’rqish rivojlanishdan qo’rqish demakdir». — Estee Lauder
Ijobiy (1): Prince_Abdul,
3. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 2| 31 Jan 2017, 19:57
Abdurahmon Jomiy xazratlariga bir noqobil shoir aytgan ekan: "Tushimda Hizr alayhissalom og'zimga tuflab, muborak qilib ketdilar". Abdurahmon Jomiy: "Og'zinga emas, yuzinga tuflagan bo'lsalar kerak. Og'zingni ochib turganing uchun og'zinga tushgan
4. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 2| 31 Jan 2017, 19:57
Shoshqaloq inson:
1. Bilmasdan turib gapiradi.
2. Tushunmasdan turib javob beradi.
3. Sinamasdan turib maqtaydi.
4. Maqtagandan keyin yomonlaydi.
5. Fikr qilmasdan qaror qabul qiladi.
6. Qaror qilmasdan harakat qiladi.
Abu Xotim
5. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 2| 31 Jan 2017, 19:58
Qiyomda turganda esnasa, o'ng qo'lining kafti bilan og'iz berkitiladi. Boshqa o'rinlarda esa chap qo'lning orqasi bilan og'iz berkitiladi. Chunki, chap qo'l odatda istinjo qilish, burun qoqish, oyoq yuvish kabi najosat tegadigan amallarda ishlatiladi. Garchi najosatdan so'ng poklangan bo'lsa ham, bu kaftni og'izga tekkizishdan saqlab, qo'lning orqasi bilan berkitish tavsiya qilinmoqda.
Poklik - iymondandir
6. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 2| 2 Feb 2017, 10:03
Haqiqiy sevgi – faqat jismoniy hissiyot va shunchaki romantika emas.Haqiqiy sevgi bu hammasini: bo’lib o’tganini ham, kelajakda bo’ladiganini ham va umuman bo’lmaydiganini ham qabul qila olishdir.
7. wm QaLQoN (M) (664) [off] | TXT | 2| 2 Feb 2017, 10:03
Yaxshi do’stlar yulduzlarga o’xshashadi… Siz ularni doim ham ko’ravermaysiz, lekin siz doimo ularning borligini bilib turasiz.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 802
Mavzuga oid xabarlar soni: 7 ta
So'ngi faollik vaqti: 2 Feb 2017, 10:03
Mavzuni ko'rishgan: 2 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 183 (0/183)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru