UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Onalar haqida she'rlar
Mavzu fayllari
(0)
Yo‘llar uzoq, qush emasman ucholmayman. Ko‘kka boqib o‘ylanaman: uy tinchmikan? Suratlarni bag‘rim to‘lib qucholmayman. Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan? Sen bag‘ringga bosding meni, men-chi qochdim. Senga aytmay ko‘ngil sirim kimga ochdim?. Oh, mehringdan qochib kimga mehr sochdim. Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan? Dunyo dedim, mingim keldi mashinalar. Quray dedim imorat, marmar zinalar. Sendan olis pul topdim-u jon qiynalar. Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan? Sovuq qotdim qish bo‘lsa ham, yoz bo‘lsa ham. Egnim qalin bo‘lsa ham-ki, oz bo‘lsa ham. Quyoshimsan muhtoj bo‘ldim taftingga ham. Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan? Ajab hislar ko‘p o‘ylanib, xo‘p tuyarman. Kulgu qisqa, qayg‘u ortiq ko‘p kuyarman. Tushlarimda oyog‘ingga bosh qo‘yarman. Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan? Kechir endi, raso o‘g‘il bo‘lolmadim. Yonginangda o‘ynab kulib to‘lolmadim. Sen bilan ham, sendan olis qololmadim. Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan? Qanot qoqay, qush bo‘lmay ham uchgum endi. Dunyolarni savdosidan tushgum endi. Qaytib boray bir yaxshilab quchgum endi! Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inch ekan! . . . Yo‘llar uzoq, qush emasman ucholmayman. Ko‘kka boqib o‘ylanaman: uy tinchmikan? Suratlarni bag‘rim to‘lib qucholmayman. Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?..
Yuklab olish
Onlayn 251 (0/251)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa