Mavzu: Onalar haqida she'rlar
22. MaStEr_JaSuR (74) [off] | TXT | 2| 9 March 2017, 02:05
Dunyoda g'am tashvish kelganda ustun,
Hayot berganini qayta olarkan.
Hech kimim yo'q deya yig'lasang bexun,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
Sen deya o'zini o'tlarga urib,
Tirilsang tirilib senla o'larkan.
Senga termulgancha xayollar surib,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
Nochor kunlaringda yeyishga non yo'q,
Hatto ayoling ham yuzin burarkan.
O'ylama u zotning nafsdan ko'zi to'q,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
G'am kelsa qo'sha kelgani kabi,
Bog'ingda ungan guling so'larkan.
Shu gulni qaytadan undirib berib,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
23. MaStEr_JaSuR (74) [off] | TXT | 2| 9 March 2017, 02:06
Onang hayot ekan ko’tar boshingga
Uni yo’qkla har daqiqa har damda
U qo’l cho’zsin avval suzgan oshingga
Onang erur eng ulug’ zot olamda
Xizmatiga bosh eg o’tirgan joyida
Onang o’tib ketsa yig’lash ne foyda
Onadek chin mushtoq mehribon qayda
Duosini olib qol bu dunyoda
Bir hovuch tuproqdan erur aslimiz
Odam ato momo havo naslimiz
Odamzot maymundan tarqagan emas
Iymonli kishi bu so’zlarni demas
Millati bittadir zoti insonning
Maskani ham bitta zoti insonning
Donolar hikmati hammasi rostdur
Odamzot bolasi birodar do’stdir
Onadan tug’ilgan har bitta inson
Ona bilan go’zal bu yorug’ jahon
Onani xo’rlagan topmaydi kamol
Noqobil farzandning umridir zavol
Har kimi onalar poyini o’par
Unga ergashganlar baraka topar.
24. MaStEr_JaSuR (74) [off] | TXT | 2| 9 March 2017, 02:06
Yelib yuguraman bolam-chaqam deb,
Chalg‘isam, ro‘zg‘orim g‘ori bo‘shaydi.
Go‘yo, dunyo g‘ami mening bo‘ynimda,
Birni topsam, biri kamga o‘xshaydi.
Soch ham oqaribdi, sezmabman, qarang,
Yuragim uvishib qo‘yadi bot-bot.
Topmay o‘rtanaman qaynoq kaftingiz,
Mehringiz qumsab, dil ko‘tarar faryod.
Sizdan hayot oldim, tilandim duo,
O‘zim lahzalarni qizg‘onganim rost.
Bugun bag‘ringizga botgim kelyapti,
Erkalangim kelar, go‘daklarga xos.
Balki xudbindirman, balki bemehr,
Ba’zan yo‘qlamoqqa topmayman imkon.
Tunlari uxlatib bolam, devdingiz,
Men qanday farzandman, ayting Onajon!
25. MaStEr_JaSuR (74) [off] | TXT | 2| 9 March 2017, 02:07
Yo‘llar uzoq, qush emasman ucholmayman.
Ko‘kka boqib o‘ylanaman: uy tinchmikan?
Suratlarni bag‘rim to‘lib qucholmayman.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Sen bag‘ringga bosding meni, men-chi qochdim.
Senga aytmay ko‘ngil sirim kimga ochdim?.
Oh, mehringdan qochib kimga mehr sochdim.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Dunyo dedim, mingim keldi mashinalar.
Quray dedim imorat, marmar zinalar.
Sendan olis pul topdim-u jon qiynalar.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Sovuq qotdim qish bo‘lsa ham, yoz bo‘lsa ham.
Egnim qalin bo‘lsa ham-ki, oz bo‘lsa ham.
Quyoshimsan muhtoj bo‘ldim taftingga ham.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Ajab hislar ko‘p o‘ylanib, xo‘p tuyarman.
Kulgu qisqa, qayg‘u ortiq ko‘p kuyarman.
Tushlarimda oyog‘ingga bosh qo‘yarman.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Kechir endi, raso o‘g‘il bo‘lolmadim.
Yonginangda o‘ynab kulib to‘lolmadim.
Sen bilan ham, sendan olis qololmadim.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Qanot qoqay, qush bo‘lmay ham uchgum endi.
Dunyolarni savdosidan tushgum endi.
Qaytib boray bir yaxshilab quchgum endi!
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inch ekan!
. . .
Yo‘llar uzoq, qush emasman ucholmayman.
Ko‘kka boqib o‘ylanaman: uy tinchmikan?
Suratlarni bag‘rim to‘lib qucholmayman.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?..
26. MaStEr_JaSuR (74) [off] | TXT | 2| 9 March 2017, 02:08
Dardlar yuragimni vayron etsada,
G‘amlar boshim yanchib, talqon etsada,
Orzuni shum taqdir armon etsada,
Barini ichimga yutaman tanho,
Onamga aytmayman, aytmayman aslo.
Ishlarim o‘ngidan kelmay qolsa ham.
G‘animlar boshimga balo solsa ham.
Dunyo yukin ortgan yelkam tolsa ham.
Ko‘zlarim ko‘rsa ham, ming dard, ming g‘avg‘o.
Onamga aytmayman, aytmayman aslo.
Do‘stning dushmanligin ko‘rsa bu yurak.
Yordan bevafolik ko‘rsa bu yurak.
Oxiri bariga ko‘nsa bu yurak.
Jonim dunyo bilan qilsam ham savdo.
Onamga aytmayman, aytmayman aslo.
Solmayin deymanda ortiq tashvishga.
Arzimaydi bekor soch oqarishga.
Sabab bo‘lmay deyman yurak sanchishga.
Mayliga gapirmay qo‘ysam ham xatto.
Onamga aytmayman, aytmayman aslo!
27. MaStEr_JaSuR (74) [off] | TXT | 2| 9 March 2017, 02:08
Baxt nimadir?
Menga baxt- onajonim
kulgusi,
Azob nima?
Azob bu- volidamning
qayg'usi.
Dunyo nima?
Dunyo bu-mexrli
ko'zlar sexri.
Daryo nima?
Daryo bu-onamning
jo'wqin
mexri.
Ka'ba nima?
Ka'ba bu-onajonim
izlari.
Imon nima?
Imon bu- onajonim
ko'zlari.
Duo nima?
Duo bu-ikki olam
quyowi.
Qiyomatchi?
Qiyomat-onalarning
ko'z yowi...
28. MaStEr_JaSuR (74) [off] | TXT | 2| 9 March 2017, 02:09
Qalbi cheksiz
iymonga
to'la,Ollohga yig'lab
qiladi nola, Farzand
uchun kechirim
so'rar JOYNAMOZ
USTIDA O'TIRGAN
ONA. Ko'zlarida to'la
miltillaydi yosh,
Sajda-yu tavbadan
chiqmaydi bu bosh,
Garchi farzandlari
bo'lsada bebosh.
JOYNAMOZ USTIDA
O'TIRAR ONA.Xar on
qo'lin ochib duoga,
Gunoxlar uchun
qiladi tovba, Tovba
uchun kelganmi
deysiz dunyoga,
JOYNAMOZ USTIDA
O'TIRGAN ONA. Ko'z
oldimda turibdi
xamon, Quloqlarim
ostida u qilgan nola.
Ko'zlaridan
tomchilaydi yosh,
JOYNAMOZ USTIDA
O'TIRGAN ONA....!
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1026
Mavzuga oid xabarlar soni: 78 ta
So'ngi faollik vaqti: 4 Apr 2018, 15:27
Mavzuni ko'rishgan: 19 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 139 (0/139)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru