UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Sevgi sherlar
Mavzu fayllari
(1)
Yashasam agar yonginangizda, Eng shirin so’zlarim etardim tortiq, Jonimni baxsh etib jonginangizga Baxtlarga cho’lg’ardim haddidan ortiq. Qalbingiz avaylab ozordan, garddan G’amlarga ko’ksimni etardim qalqon, Taningiz, ruhingiz qizg’onib darddan, Bilmas edingiz ne o’zi armon. Yetaklab ketardim sizni har oqshom Yulduzlar sir to’kkan kengliklar sari, Bag’riga sig’dirib bepoyon osmon Nurlarga cho’lg’ardi shodlangan sari. Sizga eng g’aroyib guldasta terib, Sazovor bo’lardim hayratingizga, Va qalbdan muhabbat mehrimni berib, Ismimni yozardim dil daftaringizga. Bu mas’um ko’zlarda shodlikni ko’rish Ishoning, shudir men uchun go’zal baxt, Men uchun toledir sizga aylanmoq O, bundayin sevgiga yetmasdi sarhad… …aslidachi, sizga boqib, asta yengdim ko’zyoshim, Yig’lolmadim yo’q, bu shunchaki bir his, O’kinmang noiloj egilsa boshim, Siz meni baxtli deb o’ylasangiz bas. Men sizni uchratdim hayotda bir bor, Chin baxtim ketgandi olisdan- olis, Afsus, qaytmas ekan umrimiz takror, Shay turar iztirob yolg’iz. Siz menga jilmaying g’amlarni yutib, Ko’rsatmang dardingiz toshsa ham tildan, Eng quvnoq so’zlarni turibman kutib, Koshkiydi sevgimni yulsangiz dildan. Ikkimiz ham go’yo no’noq o’quvchi. Aldashni bilmagan ikki bolakay, Hayot – bu katta yo’l, bizlar yo’lovchi, Ikki qutbga yuz tutganday atay. “Endi mamnunman”, deng hayotingizdan Xotirjam ketayin ko’nglimni uzib, “Sizni o’chirdim”, deng xayolingizdan “Qaytmang”, deng eng totli baxtimni buzib. Men shunda ishonib so’zlaringizga, Koyiman o’zimni “notavon” deya, Bir bora tik boqib ko’zlaringizga Yuragim aldardim armonda kuya. Biz birga yashay olmaymiz, Chunki, sevishgan yuraklar baxtli bo’lmagan, Muhabbat o’tida kuygan dil borki, Biri kam dunyoda ko’ngki to’lmagan. Men esa shukrona qilaman doim, Azizim, omonsiz mendan yiroqda, Sizni qattiq sevish mening xatoim, Kechiring sog’insam yonib firoqda. Biz istab-istamay sevildik – sevdik, Koshkiydi, qalbimiz tushunsa bizni, Shu onda baxt bilan armonni bildik, Dard ila yashirib, qalb sirimizni. Hozirchi, ertaklar aytaman yig’lab, Sirlashib g’oyibiy diydoringizla, Oq qog’oz “dod” deydi hasratim tinglab, Jilmaying mendayin biyroningizga Koshkiydi yashasam yonginangizda, Eng shirin so’zlarim etardim tortiq, Jonimni baxsh etib jonginangizga Baxtlarga cho’lg’ardim haddidan ortiq.
Yuklab olish
Onlayn 214 (0/214)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa