UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Sevgi sherlar
Mavzu fayllari
(1)
Vijdoning og'riydi etayotib rad. Xuddi aybdordek yerga qaraysan. Bir yurak bir sevgi tilaydi hayot. Sevolmayman deysan uzr so'raysan. Keyin u ketadi ko'ksida sanchiq. Tilida chaynalar qarg'ish xitobi. Ey xudo bunchalar achchiqdan achchiq. Sevilish azobi sevish azobi. Sog'inib yashaysan ko'klarga boqib. Dunyoga tutashib ketar oloving. Rashkingdan o'zing ham to'yib yashaysan. Yuraging pinjida yashab biroving. Ko'zingning oqiyu qarolariga. Solarkansan yakka suyukligingni. Sen pisand qilmagan bechoralarga. Bilmaysan qanchalar buyukligingni. Kipriging torlarin chertadi yomg'ir. Qo'lingda titraydi tunlar xitobi. Ey TANGRIM bunchalar achchiqdan achchiq. Sevilish azobi sevish azobi...
Yuklab olish
Onlayn 199 (0/199)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa