Mavzu: She'rlar tanlovi
15. Erkatoy (570) [off] | TXT | 17| 9 Apr 2018, 00:42
Bilmadim bu Zebo Mirzo degan shoirani sheri
16. Maykl (499) [off] | TXT | 16| 9 Apr 2018, 00:45
Erkatoy (9 Apr 2018, 00:42):
Bilmadim bu Zebo Mirzo degan shoirani sheri
Erkatoy, buni televizorda eshitgandirman. Siz bu sherni qay yerdan topdingiz?
17. Erkatoy (570) [off] | TXT | 16| 9 Apr 2018, 00:46
Azizim,
Ne uchun maysa emasmiz,
Yellar o‘pganida suykalib o‘tgan?
Ne uchun, ne uchun daraxt bo‘lmadik,


Ildizi,
Shoxlari chirmashib ketgan?
Ariqlar bo‘yida giyoxdek o‘ssak,
Suvlarda tushimiz eshilarmidi?
Adirlar ortida shamol bo‘lsaydik,
Ko‘klarda ruhimiz qo‘shilarmidi?
Nechun mavjudmizu, nechun yo‘kdaymiz?
Barmoqlar uchida nozik bir titroq?
Nafaslar qo‘shilib turganda, nechun
Olovlar ichida jim kutib turmoq?
Nechun pichoqlarga tiralar ko‘zim?
Ko‘kka suyanganday suyanolmayman?
Nechun qo‘lingizda loladek uxlab,
Ko‘ksingizda tongdek uyg‘onolmayman?
Ne uchun hayotim bu qadar sahro?
Nechun yuragimda bu qadar zorlik?
Qarshimda shovullab oqar bir daryo,
Bir tomchi suv so‘rab o‘tinolmayman...
Azizim,
Ne uchun inson yaraldik,
Ko‘nglimiz sig‘masa yeru samoga?
Oh, endi shu qadar muhabbat bilan
Biz qanday yashaymiz bu tor dunyoda?..
Biz nechun yaraldik yolg‘on dunyoda?
Azizim, ne uchun maysa emasmiz?..
18. Erkatoy (570) [off] | TXT | 16| 9 Apr 2018, 00:47
Maykl (9 Apr 2018, 00:45):
Erkatoy, buni televizorda eshitgandirman. Siz bu sherni qay yerdan topdingiz?
Maykl, googlega Zebo Mirzo debbyozing chiqadi
Raxmat aytdi (1): Maykl,
19. Erkatoy (570) [off] | TXT | 16| 9 Apr 2018, 00:51
Sen mening ushamas orzularimsan
Bir umr hamrohim azoblarimsan
Yurakka yozganim armonlarimsan
MUHABBATIMSAN
20. DoN (339) [off] | TXT | 16| 9 Apr 2018, 00:52
Аёлни алдаманг,гулдай су'лади
Ку'з ёшдан денгизу-уммон ту'лади
Дунёни тебратган митти юраги
Дарду хасратдан адо бу'лади
@Sevgisi_Armon
21. otaw (193) [off] | TXT | 16| 13 Apr 2018, 16:49
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo`lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g`arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..


Sening ko`zing qora, mening ko`zim qora,
Sening bag`ring yara, mening bag`rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..


Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..


Kel, yig`laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..


Umrimizning barcha yo`li, so`qmog`i cho`g`,
Cho`g`dan qo`rqma, beyuz qo`ygan qopqondan qo`rq.
Bu dunyoda senga do`st yo`q, menga do`st yo`q,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko`zim toldi,
Yuragimdan to`kilmay ne so`z qoldi,
Yo`l so`ngida, hech bo`lmasa o`lim oldi,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..
.
erka ohu
.
muhammad yusuf qalamiga mansub!!!
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1064
Mavzuga oid xabarlar soni: 21 ta
So'ngi faollik vaqti: 13 Apr 2018, 16:49
Mavzuni ko'rishgan: 32 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 218 (0/218)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru