UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
She'rlar tanlovi
Mavzu fayllari
(0)
Azizim, Ne uchun maysa emasmiz, Yellar o‘pganida suykalib o‘tgan? Ne uchun, ne uchun daraxt bo‘lmadik, Ildizi, Shoxlari chirmashib ketgan? Ariqlar bo‘yida giyoxdek o‘ssak, Suvlarda tushimiz eshilarmidi? Adirlar ortida shamol bo‘lsaydik, Ko‘klarda ruhimiz qo‘shilarmidi? Nechun mavjudmizu, nechun yo‘kdaymiz? Barmoqlar uchida nozik bir titroq? Nafaslar qo‘shilib turganda, nechun Olovlar ichida jim kutib turmoq? Nechun pichoqlarga tiralar ko‘zim? Ko‘kka suyanganday suyanolmayman? Nechun qo‘lingizda loladek uxlab, Ko‘ksingizda tongdek uyg‘onolmayman? Ne uchun hayotim bu qadar sahro? Nechun yuragimda bu qadar zorlik? Qarshimda shovullab oqar bir daryo, Bir tomchi suv so‘rab o‘tinolmayman... Azizim, Ne uchun inson yaraldik, Ko‘nglimiz sig‘masa yeru samoga? Oh, endi shu qadar muhabbat bilan Biz qanday yashaymiz bu tor dunyoda?.. Biz nechun yaraldik yolg‘on dunyoda? Azizim, ne uchun maysa emasmiz?..
Yuklab olish
Onlayn 198 (0/198)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa