Mavzu: Har xil she'rlar
29. Ashurov (2636) [off] | TXT | 33| 26 Jul 2018, 10:23
Asl hayotiy mantiq:
Osmon - yiroq, yer - qattiq.
Zinhor toqatdan ortiq -
Qilmas yaratgan tortiq.
Kelgan har bir musibat -
Ortida bordir ne'mat.
Shukr - so'nmas iroda,
Sabr - suyanch birodar.
Baxt - salomat yurganing,
Dunyoni keng ko'rganing.
Hayot - sinov maydoni,
Imon - ko'ngil sultoni.
Umr - o'tkinchi manzil,
Taqvo - taqdirga kafil.
Olloh - yagona qudrat,
Banda - bo'ysungan qismat.
Inson - mavjudot oliy,
Ezgu amalla boqiy.
Yashash - odamning tarzi,
Mehr - muhabbat qarzi.
Olam - osmonga ustun,
Borliq - zarradan butun.

NurSultan Muhammad
30. Ashurov (2636) [off] | TXT | 33| 26 Jul 2018, 10:36
Ўн саккиз минг олам зарраларидан
Вужудга келгансан, эй покиза зот.
Сенсан мавжудотнинг сараларидан,
Яхшисан, яхшилик айла, Одамзот.
Қалбингда акс этган Оллоҳ жилваси,
Мангу жўш уради илоҳий туғён.
Сенсан яратганнинг суйган бандаси,
Яхшисан, яхшилик айлагин, Инсон.
Меҳринг уммонида тўлғонсин олам,
Ҳамроҳ бўлсин сенга сабру матонат.
Сенсан муҳаббатдан яралган Одам,
Яхшисан, яхшилик айлагин фақат.
Эзгулик нурига кўмилиб яша,
Ҳар дилнинг саҳросин сен этгин обод.
Сенга макон бўлсин жаннатий гўша,
Яхшисан, яхшилик айла умрбод.
Ўткинчи дунёга ошиқ бўлма, бас,
Кўнгил Каъба эрур, англа, азиз бил.
Сенга фаришта ҳам хўп қилсин ҳавас,
ЯХШИСАН, ЯХШИЛИК, ЯХШИЛИКЛАР ҚИЛ!

Firuza Rahmonova
Oxirgi o'zgarish: Ashurov (26 Jul 2018, 10:37)
31. Mister-Master (10) [off] | TXT | 6| 26 Jul 2018, 17:34
Xabar BahhTeeUz tomonidan o'chirilgan.
32. Brigand (519) [off] | TXT | 32| 1 Aug 2018, 12:25
Orqaga chekinar mag'lubiyatlar
"G'alaba" bo'lishga bir qadam qoldi
Ilohim, ushalsin ezgu niyatlar
Talaba bo'lishga bir qadam qoldi
Kimlardur o'qidi, uyqudan kechib
Kimlardur yod oldi, suv kabi ichib
Imtihonga kirib, testlarni yechib
Talaba bo'lishga bir qadam qoldi
Abuturient dili, urmoqda nido
"Talaba" bo'lay deb, bermoqda sado
Mandadda ilohim, madad ber, Xudo
Talaba bo'lishga bir qadam qoldi

Ijobiy (2): QIROLUS, fokuschi,
33. Ashurov (2636) [off] | TXT | 27| 4 Aug 2018, 20:00
YOMONLAR YAXSHIDAN QOCHA BOSHLADI
Endi bildim zamonaning ozganin,
Yomonlar yaxshidan qocha boshladi.
Qaytib badnasllar aslzodadan,
Pisand etmay, to'rga kecha boshladi.
Riyo bo'ldi ko'pning qilgan namozi,
Tangri hech biridan bo'lmadi rozi,
Payg'ambar o'rnida o'tirgan qozi,
Pora uchun qo'lin ocha boshladi.
Shohlarda qolmadi hukmi adolat,
Bir pul uchun muftiy berar rivoyat,
Bil, bu ishlar-nishonaiqiyomat,
Zolimlar tavbasiz o'ta boshladi.
Dodxohlar turubon, yuzin sarg'aytib,
Kim to'rasin topib, rangiz qizartib,
Zolimlar mazlumga, sirtin qabartib,
Qamchisidan qonlar oqa boshladi.
Mujtahid so'ziga amal bo'lmadi,
Munofiqlar Yaratganni bilmadi,
So'filar piridan ta'lim olmadi,
Dunyo uchun dindan kecha boshladi.
Bir guruh so'filar "so'fiman" deydi,
So'ramay, zolimlar taomin yeydi,
"Bizni yaxshi kishi desinlar" deydi,
Har eshikda xalqa ura boshladi.
Qariga aylandi biz ko'rgan yoshlar,
Oyoqqa aylandi biz ko'rgan boshlar,
Bemahal yuk bog'lab endi qardoshlar,
Oxirat azmiga ko'cha boshladi.
Oqil kishi g'amda yuragin ezib,
Dardining darmonin so'roqlab kezib,
Zamonaning fasod bo'lganin sezib,
Foniydan boqiyga ko'cha boshladi.
Ne asl beklarning navbati o'tdi,
Soxtakorga, qaroqchiga so'z yetdi,
Dunyoda kim qolib murodga yetdi?-
Muhabbat chirog'i o'cha boshladi.
Qozi bo'lgan bir javobda turmadi,
Tunlar mehnat tortib kitob ko'rmadi,
Shariat yo'linda to'g'ri yurmadi,
Nafs uchun iymonsiz o'ta boshladi.
Maxtumquli aytar: borho yo'l tani,
Besh kun sinamoqqa yubordi sani,
Sendan burun o'tgan insonlar qani?-
Har kim o'z navbatida o'ta boshladi.
Maxtumquli
34. Ashurov (2636) [off] | TXT | 25| 11 Aug 2018, 22:10
BAXOR KELSA SENI SO'ROQLAB. Bahor kelsa seni so'roqlab,
Yuragimga nima deyay ayt. Sog'inch nima vujudim titrab, Gul atridan yozilurmi bayt.
Ko'ngil mahzun ertaklarida
Ovunadi xotirlab bahor. Ko'zlaringda ko'rgan mehrimni Bahor menga eslatdi takror.
.
Nega meni buncha sabrimni Visol quchib qiynaydi yurak . Otayotgan har kurtak misol Singib ketar qalbimga istak.
.
Gohida men shabboda misol Kezsam bog'ning uzra bag'rini. Ifor izlab mast qalbim bilan Sog'inaman sening vaslingni.
.
Tong otganda mudroq tushlar jim Shabnam o'pgan yanoqlarimda. Quyosh asta erinib sekin, Quchoqlaydi mehr nurida. .
Atrofimda qushlar parvona
Sendan balki xabar aytmoqda. Qaniydi men shu qush misoli Uchib borsam goh huzuringda.
.
Tinglar edim shirin so'zlaring Oqshomlarning sirli qatida.
Yo'qsan netay sog'inchim bahor Xotiralar dil suratida. .
Mendan olis ketding buncha ham Manzil uzoq lek qalbim yaqin. Bahor mendan so'rama uni
Unda qolgan hislarim oqin.
.
Nega uni olib kelmading
O'zing bilan o'rab iforga.
Mehr to'la ko'zlaringda man. Qolib ketsam butun umrga.
. Izlama qo'y qalbimdan uni
Sog'inch ozi qiynadi butkul. Bahor kelma uni sog'inib
Usiz yashash yurakda mushkul.
. Meni kechir bahor sog'inchim Senda qolgan ilk xotiralar. Ovunarman eslab har lahza O'tib borar balki bu kunlar. .
Mayli o'rik gullasin oppoq Bahorlarning qaynoq taftida. Chiroyiga qalb kabi mushtoq Dil so'zimning satrlarida. .
Gar sog'insam sir tutib pinhon Izlaringda qolgan qalbimni
Sog'inganim yetmaganiday Bahor nechun ezar bag'rimni.
.
Yomg'ir yuvar qalbimni lekin Sen yuvilib ketmading nechun . Tomchi misol botib dilimga Ummon kabi bo'ldingmi butun. .
Bahor kelsa sendan bir yo'qlab Nomalarin aytadi takror.
Bedor o'tgan har oqshom faslin Bir tush bo'lib yo'qlaydi bir bor.
. Shivirlaydi asta erinib
Sog'inganda seni bir yo'qlab. Charos menga azizsan deya Bahor keldi yana so'roqlab.
© Charos Raxmatova
Ijobiy (1): Tayotabek,
35. otash_akooo (121) [off] | TXT | 23| 24 Aug 2018, 04:17
TULKILAR TULKIGA OSHNOLIK QILAR
BO'RI XAM BO'RILAR
TO'DASIN O'YLAR
BIRLASHMOQ O'RNIGA
QARANG ODAMZOD
BIR BIRIN PARCHALAR
TOPDAB YUQ QILAR


AHAD QAYUM...
<<<123456>>>
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1063
Mavzuga oid xabarlar soni: 39 ta
So'ngi faollik vaqti: 4 Jan 2019, 02:41
Mavzuni ko'rishgan: 53 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 208 (0/208)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru