Mavzu: Muhammad Yusuf she'rlari
15. MIRISLAM (10) [off] | TXT | 22| 2 Apr 2018, 21:06
Ona tilim:Garshi zugim qilganlarni yoqtirmadim ,Sher yozdim u bo'lak ishni qotirmadim, Tilim turip o'z tilimda gapirmadim,Ona tilim keshir meni ona tilim.
Ijobiy (3): Maykl, fokuschi, ARMAKS,
16. otaw (193) [off] | TXT | 15| 13 Apr 2018, 16:40
O’tib borayotir bu umr – karvon,
Aylab dil atalmish kulbamni vayron,
Muhammadsiz qoldik, Muhammadsiz-ey,
Nega yig’lamaysiz, ahli Andijon.


Bag’ringda bo’y etgan bo’z bolang ketdi,
Burguting ham lochin ko’z bolang ketdi,
O’zgamas, o’zbeging, o’z bolang ketdi,
Nega yig’lamaysan, ahli Andijon.

Yulduzni yig’latgan ash’ori qoldi,
Bag’ri qon qizg’aldoq – alyori qoldi,
Boychechagu jayron, gul – yori qoldi,
Nega yig’lamaysan, ahli Andijon.

Yig’lab qoldi bir qiz buloq boshida,
Armon – o’kinchlari ko’zin yoshida,
O’kinib-o’kinib qabri qoshida
Nega yig’lamaysan, ahli Andijon.


Uchmoqqa o’ch edi uchmoqqa uchdi,
Ulug’ Ulug’begin ulug’in quchdi…
Osmoningdan yorqin yulduzing uchdi
Nega yig’lamaysan, ahli Andijon.


Bu kun yo’lbarslarga edirgum dilim,
Yuragim edirgum, edirgum tilim.
Ko’klamoyning ko’kin so’rab bir chimdim,
Nega yig’lamaysan, ahli Andijon.
.
.
MUHAMMAD YUSUF XOTIRASIGA :zorr:
17. otaw (193) [off] | TXT | 15| 13 Apr 2018, 16:41
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o`g`il bo`ldimmi!..


Garchi bisotingda "bayram" so`zi yo`q,
Bilaman, kutasan sandal to`la cho`g`,
Menda yurak deganlarin o`zi yo`q:
Men sovg`a bermagan qiz yo`q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o`g`ilmi, onam?..


Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim She`r emas faqat,
Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o`g`ilmanmi, ayt?..


Sha`ningga she`r bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho`kib, qo`lingni o`psin.
Undan ham ulug`im borligin ko`rsin,
Men uchun ham aziz holingni so`rsin,
Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi, onam,
Endi men ham senga o`g`ilmi, onam!..
.
.
ONA HAQIDA :zorr:
Ijobiy (2): fokuschi, QIROLUS,
18. otaw (193) [off] | TXT | 15| 13 Apr 2018, 16:44
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo`lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g`arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..


Sening ko`zing qora, mening ko`zim qora,
Sening bag`ring yara, mening bag`rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..


Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..


Kel, yig`laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..


Umrimizning barcha yo`li, so`qmog`i cho`g`,
Cho`g`dan qo`rqma, beyuz qo`ygan qopqondan qo`rq.
Bu dunyoda senga do`st yo`q, menga do`st yo`q,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko`zim toldi,
Yuragimdan to`kilmay ne so`z qoldi,
Yo`l so`ngida, hech bo`lmasa o`lim oldi,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..
.
.
ERKA KIYIK :zorr:
19. Shahlo (1) [off] | TXT | 11| 13 Apr 2018, 23:08
Xabar BahhTeeUz tomonidan o'chirilgan.
<<<123
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 227
Mavzuga oid xabarlar soni: 19 ta
So'ngi faollik vaqti: 13 Apr 2018, 23:08
Mavzuni ko'rishgan: 25 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 203 (0/203)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru