UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Muhammad Yusuf she'rlari
Mavzu fayllari
(0)
O’tib borayotir bu umr – karvon, Aylab dil atalmish kulbamni vayron, Muhammadsiz qoldik, Muhammadsiz-ey, Nega yig’lamaysiz, ahli Andijon. Bag’ringda bo’y etgan bo’z bolang ketdi, Burguting ham lochin ko’z bolang ketdi, O’zgamas, o’zbeging, o’z bolang ketdi, Nega yig’lamaysan, ahli Andijon. Yulduzni yig’latgan ash’ori qoldi, Bag’ri qon qizg’aldoq – alyori qoldi, Boychechagu jayron, gul – yori qoldi, Nega yig’lamaysan, ahli Andijon. Yig’lab qoldi bir qiz buloq boshida, Armon – o’kinchlari ko’zin yoshida, O’kinib-o’kinib qabri qoshida Nega yig’lamaysan, ahli Andijon. Uchmoqqa o’ch edi uchmoqqa uchdi, Ulug’ Ulug’begin ulug’in quchdi… Osmoningdan yorqin yulduzing uchdi Nega yig’lamaysan, ahli Andijon. Bu kun yo’lbarslarga edirgum dilim, Yuragim edirgum, edirgum tilim. Ko’klamoyning ko’kin so’rab bir chimdim, Nega yig’lamaysan, ahli Andijon. . . MUHAMMAD YUSUF XOTIRASIGA :zor:
Yuklab olish
Onlayn 234 (0/234)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa