UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Onalar haqida she'rlar
Mavzu fayllari
(0)
Onang hayot ekan ko’tar boshingga Uni yo’qkla har daqiqa har damda U qo’l cho’zsin avval suzgan oshingga Onang erur eng ulug’ zot olamda Xizmatiga bosh eg o’tirgan joyida Onang o’tib ketsa yig’lash ne foyda Onadek chin mushtoq mehribon qayda Duosini olib qol bu dunyoda Bir hovuch tuproqdan erur aslimiz Odam ato momo havo naslimiz Odamzot maymundan tarqagan emas Iymonli kishi bu so’zlarni demas Millati bittadir zoti insonning Maskani ham bitta zoti insonning Donolar hikmati hammasi rostdur Odamzot bolasi birodar do’stdir Onadan tug’ilgan har bitta inson Ona bilan go’zal bu yorug’ jahon Onani xo’rlagan topmaydi kamol Noqobil farzandning umridir zavol Har kimi onalar poyini o’par Unga ergashganlar baraka topar.
Yuklab olish
Onlayn 216 (0/216)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa