Mavzu: Onalar haqida she'rlar (UMUMIY BO'LIM/She'riyat dunyosi) Doston (7 Mar 2017 22:52) Bu tun sog'inchimdan ko'zim bo'ldi nam Sherga buyurtmani yozayotgan dam Shungacha men xudbin eslamabmana Meni xayolidan qo'ymagan ONAM Doston (7 Mar 2017 22:54) Men shoir emas sharmandadurman Dunyodagi eng xudbin bandadurman Bu boshim tik yurishga aslo noloyiq Asl joyim kundadadurman Doston (7 Mar 2017 22:54) Doim duodasiz, siz panoximsiz. Siz meni quvonchim chekkan ohimsi. Sevganimga yolg'izim deganim yolg'on Faqat o'zingiz sajdagoximsiz Doston (7 Mar 2017 22:56) Sizdan olisdaman qismatim ekan Dilim vayron- yashashim ko'rkam Poyimda dunyolar to'lib yotsaxam qalbimda kemtiklik boisi siz kam Doston (7 Mar 2017 22:57) Tushimga raxmatli momom kiradi qadam tashla sen onang tomon Onasizlar bo'zlar tunu-kun Tirik ayriliq undanda yomon Doston (7 Mar 2017 23:00) Besh yil bo'ldi diydor be nasib Sizni yozmabmana shuncha she'r yozib Bugun tunda ming faryod bilan Yig'ladim suratiz bag'rimga bosib Doston (7 Mar 2017 23:02) Qo'ng'iroq qilaman pul yubordim deb So'raysiz xolimni sog'misan bolam Qachon qaytasan yolg'iz o'g'lonim Keginroq qo'ng'iroq qilarman onam tuuuut-tuuuuut Doston (7 Mar 2017 23:04) Va bo'ldi shu bilan tugaydi suxbat Xayotdagi nomim janob-beshavqat Men o'ris qizlarga gap sotayotgan dam Qo'ng'iroq kutasiz bechora onam Doston (7 Mar 2017 23:06) 1- aprelda qo'ng'iroq qildim eshikni oching onam men keldim Go'shakdan sezildi yig'layotganiz Men axmoq aslo o'ylamabmana Xar kun ko'cha boshida kutayotganiz Doston (7 Mar 2017 23:08) Lain ushlab olibdi juft bilagimdan Ushbu sherni yozdim chin yuragimdan Yurtga qaytolmasam yetkazib qo'ying Onamga tosh bag'ir o'g'li nomidan GaYRaTJoN (8 Mar 2017 17:50) Gap yuq dustim o'qib ko'zimga yosh kekdi Doston (8 Mar 2017 18:00) --Javob-- GaYRaTJoN (8 Mar 2017 17:50): Gap yuq dustim o'qib ko'zimga yosh kekdi ---------- GaYRaTJoN, raxmat dõs bu sherd õzm xam yaxshi kõraman shu xamasi bita sher qlib yosam bõlmadi shunga aloxida qlib yozdm dõs bugun kechki payt ona xaqida 4 dona sher yozib qōyaman va ona xaqida boshqa blmiman Doston (8 Mar 2017 23:30) Bir yor uchun baxt so'rama vaqti kelsa tashlab ketar nega ketdi deb siqilma U kabilar ming bor kelar OTA ONA toki xayot faqat ularseni sevar ular uchun umr sora OTA ONA birbor kelar Doston (8 Mar 2017 23:36) Afsus yo'lim uzoqdir sog'inchlarim azobdir ko'zlar sizni izlaydir izni doyim Onajonim MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 01:53) Ayol
Qadoq qo'llaringa beshik izi bor,
Mehringda ulg'aygan farzanding bisyor.
Jannatni sog'inib kim izingda zor,
Duosi muqaddas, Onamsan Ayol.
Gullar tarovati senda mujassam,
Pokiza qalbingda iymon nuri jam
Qiyosing aytmoqqa netayin so'z kam,
Dunyoda tengi yo'q siymosan, Ayol.
Baxtimga sog' bo'lgin, shod yurgin doim
Farzanding kamolin ko'rgin iloyim
Dunyo saodatin bersin Xudoyim,
Sen onam, sen opam, singlimsan, Аyol. MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 01:54) Onangni esla
Do'sting qilmishidan alam o'tganda
Xiyonat ko'zasi sitam to'kkanda
Ilhom orom bermay sozin tutganda
Onangni eslagin duo qilganmi?!.
Otangni eslagin duo qilganmi?!.
Olqishga burkansang vujuding sarmast
Yulduzga qo'l cho'zsang yetganida dast
Ulkan maqsadlarga qilganingda qasd
Onangni eslagin duo qilganmi?!.
Otangni eslagin duo qilganmi?!.
O'g'ling oshiq bo'lsa bir qalam qoshga
Uyingga to'lsa gar to'y-u tomosha
Sochingga oq tushsa yillardan osha
Onangni eslagin duo qilganmi?!.
Otangni eslagin duo qilganmi?!.
Do'stim o'ylab ko'rgin issiq tanangga
Tirnoq botirmayman eski yarangga
Termulib qaro ko'z shirin bolangga
Onangni eslagin duo qilganmi?!.
Otangni eslagin duo qilganmi?!. MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 01:55) Энг гўзал қарғиш
Бир саҳрои аёлнинг
Ўғилчаси шўх экан.
Ундан зарар кўрмаган,
Бирон куни йўқ экан.
Қозондаги таомин,
Тепиб қочиб кетаркан.
Мешидаги сувини,
Сепиб қочиб кетаркан.
Қарғар экан боласин,
Қилолмасдан эпини,
Қирқиб қочганида кир
Ёядиган ипини
"Ҳой, ипимни қирқмагин,
Қалбинга илм тўлгур.
Ҳой, мешимни тешмагил,
Каъбага имом бўлгур!
Сичқон думин кесмагин,
Беозор бўл, тўғри юр.
Ғариб йўлин тўсмагил,
Каъбага имом бўлгур."
Демас экан:"Жувонмарг",
"Ҳароми","Мараз","Ўлгур",
Битта экан қарғиши:
"Каъбага имом бўлгур!"
Ният кетди, вақт ўтди,
Мисли ел ё шабада,
Шу онанинг, шу ўғли
Имом бўлди Каъбага.
Не-не шоҳу султонлар,
Орқасидан туриб ғоз.
Унга иқтидо қилиб,
Ўқир эдилар намоз.
Дуо-ла шум боладан,
Чиқди бир хуш нафасли
Олим, ҳофизи Қуръон -
Абдураҳмон Судайсий.
Назоратда инсоннинг,
Ҳар сўз, ҳар бир нафаси,
Ибрат бўлсин бизга бу
Aллоҳнинг мўъжизаси.
Комил инсон кўрдингми,
Марҳабо, билки улар -
Ота-она, элидан
Дуо олган болалар. MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 01:55) Onajonimni eslagim keldi
Hayolim ketibdi uzoq o'tmishga,
Utgan umrimni bir eslagim keldi.
Alla aytayotib bolam deb aytgan,
Mehribon onamni eslagim keldi.
Dunyoga keltirib oqsutin bergan,
Kechalar uxlolmay meni uxlatgan.
Taxajjudda ultirib duolar qilgan,
Farishta onamni eslagim keldi.
Bugun ulg'aytirib kuzatarkan zo'o'r,
Aytadi, maktabda urushma ug'lim.
Ustozlaring suzlarin doim bajarib,
Aytganlarin eslab qol, aqlli ug'lim...
Kup nasixat qilganda volidam onam,
Etibor bermabman aytgan suziga.
Bugun bulib yana onamga muhtoj,
Xidoyatli munisamni eslagim keldi.
Qilishga ulgurmay qoldim xizmatin,
Onamni yuqotib quydim netayin.
Bulsam hamki ablax yoki betayin,
Ug'il bulib onamni eslagim keldi.
Otamni kunglini doim kutargan,
Uyimni fayz ila doim yashnatgan.
Bizni tashlab ketar kuni mung-mung yig'latgan,
Oq libosli onamni eslagim keldi..
Mayli, onajonim jannatiy buling,
Borar manzilingizda nurlarga tuling.
Farishtaga aylanib, tushimga kiring,
Polvonim deb erkalab keling onajon .. MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 01:57) Volidamni bir yodga olib
Bir bora eshitgin gulginam meni,
Aytaman hoziroq kelsa ham malol.
Shuncha yugiribman qolmay ortingdan,
Endi onamni ham bir esga olay.
Ustirdi , hayotga keltirib meni,
Umrini ,yoshini bag'shida qildi.
Men esa ul zotni yetmay qadriga,
Bugun bir onamni eslagim keldi.
Oldin yurar ekanman yonib ishqingda,
Kuzlarim zor buldi qolib yulingda.
Endi esa Seni surib bir chetga,
Bugun bir onamni eslagim keldi.
Volidam suratin kuribman tushda ,
Bag'rimga bosibman sog'inchim zur-da.
Yana onamni tushda kurish ilinjida,
Bugun bir onamni eslagim keldi.
Yorim ham bulasan kun bir kun kelib,
Gullarim olasan bag'ringa bosib.
Uyimni gulim senga bag'ishlay turib,
Bugun bir onamni eslagim keldi.
Bul zot duosi-la baxtli bulamiz,
Usha saroylarda qusha qariymiz.
Kel sen ham yonimga duo qilamiz,
Bugun bir onamni birga eslaymiz MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:03) Yuragimni,
bir his
o'rtaydi, Qani, yo'lim yaqin
bo'lsaydi. Ko'nglim har on, sizni
qumsaydi, Onajonim, sog'indim,
sizni. Ko'zlarimga, kеlmaydi
uyqu, Mеni qiynar, bir ajib
tuyg'u. Bilmadim bu, sеvinchmi,
qayg'u? Onajonim, sog'indim,
sizni. Kеling, onam, mеhmonim
bo'ling, Boshim uzra, posbonim
bo'ling. Yuragimga, darmonim
bo'ling, Onajonim, sog'indim,
sizni. Yolvoraman, har tong,
Olloxga, Olib tursin, sizni
panohga. Borolmasam,
yo'ymang gunohga, Onajonim,
sog'indim, sizni. Tonglar, qo'lim
ochib duoga, Iltijolar qilgum,
Hudoga. Umringizni etsun
ziyoda, Onajonim, sog'indim,
sizni! MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:04) Sevganimni sizdan ham,
Afzal bildim onajon.
O‘sha qizni o‘ylab man,
Kasal bo‘ldim onajon.
Oqshomlari qon yutib,
Zahar ichdim onajon.
Kech bo‘lsada sevgimdan,
Endi kechdim onajon.
Do`stlaringiz bilan baham MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:05) Dunyoda g'am tashvish kelganda ustun,
Hayot berganini qayta olarkan.
Hech kimim yo'q deya yig'lasang bexun,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
Sen deya o'zini o'tlarga urib,
Tirilsang tirilib senla o'larkan.
Senga termulgancha xayollar surib,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
Nochor kunlaringda yeyishga non yo'q,
Hatto ayoling ham yuzin burarkan.
O'ylama u zotning nafsdan ko'zi to'q,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan.
G'am kelsa qo'sha kelgani kabi,
Bog'ingda ungan guling so'larkan.
Shu gulni qaytadan undirib berib,
Yoningda do'st bo'lib ONANG qolarkan. MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:06) Onang hayot ekan ko’tar boshingga
Uni yo’qkla har daqiqa har damda
U qo’l cho’zsin avval suzgan oshingga
Onang erur eng ulug’ zot olamda
Xizmatiga bosh eg o’tirgan joyida
Onang o’tib ketsa yig’lash ne foyda
Onadek chin mushtoq mehribon qayda
Duosini olib qol bu dunyoda
Bir hovuch tuproqdan erur aslimiz
Odam ato momo havo naslimiz
Odamzot maymundan tarqagan emas
Iymonli kishi bu so’zlarni demas
Millati bittadir zoti insonning
Maskani ham bitta zoti insonning
Donolar hikmati hammasi rostdur
Odamzot bolasi birodar do’stdir
Onadan tug’ilgan har bitta inson
Ona bilan go’zal bu yorug’ jahon
Onani xo’rlagan topmaydi kamol
Noqobil farzandning umridir zavol
Har kimi onalar poyini o’par
Unga ergashganlar baraka topar. MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:06) Yelib yuguraman bolam-chaqam deb,
Chalg‘isam, ro‘zg‘orim g‘ori bo‘shaydi.
Go‘yo, dunyo g‘ami mening bo‘ynimda,
Birni topsam, biri kamga o‘xshaydi.
Soch ham oqaribdi, sezmabman, qarang,
Yuragim uvishib qo‘yadi bot-bot.
Topmay o‘rtanaman qaynoq kaftingiz,
Mehringiz qumsab, dil ko‘tarar faryod.
Sizdan hayot oldim, tilandim duo,
O‘zim lahzalarni qizg‘onganim rost.
Bugun bag‘ringizga botgim kelyapti,
Erkalangim kelar, go‘daklarga xos.
Balki xudbindirman, balki bemehr,
Ba’zan yo‘qlamoqqa topmayman imkon.
Tunlari uxlatib bolam, devdingiz,
Men qanday farzandman, ayting Onajon! MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:07) Yo‘llar uzoq, qush emasman ucholmayman.
Ko‘kka boqib o‘ylanaman: uy tinchmikan?
Suratlarni bag‘rim to‘lib qucholmayman.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Sen bag‘ringga bosding meni, men-chi qochdim.
Senga aytmay ko‘ngil sirim kimga ochdim?.
Oh, mehringdan qochib kimga mehr sochdim.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Dunyo dedim, mingim keldi mashinalar.
Quray dedim imorat, marmar zinalar.
Sendan olis pul topdim-u jon qiynalar.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Sovuq qotdim qish bo‘lsa ham, yoz bo‘lsa ham.
Egnim qalin bo‘lsa ham-ki, oz bo‘lsa ham.
Quyoshimsan muhtoj bo‘ldim taftingga ham.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Ajab hislar ko‘p o‘ylanib, xo‘p tuyarman.
Kulgu qisqa, qayg‘u ortiq ko‘p kuyarman.
Tushlarimda oyog‘ingga bosh qo‘yarman.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Kechir endi, raso o‘g‘il bo‘lolmadim.
Yonginangda o‘ynab kulib to‘lolmadim.
Sen bilan ham, sendan olis qololmadim.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Qanot qoqay, qush bo‘lmay ham uchgum endi.
Dunyolarni savdosidan tushgum endi.
Qaytib boray bir yaxshilab quchgum endi!
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inch ekan!
. . .
Yo‘llar uzoq, qush emasman ucholmayman.
Ko‘kka boqib o‘ylanaman: uy tinchmikan?
Suratlarni bag‘rim to‘lib qucholmayman.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?.. MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:08) Dardlar yuragimni vayron etsada,
G‘amlar boshim yanchib, talqon etsada,
Orzuni shum taqdir armon etsada,
Barini ichimga yutaman tanho,
Onamga aytmayman, aytmayman aslo.
Ishlarim o‘ngidan kelmay qolsa ham.
G‘animlar boshimga balo solsa ham.
Dunyo yukin ortgan yelkam tolsa ham.
Ko‘zlarim ko‘rsa ham, ming dard, ming g‘avg‘o.
Onamga aytmayman, aytmayman aslo.
Do‘stning dushmanligin ko‘rsa bu yurak.
Yordan bevafolik ko‘rsa bu yurak.
Oxiri bariga ko‘nsa bu yurak.
Jonim dunyo bilan qilsam ham savdo.
Onamga aytmayman, aytmayman aslo.
Solmayin deymanda ortiq tashvishga.
Arzimaydi bekor soch oqarishga.
Sabab bo‘lmay deyman yurak sanchishga.
Mayliga gapirmay qo‘ysam ham xatto.
Onamga aytmayman, aytmayman aslo! MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:08) Baxt nimadir?
Menga baxt- onajonim
kulgusi,
Azob nima?
Azob bu- volidamning
qayg'usi.
Dunyo nima?
Dunyo bu-mexrli
ko'zlar sexri.
Daryo nima?
Daryo bu-onamning
jo'wqin
mexri.
Ka'ba nima?
Ka'ba bu-onajonim
izlari.
Imon nima?
Imon bu- onajonim
ko'zlari.
Duo nima?
Duo bu-ikki olam
quyowi.
Qiyomatchi?
Qiyomat-onalarning
ko'z yowi... MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:09) Qalbi cheksiz
iymonga
to'la,Ollohga yig'lab
qiladi nola, Farzand
uchun kechirim
so'rar JOYNAMOZ
USTIDA O'TIRGAN
ONA. Ko'zlarida to'la
miltillaydi yosh,
Sajda-yu tavbadan
chiqmaydi bu bosh,
Garchi farzandlari
bo'lsada bebosh.
JOYNAMOZ USTIDA
O'TIRAR ONA.Xar on
qo'lin ochib duoga,
Gunoxlar uchun
qiladi tovba, Tovba
uchun kelganmi
deysiz dunyoga,
JOYNAMOZ USTIDA
O'TIRGAN ONA. Ko'z
oldimda turibdi
xamon, Quloqlarim
ostida u qilgan nola.
Ko'zlaridan
tomchilaydi yosh,
JOYNAMOZ USTIDA
O'TIRGAN ONA....! MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:10) Jonim og'riganda
shifokor ONAM!
Dilim og'riganda
sirdoshim ONAM!
Ishim
yurishganda
quvonchm ONAM!
Ishsiz kunlarimda
suyanchm ONAM!
Kechqolsam
tunlari uyqusiz
ONAM!Ertaga tark
etguvchi
qo'rquvim ONAM!
Butun umir
qalbimda
sog'inchm ONAM!
Bu dunyoda
borlig'im g'ururim
ONAM. MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:10) Men bulutni oq deb
yuribman
Yuragingiz buncha
oq ota
Toshkentida o'ynab
yuribman
Dunyo menga
o'yingoh ota
'Kayfiyating
qanday' deysizmi?
Doimgidek
ko'nglim chog' ota
Ko'zmunchoqlar
bermasin onam
Xudo menga
ko'zmunchoq ota
Duolaring asraydi
meni
Ko'nglim mangu
yashil bog' ota
Yolg'onlarga
o'rgatmagansiz
Xaqni izlab dilim
dog' ota
Rostin aytib
qo'ydim baribir
Yuragimda ming
yamoq ota
Qaytgim kelar
qishloqqa butkul
Buncha og'ir
yashamoq ota
Artolsaydim
etigingizni
Yei qatigu ko'k
yirog' ota
O'pib yashar
oyog'ingizni
Tuproq mendan
baxtiyor ota
Qaytgim kelar
qishloqa gohi. MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:11) Ko'nglimda
nur porlashi
un Jonga
quvvat
joylashim un
Do'st yoronla
bo'ylashim
un O'zingizni
asrang
Onajon
Qalbim og'ir
dardga
botganda
Mehr tilab
sog'inch
ortganda
G'am
bag'riga
chorlab
tortganda
O'zingizni
asrang
Onajon
Qalbim ko'ri
ko'z
gavharimsiz
Duogo'yim
jon
malhamimsiz
m Boshda
tojim dur
javharimsiz
O'zingizni
asrang
Onajon
Mening un
asrang
Onajon. MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:11) Ko'zgu, Man
pokman deb
kerilma
zinhor, Sandan
ham
pokiza ONA
qalbi bor. Ey
Quyosh,
Nurliman
demagin
zinhor,
Sandan-da
nurliro ONA
mehri bor. Ey
suv,
hayotman
demagin
takror,
Hayotti baxsh
etgan ONA suti
bor. Dilni
maftun etar
bulbul
yallasi,
Undanda
maftunkor
ONA allasi.
Ðœarvarid
qimmat u
uzuk ko'zi,
Sendan
qadrliroq ONA
ning so'zi.
Qizla
dimela man
sanga
parvona,
Siladanam
parvona
ONA-ku ONA! MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:12) Boshimga ish
tushganida,
omadqushi
uchganida.
Do'st-u
yor
hamkechgani
da, panox
bo'lganONAJ
ONIM. Dilda
pinxong'
amlarimdan,
kiprikdagina
mlarimdan,
ko'nglimdagi
kamlarimdan
ogoh
bo'lgan
ONAJONIM.
Onajonim-
siz
mehribonim,
onajonim-siz
hush
zabonim.
Munisam-
darddoshim,
metin
bardoshim,
ONAJONIM!
Qatordan
kam
bo'lmasindeb
,
g'uncha payti
so'nmasin
deb,
mendan
oldin
o'lmasin deb
duo
qilganONAJO
NIM, bu
kunlar ham
o'tar
degan,dard-
alamlar ketar
degan, bolam
baxtkutar
degan,
qadrim
bilgan
ONAJONIM MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:12) Xayot bamisli
jannat, xuddi
tuwga
öxwidi.
Bazan chölu
biyobon, chek
chegara
bilmidi.
Oldin wu
gözal jannat,
Menga
bölgan
jonajon. Endi
bölsa
saxrolarga,
Ketayapman
onajon.
Oldin döstlar
davrasida,
Yurar
edim wöx
wodon. Endi
bölsa
yolg'iz özim,
Qolib ketdim
onajon. Atrof
töla döst
örtoq,
Xamma
1tanu 1jon.
Lekin bari
soxta bölsa,
Men ne qilay
onajon.
Bugun yolg'iz
saxroda,
Borayapman
köksim qon.
Zulmat
chökib
bormoqda,
Qörqayapman
onajon.
Izg'irin
sovuqlarda,
Qoldim
yolg'iz
dildirab.
Faqat
xayol
ergawar,
Oyoq qöli
qaltirab. Ona
yolg'iz
qolganimda,
Sizning
mexriz
bilinar. Wu
mexrni
eslaganda,
Bemor
qalbim isinar. MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:13) Besh joningizni biriman ona.
Sizni ishqingizni iziman ona.
Omonat dunyoda ilinib qolgan
oppo sochingizni quliman ona. MaStEr_JaSuR (9 Mar 2017 02:14) Onamizni asraylik do'stlar KEYN KECH BOLADI :-) Doston (26 Mar 2017 17:54) Yuragimni bir his o'rtaydi Qani yo'lim yaqin bo'lsaydiKo'nglim har on sizni qumsaydi Onajonim sog'indim sizni Doston (26 Mar 2017 17:56) Ko'zlarimga kеlmaydi uyqu Mеni qiynar bir ajib tuyg'u Bilmadim bu sеvinchmi qayg'u Onajonim sog'indim sizni Doston (26 Mar 2017 17:58) Toshkent shaxrida yurib Shirin hayollar surib Tushlarimda sizni ko'rib She'rlar yozdim onajon Doston (26 Mar 2017 18:00) Xizmat qilmoq boshlandi Ko'p yig'lamang onajon Sog' omondir o'g'lingiz Ko'p yig'lamang onajon Doston (28 Apr 2017 18:57) Nozik qo'lingizda gulmas, qadoqlar Mendan topganingiz faqat g'amhona.Men sabab otamning sochida oqlar Farzand bo'lolmadim kechiring ona Doston (28 Apr 2017 19:01) Onam mehri yetib ortadi Mayli dunyo beshavqat bo'lsin Men baxtliman ey birodarlar Mayli dunyo g'azabga to'lsin Doston (28 Apr 2017 19:07) sen γαgonasan σ'zing bυyuksan O'zing hαmmαmizga berasan ρanox bir bor sendan κichik σ'tinchim barcha σnalarni αsragin ALLOH Doston (5 May 2017 00:03) Shukur senga Olloxim
Bordir mening xayotim
Boshimdagi gul tojim
Udir mening Onajonim


Uyga borsam meni kutgan
Mexrla bag'riga bosgan
Jilmayib yuzimdan o'pgan
Rayxon gulim Onajonim


Jonim bersam arzimas
Bir kun bedor tuninga
Farzandisiz yasholmas
Mening jonim Onajonim
 

Dardkashim, jannatimm
Tarifizga ojiz so'zim
Mening go'zal chamanim
Sizdir mening Onajonim
 

Yuzim bossam yuzizga
Unutaman dardlarim
Qalbiz yaqin qalbimga
Ko'ngli yarim Onajonim
 

Asragin deb bolamni
Yoritgaysiz yo'limni
Tanitgan ul Raxmonni
O'ziz mening Onajonim
 

Afsus yo'lim uzoqdir
Sog'inchlarim azobdir
Ko'zlar sizni izlaydir
Sizni doyim Onajonim
 

Tengiz yo'qdir dunyoda
Umriz bo'lsin ziyoda
Sherik bo'ling baxtimga
Qalbi osmon Onajonim
 

Siz oyimsiz Otam quyosh
Doyim bo'ling bizlarga bosh
Ko'rmasin xech ko'zlariz yosh
Mexri daryo Onajonimm KING-KuRDeK (5 May 2017 00:48) --Javob-- Doston (5 May 2017 00:03): Shukur senga Olloxim
Bordir mening xayotim
Boshimdagi gul tojim
Udir mening Onajonim


Uyga borsam meni kutgan
Mexrla bag'riga bosgan
Jilmayib yuzimdan o'pgan
Rayxon gulim Onajonim


Jonim bersam arzimas
Bir kun bedor tuninga
Farzandisiz yasholmas
Mening jonim Onajonim
 

Dardkashim, jannatimm
Tarifizga ojiz so'zim
Mening go'zal chamanim
Sizdir mening Onajonim
 

Yuzim bossam yuzizga
Unutaman dardlarim
Qalbiz yaqin qalbimga
Ko'ngli yarim Onajonim
 

Asragin deb bolamni
Yoritgaysiz yo'limni
Tanitgan ul Raxmonni
O'ziz mening Onajonim
 

Afsus yo'lim uzoqdir
Sog'inchlarim azobdir
Ko'zlar sizni izlaydir
Sizni doyim Onajonim
 

Tengiz yo'qdir dunyoda
Umriz bo'lsin ziyoda
Sherik bo'ling baxtimga
Qalbi osmon Onajonim
 

Siz oyimsiz Otam quyosh
Doyim bo'ling bizlarga bosh
Ko'rmasin xech ko'zlariz yosh
Mexri daryo Onajonimm ---------- Doston, Э КОЙИЛЕ ХАКИКИ ШОИР БОР БОЛИНГ :zor: :zor: :zor: Doston (5 May 2017 22:43) --Javob-- KING-KuRDeK (5 May 2017 00:48): Doston, Э КОЙИЛЕ ХАКИКИ ШОИР БОР БОЛИНГ :zor: :zor: :zor: ---------- Master--KuRDeK, raxmat dõst men sherlar yozishka qzqaman dõst Doston (5 May 2017 22:47) Xech qanday xis qolmagan qalbda
Menga yot xislatdur xayajon
Xayotga yengildim yengildim dardga.
Yoshlikni sog'indim Onajo

Soxta nigoxlardan bezib qolganman
Pichoqdek sanchilar tanamga bu jon
Kattalikdan juda tolganman
Yoshlikni sog'indim onajon

30 ga kirmasdan, yuzdan oshgandek
Sabr to'lib, toqat toshgandek
Ortimdan kafanlik quvib shoshgandek
Yoshlikni sog'indim onajon UzB__MaSTeR (16 Dec 2017 23:53) Bravo shoirlar Doston (16 Dec 2017 23:53) Eshikka termulgancha ona ko'zlari Mayus yuzla boqadi farzand yo'liga Betoqat umri hamo'tgan onaning Yaqin kuni qolibdi jon berishiga Doston (16 Dec 2017 23:54) --Javob-- UzB__MaSTeR (16 Dec 2017 23:53): Bravo shoirlar ---------- MISTER_MaSTeR, :zor: Doston (16 Dec 2017 23:56) Derkan Olloh bir pas kutaylik Hali kelib qolar bezori bolam Sog'indim ko'rmasam bo'lmas bolamni Sabr qilgin ozgina qoldi Ollohim Doston (17 Dec 2017 00:04) Ona zorzor kutarmish farzand soyasi Ko'rinmasmish eshik ochib kelmasmish xech kim Tikilib tikilib ko'zlari tolgan Onaning ko'zlari yumilay dermishOna yaxshi bilarmish keladi bolam Uxlamayman-uxlasam uyg'onish gumon Toliqqan yuragi qaltirar bir xol Ona qo'lga qalam olib yozarmish bir xat. "Qachonlardir men seni,kutgandim uzoq Hudo berdi bag'rimga to'qqiz oy boqdim Dunyoga keldinggu mehribon bolam Seni tuqqan onangni,unutib ketting. Qayerdasan qaylardasan bilsam qaniydi Mayli kelma bolajonim o'zim borardim Seni bir bor bag'rimga bossam roziman Armonim qolmasdi qaydasan bolam Ko'nglim sezar kelayapti bolam Ollohim, Nega buncha shoshilmasang jonim olishga Hayot uchun ko'p bo'ldimi bitta jon senga Shuncha sabr qildimku mensabr qil sen ham Ana keldi keldi axir mehribon bolam Jonim bolam kelaqol yuzko'zing o'pay Seni juda sog'indim yolg'izim bolam Biroz yonimda qolgin sen bilan bo'lay Farzand ko'zin yoshlabdi kech qoldimmi onajon Kechiring men bag'ritosh beshafqat bolangizni Qo'ldagi xatni olib o'qib o'ksib yig'labdi Afsus ona ko'zin ochib Ollohga jon beribdi Doston (17 Dec 2017 00:07) yoqan bõlsa +bosvorilar dõstlar UzB__MaSTeR (17 Dec 2017 14:26) Bosdik Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:28) Onangizni qo'llarini o’pib
qo’ying,
O’sha qo’llar tebratganku
beshigingiz.
Bolam kelsa kutmasin-deb
onaizor,
Ostonada poylab turgan
eshigingiz.
~~~~~~~~~~~~~~~~~
"Onamga"
Oh, mening ortimdan ovvora
onam,
Bir parcha yuragi ming pora
onam.
Bir baloni ko`rib yorug`
dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora
onam.
Bolang bo`lib bir bora boshlab
keldimmi,
Endi men ham senga o`g`il
bo`ldimmi,
Garchi bisotingda "bayram" so`zi
yo`q,
Bilaman kutasan sandan to`la
cho`g`,
Menda yurak deganlarin o`zi
yo`q:
Men sovg`a bermagan qiz yo`q
bu oqshom.
Senga na gul berdim na shirin
kalom,
Endi men ham o`g`ilmi onam?...
Deysan: olislarda omon yursang
bas,
Bolam, senga hamma qiladi
havas...
Ahir mening dardim she`r emas
faqat,
Men mashhur shoirmas, mashhur
beshafqat,
Endi men ham senga o`g`ilmanmi
ayt?...
Shaning she`r bitdim. U seni
topsin,
Poyinga tiz cho`kib, qo`lingni
o`psin.
Undan ham ulug`in borligin
ko`rsin,
Men uchun ham aziz holingni
so`rsin.
Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi
onam,
Endi men ham senga o`g`ilmi,
Onam!...
~~~~~~~~~~~~~~~~~
Topmoq - yo`qotmoqdir,
Yo`qotmoq – topmoq,
Sen so`lib,
Men yashab,
To`lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko`proq yo`qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig`latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
~~~~~~~~~~~~~~~~
Men sizni o'ylayman shomu
saharda,
Ona, sog'insam ham bora
olmayman,
Tunlaricharog'on shunday
shaharda,
Hech kimga ko'nglimni yora
olmayman.
Men siz aytgandayin hammani
sevdim,
Hammaga ishondim, mana
oqibat:
O'z do'stim uyiga ko'mildi
sevgim,
Kun bo'lib ko'ksimni kuydirdi
nafrat. Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:29) Ey ko'zgu, men pokman deb
kerilma
zinxor,
Sendan ham pokiza Ona qalbi
bor!
Ey quyosh, nurliman demagin
zinxor,
Sendanda nurliroq Ona mexri
bor!
Ey suv, hayotman demagin
takror,
Hayot baxsh etgan Ona suti bor!
Dilni maftun etar bulbul yallasi,
Undanda maftunkor Ona allasi! Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:29) Ota meni o'ylab g'am ema,
Ko'nglim kuhna ovchining saydi
Meni bandi aylagan kema ,
Haliveri to'xtash bilmaydi
Kamalakka aylanar yo'lim
Goho g'amnok gohida sho'xman,
qaytishimni o'ylash kulgili,
Men miltiqdan otilgan o'qman
Manzilim qay kimning yuragi,
Xudo bilar qildingmi tusmol,
Qo'rqma mening sinmas kuragim
Qo'rqma mening o'ylarim halol.
Garchi qadah tuta boshladim,
Garchi qizlar tilin bilaman.
Meni mayxo'r deyolmas hechkim
Oshiqlari berib qo'ygan tan.
Ketmon emas qalamim ila
Kiprigimga ilaman erni,
Kechir meni otajon illo..
Portlab-portlab yashagim keldi.
Ketganim yo'q qishloqdan to'yib,
Ildizimni yaxshi bilaman.
Men zaminni kaftimga qo'yib
Bitta ulkan qishloq qilaman..
Faqat meni o'ylab g'am ema
Guldirakman ko'ngling bo'lsin
to'q
Ota bo'lsang bilasan dema ,
Ota bo'lib ko'rganimcha yo'q Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:29) Nimadir u, ko'zingga kelgan,
Xayolingga, ona, ne keldi?
Yig'lab turib hattoki kulding,
Nimadir u, ko'zingga kelgan?
Menga juda o'xshaydi, ona,
Ko'zlaringda yaltiragan yosh.
Menda o'sha ko'zu, o'sha qosh,
Menga juda o'xshaydi, ona.
Ona, uni to'kma, iltimos?
Ko'zlaringdan to'kilay agar.
Sevinchingdan bermasam xabar,
Ona, uni to'kma iltimos. Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:30) IKKI QO‘RG‘ON
Onang ketsa savlatlaring
ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring
ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan
ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring
ketgaydir.
Otasi yo‘q cho‘lda qolgan
giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor
yetgaydir.
Nari borsa to‘rt yil kutar
dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-
yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin
kutgaydir.
Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan
bayot
u.
Nogoh agar yo‘llaringda
qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan
tutgaydir.
Boshingga ish tushganida sinab
ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida
sinab ko‘r.
Kimlaringdir sen deb ko‘z yosh
yutar lek,
Otang qilich, onang qonlar
yutgaydir.
Shon-shuhrating ketsa ketar
do‘stlaring,
Mol-davlating ketsa ketar
do‘stlaring.
Otang-onang qolar senla, qolgani
Shunchaki... ko‘changdan bir-bir
o‘tgaydir.
Guljamol Asqarova Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:30) Otalar sha'niga loyiq so'z demoq
Tabarruk bir kitob yozish bilan
teng.
Ularning mehri-ku,bamisli
charoq,
Bag'ri ham yulduzli osmon kabi
keng.
Sharqona tashbehni olsam gar
yodga,
Bir nomi buzurgu bir nomi faqir.
Zaminni kaftida tutib,avlodga
Bus-butun yetkazgan otalar,axir.
Yuksak-yuksaklarga uchgan sor
lochin
Nazar uzmagandek polaponidan.
Bardavom naslini asramoq
uchun
Axir ota qavmi kechgan jonidan.
Non,degan farzandning dardli
xitobi
Goh uni tiriklay chohlarga tiqqan.
Bardoshli umrning zaqqum
zardobi
Sochlari qirovdek ko'pirib
chiqqan.
Taxti Sulaymonddan balanddir
beshak
Ota deb atalgan martabayu baxt.
Farzand bunyod bo'ldi,o'lim yo'q
demak
Otaning ilgida zamon bilan vaqt.
Men ko'kka termulib kutmasman
madad
Do'st izlab har yonda
kezmasman
sarson.
Do'stu madadkor ham otadir
abad,
Shoni-shoning erur,armoni-
armon.
Abdulla Oripov Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:30) Ka'ba qopqasida turgan,ey
posbon,
Avval onalarning ochgin
yo'llarin.
Onalar poyiga tiz cho'k o'shal on,
Tavof qil,ko'zga surt,o'pgin
qo'llarin
Hojar onamizning nidosi sabab
Ka'bada ko'z ochgan Obi Zam-
zam ham.
Bir umr talpinmish onaga qarab,
Ne-ne payg'ambarlar ko'zlarida
nam.
Qavmimni ranjitib
qo'ymayin,ammo
Tobut yasab kelgan er zoti doim.
Onalar bag'riga faqat beshik jo,
Hayotbaxsh allalar
aytgan,muloyim.
Sho'rlik odamzodning tolei
uchun
Eng avval onalar qilsin ibodat.
Zora,gunohlardan pok bo'lgay
ochun,
Onalar o'tinchi topib ijobat.
Ka'ba qopqasida turgan,ey
posbon,
Avval onalarning ochgin
yo'llarin.
Onalar poyiga tiz cho'k o'shal on,
Tavof qil,ko'zga surt,o'pgin
qo'llarin. Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:31) Ko`nglim qolsa bulbuldan ham
guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan
ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan
ham-
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam
u…
Sig`may qolsam shunday keng
bu
jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona
-
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam
u…
Tonar bo`lsa qo`limdagi tor,
dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-
yor,
dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor,
dunyo -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam
u…
Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim
deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi,
o`g`lim
deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim
deb
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam
u…
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham
guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan
ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan
ham-
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam
u… Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:31) Yetmish yulduz yog'ilib,
Yarim oycha to'lolmas,
Yeti yanga yig'ilib,
Bitta ona bo'lolmas,
Ona tirik eshikka
G'urbat yaqin yo'lolmas,
Mening esa, bag'rim qon,
Vayronaman onajon.
Garchi biz yosh, g'o'r edik,
Siz bor - biz ham zo'r edik,
Bir mayizni besh o'g'il
Teng bo'lishib yer edik,
Goh talashsak, haq so'zni
Onam aytsin der edik,
Tushmi endi u zamon,
Hayronaman, onajon.
Tirik yursa volidang
Toqqa kuching yetarkan,
Onang o'lsa, boshingdan
Oftob o'tib ketarkan,
Jindekkina alam ham
Tog'dek botib ketarkan,
Ko'ksim to'la ming armon,
To'lg'onaman, onajon.
Onasiz uy - oysiz tun
Ekan endi o'ylasam,
Qalbni o'rtar dardlarim,
Qay birini so'ylasam?
Sizsiz ko'cham befayz,
Halovat yo'q uyda ham,
Farishtasi tark etgan
Ostonaman, onajon
O'zing uchun o'l yetim!
O'rda ham men, qirda ham.
Ko'ylagimda tugma yo'q,
Tugma bo'lsa, kir -yoqam.
To'rt yangamga qo'shilib
Turtkilaydi to'rt og'am,
O'z uyimda jonajon,
Begonaman, onajon.
Ko'ngil o'zin tutingan
Bir mehribon qo'msaydi,
Dunyoda bir odamga
Siring aytib bo'lsaydi,
Onasizni do'sti ham,
Dushmani ham aldaydi,
Ayting axir, men kimga
Ishonaman, onajon?.
Yo'qligingiz qadamda
Turar shunday bilinib,
Non yopmaysiz tonglari
Menga kulcha ilinib,
Sarg'ayarman sarg'aygan
Rasmingizga termulib,
Ziyo istab zor qaqshar
Parvonaman, onajon.
Uy to'rida tolbeshik -
Akam yotgan, men yotgan,
Sherdek-sherdek kelbatli
Besh o'g'ilga asqotgan,
Qaytib kirib bo'lsaydi
Bo'lardim jon deb qaytgan!
Men bu joyni hammadan
Qizg'onaman, onajon.
Yashayapman sharpadek
Sezilmay goh, sezilib.
Gohi ko'kka intilib,
Gohi yerga egilib,
Sog'inganda she'r yozib
Yuraklarim ezilib -
El ichra bir shoiri
Devonaman, onajon
***
Muhammad Yusuf Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:31) Suyangan tog'imsiz Otajon!
Ishongan bog'imsiz Onajon!
Jonajonim
Mehribonim
o'zingizsiz onajon
g'ururim
ishonchim
dilda quvonchim sizsiz otajon Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:33) Yana atadim she'r,azizim ota,
Sizni desam, tanda jo'shar
hayajon.
Quyoshga yetguncha yozsam-
da,oz-oz,
Sizga muhabbatim dilda bir
jahon! Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:34) Nelardandir ko'ngil bo'lib g'ash,
Xam egilib bu egilmas bosh,
Ko'zlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh,
Bir mushtipar Onam yig'laydir,
Qolganlari yolg'on yig'laydir.
Qaytar bo'lsam quruq qo'l
ovdan,
Qora qozon qolsa qaynovdan,
Ham ayrilib o'lja,ulovdan,
Qarzga botar bo'lsam birovdan,
Taskin berib Onam yig'laydir,
Qolganlari yolg'on yig'laydir.
Birda haqdin,birda nohaqdin,
Jabr ko'rsam bir betavfiqdin,
Ortda tursa qalbi quroqdin,
Qadrim xarob bo'lsa tuproqdin,
Ohlar urib Onam yig'laydir,
Qolganlari yolg'on yig'laydir.
Og'a-ini o'rtasida gap...
Alhol,kelib chiqsa ixtilof,
Biri izzat,biri mulk talab,
-Bu oq sutim,mehrimga xilof,-
Deya sho'rlik Onam yig'laydir,
Qolganlari yolg'on yig'laydir.
Sinalmoqning gali kelganda,
Nogoh mag'lub bo'lsam
maydonda,
Nomim qolmas bo'lsa jahonda,
Kim do'st-dushman bilinar onda
Ahvolimga Onam yig'laydir,
Qolganlari yolg'on yig'laydir.
YIG'LATMAGIN MUSHFIQ ONAMNI,
VOLIDAYI MUHTARAMAMNI !!! Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:34) yetim o'g'loningga quloq sol
dunyo, kechalar to'lg'onib yig'lab
yotaman, bir kun baxt-omad ni
toparman ammo, duogo'y
onamni qaydin topaman...
do'stlar kelib ketar xalol va
sotqin, halal tun shodlik jabr
tortaman, dushman ham
do'stimga aylanar lokin, duogo'y
onamni qaydin topaman...
bir kun sekinlashar hayot
kemasi, nogoh langar tashlab
suvga botaman, yuzimga urilsa
o'lim sharpasi, duogo'y onamni
qaydin topaman..
fano sayri tugab qil ko'prik
o'dam,
gunohim ko'p manim qandoq
o'taman, e voh e sadoyi
gunohkor bo'lsam, duogo'y
onamni qaydan topaman..
duogo'y onamni men qaydan
topaman??
***
Yulduz Usmonova - Duogo'y
qo'shig'idan parcha Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:34) Onamga
Yuragimni, bir his o'rtaydi,
Qani, yo'lim yaqin bo'lsaydi.
Ko'nglim har on, sizni qumsaydi,
Onajonim, sog'indim, sizni.
Ko'zlarimga, kеlmaydi uyqu,
Mеni qiynar, bir ajib tuyg'u.
Bilmadim bu, sеvinchmi, qayg'u?
Onajonim, sog'indim, sizni.
Kеling, onam, mеhmonim bo'ling,
Boshim uzra, posbonim bo'ling.
Yuragimga, darmonim bo'ling,
Onajonim, sog'indim, sizni.
Yolvoraman, har tong, Olloxga,
Olib tursin, sizni panohga.
Borolmasam, yo'ymang
gunohga,
Onajonim, sog'indim, sizni.
Tonglar, qo'lim ochib duoga,
Iltijolar qilgum, Hudoga.
Umringizni etsun ziyoda,
Onajonim, sog'indim, sizni! Shoxzod_M (19 Dec 2017 12:34) Qadriga yet bolsa ularni
Xurmatini qoygin joyiga
Bekorlarga jannatni ollox
Qoymagandir ona poyiga
***
Onang borida uchib yurasan
Yulduzlarni quchib yurasan
Otang borida uchiiib yurasan
Yulduzlarni quchib yurasan Doston (30 Mar 2018 21:42) Bir qo`lda beshik bir qo`lda bolasi Dard alam cheksa ham chiqmas nolasi Hech qachon uzulmasdi mexr tolasi Bu o`zbek ayoli o`zbek onasi Doston (30 Mar 2018 21:46) ONA HAQIDA ONASINI SOG'INGAN INSONLAR UCHUN MУСОФИР ЮРТЛАРДА КАДРИНГИЗ СЕЗИБ СОГИНЧ КУРГУР КОЙМАС ЮРАКНИ ЕЗИБ ГОХИДА ТЕЛБАДЕК КОЧАЛАР КЕЗИБ OНАЖОНИМ СИЗНИ СОГИНДИМ TОНГДАМИ ТУНДАМИ ЙЕСАДА ОВКА KЕЧАЛАР УЙКУДА Doston (30 Mar 2018 21:56) Otasiz hovlining fayzi yo'q sira onasiz yorishmas birorta xonang Qarasa könglingga qaraydi lekin qo'lingga qaramas otayu onang!Topsangu topmasang xaridoringdir qilmishing un ham gunohkoringdir Bersangu bermasang minnatdoringdir qo'lingga qaramas otayu onang Önta bolani boqarkan ota bir otani boqa olmas önta bolasi Boshin qoplaguncha toki oq tola qo'lingga qaramas otayu ona Mc_jas (30 Mar 2018 22:23) Gap yoq mavzuga Kim ochgan bulsa ham gap yoq Alexandr (3 Apr 2018 22:13) Muhammad Yusuf.Onamga:Oh,mening ortimdan ovvora onam,Bir parcha yuragi ming pora onam,Bir baloni korib yorug dunyoda,Toshkanni kormagan bechora onam,Bolang bolib bir bor boshlab keldimmi,Endi men ham senga o'gil bo'ldimmi! Doston (3 Apr 2018 22:36) --Javob-- Mc_jas (30 Mar 2018 22:23): Gap yoq mavzuga Kim ochgan bulsa ham gap yoq ---------- Mc_jas, men ochkanman dòst tõgrsi sher yozishka qzqaman


.

ADMINLAR OFTOBLIK UCHUN UZR Doston (3 Apr 2018 22:42) Nozik qo'lingizda gulmas qadoqlar Mendan topganingiz faqat g'amhona Men sabab otamning sochida oqlar Farzand bo'lolmadim kechiringona Doston (3 Apr 2018 22:47) Malikalar quchog'ida yotdim debman Ishrat bilan o’zni baxtga otdim debmanAsli iymon vijdonimni sotib yebman Baxtni topib bo’lmas ekan ishrat bilanAsli mushfiq onam edi jonga malxam Jon tutardi dard to’shakda yotganda xam Onang omon bo’lsin deb qo’l tutgan tog'am Kayf safoga baxam ko’rdim ulfat bilan Ko’rdim burda nonni ko’zga surtganlarni Mexnat qilib roxatmas qon yutganlarni Ko’z oldimda xayvon kabi otganlarni Yashar edi do’st tutinib kulfatbilan Doston (4 Apr 2018 15:27) fokuschi
szga xam Raxmat ORTOO
.


ADMINLAR OFTOBLIK uchun uzr Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/11/1026/