UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Muhammad Yusuf she'rlari
Mavzu fayllari
(0)
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam, Majnun bo`lib sahrolarga yetalasam, Bu dunyoda birday g`arib men ham, sen ham, Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. Sening ko`zing qora, mening ko`zim qora, Sening bag`ring yara, mening bag`rim yara, Bu dunyoda sen bechora, men bechora!.. Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. Shamol emas, izing quvib yurdi kamon, Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron. Sening joning , mening jonim — omonat jon, Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. Kel, yig`laymiz birgalashib yantoqlarga, Sahrolarda qurimagan buloqlarga, Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga, Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. Umrimizning barcha yo`li, so`qmog`i cho`g`, Cho`g`dan qo`rqma, beyuz qo`ygan qopqondan qo`rq. Bu dunyoda senga do`st yo`q, menga do`st yo`q, Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. Soch oqardi, dildosh kutib ko`zim toldi, Yuragimdan to`kilmay ne so`z qoldi, Yo`l so`ngida, hech bo`lmasa o`lim oldi, Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. . . ERKA KIYIK :zor:
Yuklab olish
Onlayn 121 (0/121)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa