Mavzu: Sevgi sherlar
So'rov natijasi
Shu mavzu shu boyi qolsinmi yoki yopkan maqulmi javobilar yopishkere bosa yopamiz qolsh kere bosa dalshe yurish qilamiz
yoq yopilmasin (13)
yopish kere (7)
127. Ashurov (2636) [off] | TXT | 12| 8 Aug 2018, 22:42
KO‘NGIL DARDLARIM...
Qay birin aytayin bisyor gaplarim,
Faqat sen bularni xis qilolsang bas.
Kunda azob berar ko‘ngil dardlarim,
Lekin afsus Senga bu qiziq emas.
Xazil emas, chindan bergandim ko‘ngil,
Meni shod etardi seni quvonching.
Seni mexring ila ovunsa bu dil,
Menga zarur edi seni ishonching.
Sen sabab quvnardi mening ko‘zlarim,
Faqat seni deya urardi yurak.
Bir zum quloq tutib, tingla so‘zlarim,
Endi ayt, bu mexrim bo‘lganmi kerak?
Ajralishga yetdi kichik bir sabab,
To‘g‘ri kelmadik deb ketding burib yuz.
Men sendan xech narsa qilmadim talab,
Faqat yurak deydi: "Bo‘ldi, umid uz"!
Lekin xamon seni kutyapman qara,
Yurakda so‘nmadi umid uchquni.
U so‘zlardan qoldi bu dilda yara,
Ammo yurak asir, ishqning tutquni.
Balki unutarman vaqt o‘tgan sayin,
Kutmay ham qo‘yarman xabarlar hatto.
Seni sevging menga armon, bu tayin,
Ranjima, bu sevgim bo‘lsa gar xato.
Kim bilsin, balki bu so‘nggi so‘zlarim,
Tilagim, yashagin quvonchga to‘lib.
Quvonchningni ko‘rsin mening ko‘zlarim,
Yashagin dunyoda eng baxtli bo‘lib.
Balki bu gaplarim yoqmas extimol,
Lek yurak sog‘inchdan bo‘lmasin ado.
Faqat bu so‘zlar xech kelmasin malol,
Seni panohida asrasin Hudo...

SABINA
Facebookdan olindi, Gruppa "Klass"
Ijobiy (2): Arey, Tayotabek,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1192
Mavzuga oid xabarlar soni: 127 ta
So'ngi faollik vaqti: 8 Aug 2018, 22:42
Mavzuni ko'rishgan: 35 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 233 (0/233)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru