UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Qayg'uli she'rlar
Mavzu fayllari
(0)
OXRIGACHA ÕQIN FAQAT. Shukurlar qilmadim boriga Doim olg'a intilaverdim Quloq xam solmadim onam zoriga Men dunyoga qul bo'lgan edim Boylikni xoxlardim, boyib ketishni Unutib otam qabrin ziyoratini Ustasi edim mushkul yechishni Unutib dinimni diyonatini Oqibatda asablar charchab Xayot yo'llarida toyilib ketdim O'zimcha eng ulkan cho'qqini ko'zlab Yolg'izlik degan bir makonga yetdim Meni sevganlarni qadrini bilmay Meni sevmaganni qadrladim men Sevganimga bitta gul tutmay Kimlargadur bog' yaratdim men Oqibatda yuragim charchab Hissiz xayvon tusiga kirdim Bir tomchidek mehrga chanqab Qadrdonlar qadrini bildim Dostlar xam ketdilar birma-bir Ketdilar xammasi yiroqlab Yolg'izlik qoldi qalin do'st bo'lib Qon yurakni battar qiynoqlab Yiroqlab ketyapman o'zimdan Farishtalar ketmush ko'zimdan Tongdan to tungacha nasixat bermay Bir ma'no chiqmaydi so'zimdan Masxaraboz qilaman ermak Kulaman yurakda tubanlik yotar Aytgan gaplarimni xammasi ertak Menga qayerdadur burilish kerak Xayotdan to'ymadim lek xayot to'ygan Eh bu yetim boshim ne kunni ko'rgan Baxtu omad menga qovog'in uyib Baxtsizlik ustimdan kulgani kulgan Tugamoqda xammasi asta Sabr umid xattoki maqsad Tanam sog'lomu lekin dil xasta Tirikmanu go'yoki jasad Dardlarim bir talay mana ko'ringlar O'lsam men uchun tutmangiz motam Iltimos qabrimga yozib qo'yinglar DUNYODAGI ENG BAXTSIZ ODAM
Yuklab olish
Onlayn 275 (0/275)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa