Mavzu: Har xil she'rlar
15. Dilmurod_TJK (19) [off] | TXT | 30| 23 Jan 2018, 18:31
Bir boshidan ishing yurar,
Taomingda go'shing bo'lar,
Ko'cha ko'yda o'rning bo'lar,
Agar xalol yashasang.
O'zingni xech aldamaysan,
Tunda eshikka boqmaysan,
Daydi qushdek uchmaysan,
Agar xalol yashasang.
Farzandinga o'rnak bo'lasan,
Biroz qiyin lek ko'nikasan,
Bir kuni rohatini ko'rasan,
Agar xalol yashasang.
Otang boshini egmaydi xech,
Onang dilin yanchmaydi xech,
Seni muammo kutmaydi xech,
Agar xalol yashasang.
Xayot shunday go'zal tuzoqlar,
To'g'ri yo'lda ulkan azoblar,
Xatto seni dushman xam qo'llar,
Agar xalol yashasang.
Xalollik ilmi ulkan zahmatdur,
Shu bilan birga banda farzidur,
Bu yaratganni bergan qarzidur,
Ey do'stim xalollik dunyo umridur..
16. ARMONLI_TUN (56) [off] | TXT | 30| 24 Jan 2018, 10:35
Xatolarim boshimdi ekganda bugun. Armon qarshisida chorasiz qolaman. Dunyo g'irom öyin boshlama yetar. Azoblar kumilib ketdim ollohim qutqar.
17. Besthakker (1772) [off] | TXT | 30| 2 March 2018, 06:14
Boqqa bordim baqirdim Madinani chaqirdim Madina eshikdan chiqdi gurjisi teshikdan chiqdi madinani quchoqladim gurjisini pichoqladim
Ijobiy (1): javohir166,
18. Maykl (499) [off] | TXT | 30| 2 March 2018, 22:51
Sen bugun sinfda shod yurak bilan, sinov novbatini kutib turasan, alo mamlakatning, alo farzandi bilib qo'yki seni VATAN kutadi.
19. otaw (193) [off] | TXT | 28| 12 Apr 2018, 19:18
qora ko'zim sizniki
shirin so'zim sizniki
xayollarimxam sizniki
butun vujudimxam sizniki
i xazlashdim xammasiz o'zimniki
bu narsalardi qizlarga ishanib bo'ladimi :lol:
20. Нарзулло (1108) [off] | TXT | 23| 25 Jun 2018, 23:16
Qadriga yeting bölsa akangiz.
Qölidan tuting bölsa ukangiz.
Bir kuni qurisa mador tinkangiz.
Begonalar tomon chopa olmaysiz.
Ulardan boshqani topa olmaysiz.

Boshidan tuting bölsa munis singlingiz.
Kötarar bir kuni shu qiz könglingiz.
G'amli kun kelganda shuni bilingiz.
Tashvishlar eshigin yopa olmaysiz.
Ulardan boshqani topa olmaysiz..

Agar yoningizda bölsa opangiz.
Poyini emaklab suyib öpingiz.
Musibat chog'ida har on chopingiz.
Bozordan boshqa bir opa olmaysiz.
Ulardan boshqani topa olmaysiz...
Ijobiy (1): QIROLUS,
21. Muxamad (225) [off] | TXT | 41| 1 Jul 2018, 10:42
Qaylarda, kim bilan vaqting chog' bugun,
Yurgan yo'llaringda kim o'rtoq bugun,
Yuraging qalbimga ko'p uzoq bugun,
Hozircha yodingda yomon bo'laman,
Kun kelar bir buyuk armon bo'laman.
Yo'lingga to'shadim oshiq ko'nglimni,
Tosh diling sezmadi hasta dilimni,
Kulgu-la o'ynading borim sevgimni,
Yuraging sezmagan tug'yon bo'laman,
Kun kelar bir buyuk armon bo'laman.
G'ururim bir chetga surib qo'ygandim,
Sen uchun xokisor g'arib bo'lgandim,
Bilgin endi qadri osmon bo'laman,
Kun kelar bir buyuk armon bo'laman.
Tuyg'ular yuraging g'ashlab ketganda,
Bevafo ko'zlaring yoshlab ketganda,
Kimdir yurib-yurib tashlab ketganda,
Qalbingga qadalgan paykon bo'laman,
Kun kelar bir buyuk armon bo'laman!!!!!
2.9333333333333 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
Yiroqda bo'lsakda qalbimiz tutash.
Uchqun zarralari bo'ladi otash.
Sog'inch azob berar nechun bunchalik.
Naxotki sog'indim sizni shunchalik.
Ijobiy (2): QIROLUS, fokuschi,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1063
Mavzuga oid xabarlar soni: 39 ta
So'ngi faollik vaqti: 4 Jan 2019, 02:41
Mavzuni ko'rishgan: 53 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 166 (0/166)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru