Mavzu: Ota bo'lish
1. sheff (M) (7) [off] | TXT | 3| 19 May 2021, 17:12
Ota bo'lish

Bo'ydoqlik ham ketib ortga
Ayolimni bahtli qilaman
Lekin birdam tushar yodga
Men qanaqa ota bo'laman

Bir mehribon bo'lsam kerak
Yosh bolalar joni dilim
Ayolimdek aytib ertak
Ustozidek bergum bilim

Qiz farzandli bo'lsam agar
Dadam deya yig'lovchim shul
Yolg'on yig'lab tursa ham gar
Belda kuchum bo'lar o'g'il

Qizmi o'g'il jondan suygum
Boru yo'g'im tortiq aylab
Farzandim deb yonib kuygim
Qancha bo'lsa jonni qiynab

Baht shundadur hayot shunda
Bir farzandga ota bo'lish
Totli joyin aytsam bunda
Dadajon deb quvnam kulish
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 3613
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 19 May 2021, 17:12
Mavzuni ko'rishgan: 3 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 122 (0/122)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru