UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Onalar haqida she'rlar
Mavzu fayllari
(0)
Dardlar yuragimni vayron etsada, G‘amlar boshim yanchib, talqon etsada, Orzuni shum taqdir armon etsada, Barini ichimga yutaman tanho, Onamga aytmayman, aytmayman aslo. Ishlarim o‘ngidan kelmay qolsa ham. G‘animlar boshimga balo solsa ham. Dunyo yukin ortgan yelkam tolsa ham. Ko‘zlarim ko‘rsa ham, ming dard, ming g‘avg‘o. Onamga aytmayman, aytmayman aslo. Do‘stning dushmanligin ko‘rsa bu yurak. Yordan bevafolik ko‘rsa bu yurak. Oxiri bariga ko‘nsa bu yurak. Jonim dunyo bilan qilsam ham savdo. Onamga aytmayman, aytmayman aslo. Solmayin deymanda ortiq tashvishga. Arzimaydi bekor soch oqarishga. Sabab bo‘lmay deyman yurak sanchishga. Mayliga gapirmay qo‘ysam ham xatto. Onamga aytmayman, aytmayman aslo!
Yuklab olish
Onlayn 234 (0/234)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa