Mavzu: Sheriyat Olami Javoxir 95 Ijodidan
1. Javohir 95 (M) (224) [off] | TXT | 5| 7 Dec 2017, 11:32
Sheriyatga qiziqadiganlar uchun uzimni sheriy to'plamlarimni sizlaga taqdim etaman ☺
2. Javohir 95 (M) (224) [off] | TXT | 5| 7 Dec 2017, 11:35
☆☆☆Sokin Guruhi☆☆☆:
Text By Javohir(Sokin Guruhi)
Yo'qotib qo'ydim

Sokin tunda bedorman yana
Halovatim yo'qolgan boqiy
Izlayapman topolmay mana
Men uyqumni yo'qotib qo'ydim

Hazl bilan chin so'z farqiga
Bormayapman hatto negadir
Qo'l siltayman bo'lsa boricha
Men tuyg'umni yo'qotib qo'ydim

Hayolimda ming bir ko'chalar
Kezayapman izlaring izlab
Sarson bo'ldim necha nechalar
Men sevgimni yo'qotib qo'ydim

Yordam bering aziz qardoshim
Yurak qurg'ur ezvordi so'rab
Yulib oling uni yo butkul
Men tinchimni yo'qotib qo'ydim

Hazlmi rost yoki safsata
Sevgi dilni o'yarkan katta
U kettiyu labda tabassum
Va kulguni yo'qotib qo'ydim

Ha telbaman ha men devona
Yor ishqida bo'lganman alast
Uni korsam ko'zlarim yonar
Ko'z nurimni yo'qotib qo'ydim

Dod solaman xayqirib ey voh
Har qiz undek ko'rinar ko'zga
Icim vulqon yurak esa dog'
Ha men seni yo'qotib qo'ydim

Qachonlardir senla bo'lsam gar
Qo'ling ushlab qoyvormam hech ham
Gulim armon nariga ketar
So'ng dardimni aritgin sen ham

Bu dunyoda peshona bo'lsa
Birga bo'lgum senla to abad
Yohud jannat bo'larimizda
Quchgum ila chin sof muhabbat...

Tungi bedor oshiq tilidan

@Gr_Sokin_Music
Ijobiy (2): ARMAKS, Giyos,
3. Javohir 95 (M) (224) [off] | TXT | 5| 7 Dec 2017, 11:38
Sokin Guruhi Official Chanel Musiqa Zavqini His Et:
BOSHQAMI YO SEVGANING?

Yuragim qon bolgan kun,
Ichimda gam tolgan kun,
Koz yoshim tokilgan kun,
Holim sorab kelmading,
Boshqami yo sevganing?

Yursam, yolim adashar,
Kulsam dilim adashar,
Sozlab tilim adashar,
Baxtim eding bilmading,
Boshqami yo sevganing?

Qalbimni kop gashlama,
Sirli nigox tashlama,
Girrom oyin boshlama,
Rostmi kongil uzganing,
Boshqami yo sevganing?

Oylar otar, yil otar,
Javobing Ahad kutar,
Seni qanday unutar,
Kongil uyin buzganing,
Boshqami yo sevganing?


Yodingdami ikkimiz kezgan xiyobon,
Sevgimizga ulkan daraxtlar guvoh.
Bizga havas qilib yulduzli osmon,
Har tun makonidan berardi panoh.
Endi muhabbatning ko'zlarida yosh,
Visolga etmagan kunni qarg'aydi.
Nene azoblarga dosh bergan bardosh,
Endi ayriliqqa dosh berolmaydi.
Ayriliq oh bu qadar azob,
Uning taftlaridan muzlaydi yurak.
Sensiz yasholmadim yasholmam ortiq,
Sensiz yashash o'zi kimga ham kerak.
Ijobiy (1): Giyos,
4. Javohir 95 (M) (224) [off] | TXT | 5| 7 Dec 2017, 11:40
☆☆☆Sokin Guruhi☆☆☆:
KO‘NGIL DARDLARIM...

Qay birin aytayin bisyor gaplarim,
Faqat sen bularni xis qilolsang bas.
Kunda azob berar ko‘ngil dardlarim,
Lekin afsus Senga bu qiziq emas.

Xazil emas, chindan bergandim ko‘ngil,
Meni shod etardi seni quvonching.
Seni mexring ila ovunsa bu dil,
Menga zarur edi seni ishonching.

Sen sabab quvnardi mening ko‘zlarim,
Faqat seni deya urardi yurak.
Bir zum quloq tutib, tingla so‘zlarim,
Endi ayt, bu mexrim bo‘lganmi kerak?

Ajralishga yetdi kichik bir sabab,
To‘g‘ri kelmadik deb ketding burib yuz.
Men sendan xech narsa qilmadim talab,
Faqat yurak deydi: "Bo‘ldi, umid uz"!

Lekin xamon seni kutyapman qara,
Yurakda so‘nmadi umid uchquni.
U so‘zlardan qoldi bu dilda yara,
Ammo yurak asir, ishqning tutquni.

Balki unutarman vaqt o‘tgan sayin,
Kutmay ham qo‘yarman xabarlar hatto.
Seni sevging menga armon, bu tayin,
Ranjima, bu sevgim bo‘lsa gar xato.

Kim bilsin, balki bu so‘nggi so‘zlarim,
Tilagim, yashagin quvonchga to‘lib.
Quvonchningni ko‘rsin mening ko‘zlarim,
Yashagin dunyoda eng baxtli bo‘lib.

Balki bu gaplarim yoqmas extimol,
Lek yurak sog‘inchdan bo‘lmasin ado.
Faqat bu so‘zlar xech kelmasin malol,
Seni panohida asrasin Hudo...

Muallif: Javohir(Sokin Guruhi)...
Ijobiy (2): Fanat_FCB, Giyos,
5. Jonajonim UZBEKISTONIM (236) [off] | TXT | 5| 7 Dec 2017, 13:34
yomon emas
6. Javohir 95 (M) (224) [off] | TXT | 5| 7 Dec 2017, 15:25
Jonajonim UZBEKISTONIM (7 Dec 2017, 13:34):
yomon emas
Jonajonim UZBEKISTONIM, raxmat owna
7. WapKing (769) [off] | TXT | 5| 7 Dec 2017, 16:23
Javohir 95 (7 Dec 2017, 11:40):
☆☆☆Sokin Guruhi☆☆☆:
KO‘NGIL DARDLARIM...

Qay birin aytayin bisyor gaplarim,
Faqat sen bularni xis qilolsang bas.
Kunda azob berar ko‘ngil dardla• • •
Javohir 95, qoshiqham. joylab turin faqat shergamas qoshiqlarizniham tinglab turamiz
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2158
Mavzuga oid xabarlar soni: 12 ta
So'ngi faollik vaqti: 8 Dec 2017, 02:17
Mavzuni ko'rishgan: 5 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 204 (0/204)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru