Mavzu: She'rlar tanlovi (UMUMIY BO'LIM/She'riyat dunyosi) Nodirali (18 Mar 2017 16:27) Ushbu mavzuda eng ajoyib yozilgan she'rlar tanlovi o'tqazamiz. TJboy (18 Mar 2017 20:36) Boshlab bering unda o'ziz.. Maykl (2 Mar 2018 22:37) --Javob-- Nodirali (18 Mar 2017 16:27): Ushbu mavzuda eng ajoyib yozilgan she'rlar tanlovi o'tqazamiz. ---------- Nodirali, sher qoraqolpoq tilida bo'lsa ham boladimi? Hoqlagan mavzudami? Va g'olibga qanday sovg'a bor? :d MASTER-Bobur (2 Mar 2018 22:49) --Javob-- Maykl (2 Mar 2018 22:37): Nodirali, sher qoraqolpoq tilida bo'lsa ham boladimi? Hoqlagan mavzudami? Va g'olibga qanday sovg'a bor? :d ---------- Maykl, golibga 1000uzm berish kerak. Admin shu ishni qilsa forum yana qiziqarli bolardi. Maykl (2 Mar 2018 22:57) --Javob-- MASTER-Bobur (2 Mar 2018 22:49): Maykl, golibga 1000uzm berish kerak. Admin shu ishni qilsa forum yana qiziqarli bolardi. ---------- MASTER-Bobur, bu fikringizga 101 % qo'shilaman ARMAKS (17 Mar 2018 19:06) Muhammad yusuf sheri.IQROR:o ota makonim onajon ulkam,ozbekiston jonim tushay soyanga,senday mehribon yoq seninday ko'rkam,rimni alishmasman bedapoyanga zor (19 Mar 2018 07:23) Вu qаnа tаnlov Maykl (20 Mar 2018 18:46) Sen bugun sinfda shod yurak bilan,
Sinov navbatini kutib turasan,
Alo mamlakatning alo farzandi,
Bilib qo'yki seni vatan kutadi! MASTER-Bobur (7 Apr 2018 22:21) [green]Bardur boljaw qabiletim,
Bilgen na'rsem sol boladi,
Sa'l aziraq sabir etin',
Bul jer ele zor boladi.[/green] SHAXZODBE (7 Apr 2018 23:08) Tanlov bo'lsa bahh tee oka xabar beradi ??? Maykl (8 Apr 2018 22:33) --Javob-- MASTER-Bobur (7 Apr 2018 22:21): [green]Bardur boljaw qabiletim,
Bilgen na'rsem sol boladi,
Sa'l aziraq sabir etin',
Bul jer ele zor boladi.[/green] ---------- MASTER-Bobur, bul adaspasan
Ibrayi'm Yusupov "Bul jer ele zor boladi'" ARMAKS (8 Apr 2018 23:46) --Javob-- Maykl (8 Apr 2018 22:33): MASTER-Bobur, bul adaspasan
Ibrayi'm Yusupov "Bul jer ele zor boladi'" ---------- Maykl, ha, bu rostdan ham Ibrayim Yusupovning qo'sig'i' Erkatoy (9 Apr 2018 00:24)
Yo‘q,
Endi ko‘nglingdan chiqarolmaysan,
Umringda quyoshday porlayveraman.
Ming yillar qa’riga ketganingda ham,
Men seni samoday chorlayveraman.

Ismingni tonglarga yozaman mahtal,
G’unchalar bargida uxlayveraman.
Yo‘q, baxting meningsiz bo‘lolmas tugal,
Men seni har lahza yo‘qlayveraman.

Otashman,
Dengizman,
Samoman,
Nurman,
Jismu jahoningni o‘rayveraman,
Ayt, qanday topasan, qochmoqqa imkon -
Men seni Xudodan so‘rayveraman.

Men - so‘ngti tomchiman,
Yagona najot.
Faqat sen ichgin deb qistayveraman.
Qo‘llarimda qoldi
Eng so‘nggi hayot,
O’lsam ham ishqingni istayveraman! Maykl (9 Apr 2018 00:36) --Javob-- Erkatoy (9 Apr 2018 00:24):
Yo‘q,
Endi ko‘nglingdan chiqarolmaysan,
Umringda quyoshday porlayveraman.
Ming yillar qa’riga ketganingda ham,
Men seni samoday chorlayveraman.

Ismingni tonglarga yozaman mahtal,
G’unchalar bargida uxlayveraman.
Yo‘q, baxting meningsiz bo‘lolmas tugal,
Men seni har lahza yo‘qlayveraman.

Otashman,
Dengizman,
Samoman,
Nurman,
Jismu jahoningni o‘rayveraman,
Ayt, qanday topasan, qochmoqqa imkon -
Men seni Xudodan so‘rayveraman.

Men - so‘ngti tomchiman,
Yagona najot.
Faqat sen ichgin deb qistayveraman.
Qo‘llarimda qoldi
Eng so‘nggi hayot,
O’lsam ham ishqingni istayveraman! ---------- Erkatoy, bu sher juda tanish qayerdadir eshitgandayman? Erkatoy (9 Apr 2018 00:42) Bilmadim bu Zebo Mirzo degan shoirani sheri Maykl (9 Apr 2018 00:45) --Javob-- Erkatoy (9 Apr 2018 00:42): Bilmadim bu Zebo Mirzo degan shoirani sheri ---------- Erkatoy, buni televizorda eshitgandirman. Siz bu sherni qay yerdan topdingiz? Erkatoy (9 Apr 2018 00:46) Azizim,
Ne uchun maysa emasmiz,
Yellar o‘pganida suykalib o‘tgan?
Ne uchun, ne uchun daraxt bo‘lmadik,


Ildizi,
Shoxlari chirmashib ketgan?
Ariqlar bo‘yida giyoxdek o‘ssak,
Suvlarda tushimiz eshilarmidi?
Adirlar ortida shamol bo‘lsaydik,
Ko‘klarda ruhimiz qo‘shilarmidi?
Nechun mavjudmizu, nechun yo‘kdaymiz?
Barmoqlar uchida nozik bir titroq?
Nafaslar qo‘shilib turganda, nechun
Olovlar ichida jim kutib turmoq?
Nechun pichoqlarga tiralar ko‘zim?
Ko‘kka suyanganday suyanolmayman?
Nechun qo‘lingizda loladek uxlab,
Ko‘ksingizda tongdek uyg‘onolmayman?
Ne uchun hayotim bu qadar sahro?
Nechun yuragimda bu qadar zorlik?
Qarshimda shovullab oqar bir daryo,
Bir tomchi suv so‘rab o‘tinolmayman...
Azizim,
Ne uchun inson yaraldik,
Ko‘nglimiz sig‘masa yeru samoga?
Oh, endi shu qadar muhabbat bilan
Biz qanday yashaymiz bu tor dunyoda?..
Biz nechun yaraldik yolg‘on dunyoda?
Azizim, ne uchun maysa emasmiz?.. Erkatoy (9 Apr 2018 00:47) --Javob-- Maykl (9 Apr 2018 00:45): Erkatoy, buni televizorda eshitgandirman. Siz bu sherni qay yerdan topdingiz? ---------- Maykl, googlega Zebo Mirzo debbyozing chiqadi Erkatoy (9 Apr 2018 00:51) Sen mening ushamas orzularimsan
Bir umr hamrohim azoblarimsan
Yurakka yozganim armonlarimsan
MUHABBATIMSAN DoN (9 Apr 2018 00:52) Аёлни алдаманг,гулдай су'лади
Ку'з ёшдан денгизу-уммон ту'лади
Дунёни тебратган митти юраги
Дарду хасратдан адо бу'лади
@Sevgisi_Armon otaw (13 Apr 2018 16:49) Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo`lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g`arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..


Sening ko`zing qora, mening ko`zim qora,
Sening bag`ring yara, mening bag`rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..


Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..


Kel, yig`laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..


Umrimizning barcha yo`li, so`qmog`i cho`g`,
Cho`g`dan qo`rqma, beyuz qo`ygan qopqondan qo`rq.
Bu dunyoda senga do`st yo`q, menga do`st yo`q,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko`zim toldi,
Yuragimdan to`kilmay ne so`z qoldi,
Yo`l so`ngida, hech bo`lmasa o`lim oldi,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..
.
erka ohu
.
muhammad yusuf qalamiga mansub!!! Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/11/1064/