Mavzu: Sevgi sherlar
So'rov natijasi
Shu mavzu shu boyi qolsinmi yoki yopkan maqulmi javobilar yopishkere bosa yopamiz qolsh kere bosa dalshe yurish qilamiz
yoq yopilmasin (13)
yopish kere (7)
1. Dostonbek (M) (348) [off] | TXT | 15| 16 Apr 2017, 04:33
Xech oʼylab koʻrganmisiz sevgi- nima u? Sogʻinch yoki armon. Baʼzida biz muhabbat deb bilganimiz xiyonat sabab barbod boʻladi. Va nafrat bizlarni bogʻlab qoladi halos. Ushbu boʻlimda sevgi haqida eng yangi va eng manoli sherlar yozamiz.
OFTOPIK QILINMASIN FAQAT SHER
Ijobiy (1): Tarnado,
Salbiy (3): Mywm, masterking, fyurer,
Raxmat aytdi (1): Tarnado,
2. Dostonbek (M) (348) [off] | TXT | 15| 16 Apr 2017, 04:35
Vijdoning og'riydi etayotib rad.
Xuddi aybdordek yerga qaraysan.
Bir yurak bir sevgi tilaydi hayot.
Sevolmayman deysan uzr so'raysan.

Keyin u ketadi ko'ksida sanchiq.
Tilida chaynalar qarg'ish xitobi.
Ey xudo bunchalar achchiqdan achchiq.
Sevilish azobi sevish azobi.

Sog'inib yashaysan ko'klarga boqib.
Dunyoga tutashib ketar oloving.
Rashkingdan o'zing ham to'yib yashaysan.
Yuraging pinjida yashab biroving.

Ko'zingning oqiyu qarolariga.
Solarkansan yakka suyukligingni.
Sen pisand qilmagan bechoralarga.
Bilmaysan qanchalar buyukligingni.

Kipriging torlarin chertadi yomg'ir.
Qo'lingda titraydi tunlar xitobi.
Ey TANGRIM bunchalar achchiqdan achchiq.
Sevilish azobi sevish azobi...
Ijobiy (1): Tarnado,
Salbiy (2): Mywm, masterking,
Raxmat aytdi (1): Tarnado,
3. Dostonbek (M) (348) [off] | TXT | 15| 16 Apr 2017, 04:35
Men Sizni Sevaman quyosh misoli,
Nurga to'ldiraman bag'ringiz har tong.
Men Sizni Sevaman oftob misoli,
Osmonim, poyizga tiz cho'kib har shom.


Men Sizni Sevaman sherlarim bilan,
Yuragim xonishi baytlarda oshkor.
Men Sizni Sevaman bor qalbim bilan,
Faqat Sizni qo'msar takror va takror...

Men Sizni Sevaman har dam sog'inib,
Bizlarni ayirgan vaqtni tilkalang.
Kutganim, kutaman to diydorgacha,
Baxtim deb, gulim deb meni erkalang.

Men Sizni Sevaman o'zimdan ortiq,
Jon so'rang jonimni beraman so'zsiz,
Borimni, yo'g'imni qilarman tortiq,
Rang barang dunyo ham kerakmas Sizsiz.

Men Sizni Sevamanto o'lgunimcha,
Ne qilay sevgimdan voz kecholmasam.
Men Sizni Sevaman umr o'tguncha,
Muhabbat dardini tark etolmasdan.

Men Sizni Sevaman qush kabi uchib,
Osmonim, bunchalar yiroqsiz mendan.
Uchaman, uchaman samoni quchib,
Lekin hech kechmasman muhabbatimdan.
Ijobiy (1): Tarnado,
Salbiy (2): Mywm, masterking,
Raxmat aytdi (1): Tarnado,
4. Dostonbek (M) (348) [off] | TXT | 15| 16 Apr 2017, 14:53
Zulmat bo'lgan yuragim uchun.
Quyosh misol kirib kelgansan.
Sevging harkun ko'rsatsin kuchin.
Ahir ahd qilgansan, va'da bergansan
Ijobiy (1): Tarnado,
Salbiy (1): Mywm,
Raxmat aytdi (1): Tarnado,
5. Dostonbek (M) (348) [off] | TXT | 15| 16 Apr 2017, 14:53
Ko'z yoshingni artolmayman.
Men kettim, qaytolmayman.
Seni orzuyingdagi odamga o'xsholmayman.

Manga xiyonat qilgan.
Qizga stoyka turmiman.
Bog'larda xarpga o'xshab.
Sumkeni ko'tarib yurmiman.

Yo'qol yurak furush,
Bozorini bersin.
Tashab ketish qo'lingdan kegan.
Unutish xam kesin.

To'gri sanga gul tutib.
Kafega kirmaganman.
Za to man sanga o'xshab.
Xiyonat qimaganman.

Birinchi sevgim eding.
Nega xiyonat qilding.
Halixam sevaman deb.
Kecha yaramni tilding.

Na o'zing baxtli bo'lding.
Va mani baxtsiz qilding.
Sevgi UNUTILMAYDI.
Afsus buni kech bilding.

Hatolarim xam bo'lgan.
Javobini san to'la.
O'lganing yaxshi edi.
Bu xiyonatdan ko'ra.

Menga etgan gaplaring.
Boshqasiga xam aytding.
Mani tirik o'ldirib.
Ayt yana nega qaytding.

Endi bizni orzular.
Aylanga armonlarga.
Bebaxo ilk muhabbat.
Teng bo'ldi samonlarga.

O'zing tuzgan o'yinda.
Naxot o'zing yutqazding.
Osmonimizdan baxtni.
Faqat o'zing ketkazding.

Sog'inaman san xaqsan.
Tunlari uxlolmiman.
Uzur bevafo yorim.
Boshqa gap yozolmiman.
Ijobiy (1): Tarnado,
Salbiy (2): Mywm, masterking,
Raxmat aytdi (1): Tarnado,
6. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 15| 10 Dec 2017, 19:01
Men sizni sevardim, sevgim,
ehtimol,
Qalbimda butunlay
so`nmagan hali.
Sevgim endi sizga kelmasin
malol
Haddim yo`qdir sizni xafa
qilgali.
Goho chuchib, goho rashk
qilib men
Sevar edim so`zsiz, umidsiz.
Har kishi sevsa ham, men
kabi sevsin,
Chin yurakdan samimiy,
cheksiz.
Qurib qoldi ko`zda yoshim,
Yurak to`lsa yig`lolmayman.
Hijronga etmas bardoshim,
Shodlikka dil
bog`lolmayman.
Qafasdagi qushcha misol,
Yoningga hech borolmayman
Suvdek oqib ketdi visol,
Tushimda ham
ko`rolmayman.
Olis yulduz bo`lding ko`kda,
Yakin turib yetolmayman.
Dardimni tangrimdan o`zga,
Hech kimsaga aytolmayman.
Ey bevafo, bu qilmishing,
Ne deb atay bilolmayman.
Hushim yo`qdir baxt tilashga,
Baxtsizlik ham tilolmayman.
MUHABBATdan kechib
ketding,
Men-chi bunday
qilolmayman
7. Shoxzod_M (490) [off] | TXT | 15| 10 Dec 2017, 19:01
Bir gulga bir dildan
dunyo kerakdir,
Bir dilga bitta gul
tanho kerakdir.
Bir elga mehrdan
daryo kerakdir,
Mehr gar bo'lmasa
itob na kerak?
Tiriklik bir aziz
ne'matdir azal,
O'tkazmoq joizdir
pokiza, go'zal.
Nasimlar navodir
yaproqlar-g'azal,
Balog'at bazmida
sharob na kerak?
Siymu zar havosi
ranglaringdandir,
Ne hasrat tomo-
g'ing tanglayingdadir.
Ey, inson hisobing
manglayingdadir,
Bunchalar hisob-u
kitob na kerak?
Sadoqat darsidan
xabar bo'lmasa,
Farosat ahlidan
nazar bo'lmasa.
Ko'ngilda hayodan
asar bo'lmasa,
Ul husn-u jamolga
hijob na kerak?
Suv uzra yarq etgan shu'ladir
umring,
Osilgan omonat
tugmadir umring.
Magar Xalq yo'lida
o'tmadi umring,
Seni bu chulg'agan
sarob na kerak?
Ilg'agil dunyodan
munglug' kuyingni,
Eng avval supurgil
ko'ngil uyingni.
Savol-u javob et
har bir kuningni,
Savoling bo'lmasa,
javob na kerak?
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1192
Mavzuga oid xabarlar soni: 127 ta
So'ngi faollik vaqti: 8 Aug 2018, 22:42
Mavzuni ko'rishgan: 35 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 207 (0/207)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru