UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Onalar haqida she'rlar
Mavzu fayllari
(0)
Yelib yuguraman bolam-chaqam deb, Chalg‘isam, ro‘zg‘orim g‘ori bo‘shaydi. Go‘yo, dunyo g‘ami mening bo‘ynimda, Birni topsam, biri kamga o‘xshaydi. Soch ham oqaribdi, sezmabman, qarang, Yuragim uvishib qo‘yadi bot-bot. Topmay o‘rtanaman qaynoq kaftingiz, Mehringiz qumsab, dil ko‘tarar faryod. Sizdan hayot oldim, tilandim duo, O‘zim lahzalarni qizg‘onganim rost. Bugun bag‘ringizga botgim kelyapti, Erkalangim kelar, go‘daklarga xos. Balki xudbindirman, balki bemehr, Ba’zan yo‘qlamoqqa topmayman imkon. Tunlari uxlatib bolam, devdingiz, Men qanday farzandman, ayting Onajon!
Yuklab olish
Onlayn 323 (0/323)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa