UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Har xil she'rlar
Mavzu fayllari
(0)
[b]Bir tup o'rik [/b] Bir tup o‘rik Yakka o‘sgan ekan: Yolg‘iz tomoqmasmi rosa unibdi. Bodroq-bodroq bo‘lib gullaganda Ko‘lankasi bilan do‘st tutinibdi. Soya o‘ngga-yu, dam chapga o‘tib, Dam cho‘zilib yotib, Dam bo‘lib tikka: –Mendan ham sodiqroq do‘st topolmaysan, Sensiz men ham yo‘qman,–derkan o‘rikka... Bir kun qarasa – Soya yo‘q emish. (Bulut kuni uni izlash kulgili) Yomg‘ir ham quyibdi – do‘sti hamon yo‘q... Yerga yakson bo‘pti o‘rikning guli. Eh, o‘rik! Soya ham do‘st bo‘ladimi? Laqqa tushibsanda lof ursa. Do‘st bo‘lsa, har qanday ob-havoda Yoningda tursa... [b] Asqad Muxtor [/b]
Yuklab olish
Onlayn 195 (0/195)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa