UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Muhammad Yusuf she'rlari
Mavzu fayllari
(0)
Oh, mening ortimdan ovvora onam, Bir parcha yuragi ming pora onam. Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda, Toshkanni ko`rmagan bechora onam, Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi, Endi men ham senga o`g`il bo`ldimmi!.. Garchi bisotingda "bayram" so`zi yo`q, Bilaman, kutasan sandal to`la cho`g`, Menda yurak deganlarin o`zi yo`q: Men sovg`a bermagan qiz yo`q bu oqshom, Senga na gul berdim, na shirin kalom, Endi men ham senga o`g`ilmi, onam?.. Deysan: olislarda omon yursang bas, Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas, Bolam, senga hamma qiladi xavas... Axir, mening dardim She`r emas faqat, Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat, Endi men ham senga o`g`ilmanmi, ayt?.. Sha`ningga she`r bitdim. U seni topsin, Poyingga tiz cho`kib, qo`lingni o`psin. Undan ham ulug`im borligin ko`rsin, Men uchun ham aziz holingni so`rsin, Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi, onam, Endi men ham senga o`g`ilmi, onam!.. . . ONA HAQIDA :zor:
Yuklab olish
Onlayn 200 (0/200)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa