Mavzu: Ahad Qayum sherlari
1. shax4566 (M) (42) [off] | TXT | 17| 20 Jan 2017, 21:15
Ahad Qayum sherlarini yozib boramiz
Ortiqcha gaplar va oftopiclar bolmasin bolsayam barbir ochiriladi
2. Mr ShaXRuX (580) [off] | TXT | 17| 21 Jan 2017, 22:06
Xami yo'qmi ? Yo'qmi Xa!
.
Mana shu she'rini o'qib ko'rdilarmi?
3. ExcLusive (649) [off] | TXT | 17| 22 Jan 2017, 07:54
Ahad Qayum ni sherlarin Ozodbek qo'shiq qivorgan.
4. MasterLeo (527) [off] | TXT | 17| 22 Jan 2017, 07:59
Pisand qilma dimoqchi,
O'zicha noz firoqchi,
Yolg'onchim-ey, Yolg'onchim,
Aldoqchi!

Qo'limdan tuting deydi,
Boraman kuting deydi
Nega unda kelmaydi,
Aldoqchi!

Va'dalar uzun terak
Vafodan yo'qdir darak.
Makri million beyurak
Aldoqchi!

So'zlarin o'ynatadi,
Ko'zlarin o'ynatadi.
Jonimni qiynatadi,
Aldoqchi!

Nigohlari yonar cho'q,
Kipriklari otar o'q.
Birorta rost gapi yo'q
Aldoqchi!

Axad deyman qasam ich!
Yana aldar erta kech
Ishonmayman endi hech
Aldoqchi!

Pisand qilmas dimoqchi,
O'zicha noz firoqchi,
Yolg'onchim-ey,Yolg'onchi,
Aldoqchi!
5. MasterLeo (527) [off] | TXT | 17| 22 Jan 2017, 07:59
KETDIMU...

Ketdimu, ortimga qaytolmay qoldim,
Eng so`nggi so`zimni aytolmay qoldim.
Bedavo, bedavo, dardim bedavo,
Bunga sabab hiyonating bevafo.

Alvido, alvido, senga hayr ho`sh,
Sen yo`qsan, xayotim qalbim xam bo`m bo`sh.
Ishqning bozorida mening narhim yo`q,
Kelib ko`r telbadan mening farqim yo`q.

Ketdimu, ko`changdan o`tolmay qoldim,
G`azabdan o`zimni tutolmay qoldim.
Yashirmayman tunlar ko`z yoshim daryo,
Yomonam sog`inib ketaman goxo.

Sevaman, qalbingni nolasigacha,
Sevaman sochingni tolasigacha...
Bilgin nega o`zga qo`lini tutdim,
Seni, faqat seni unutish uchun.

Uni men senchalik balki sevmasman,
Ammo, butun umr tashlab ketmasman...
Yillar o`tib ko`zlar tushganda ko`zga,
Tilimiz kelmasa biror bir so`zga.

Istayman, sening xam bahting ko`rmoqni,
O`zim xam bahtiyor yashab o`lmoqni.
Bir kun senu men baht toparmiz ahir,
Ammo ikki o`tda sevgiga og`ir.

So`nggi so`zlarimni eshit ey makkor,
Bir kuni bo`larsan itdan battar hor.
Ketdimu, ortimga qaytolmay qoldim,
Eng so`nggi so`zimni yutolmay qoldim.

( Ahad Qayum )
6. MasterLeo (527) [off] | TXT | 17| 22 Jan 2017, 08:00
TILINGNI TIY DEDILAR

Tilingni tiy dedilar, g`arazni qo`y dedilar,
U-ku bevafo ekan, boshqani suy dedilar.

Ko`zlarim ochdi sevgi, mendanam kechdi sevgi,
Labimga bo`sa tutib, qonimni ichdi sevgi.

Yurakkinam sen eshit, senga g`amli bir qo`shiq,
Aytayin nolam bilan, aytayin dardim qo`shib!

Oxlarim otilganda, muxabbat sotilganda,
Gunox o`tdi ayt kimdan, qasding bormi yo menda.

Dunyodir tosh tarozi, Ahad dunyodan rozi,
Bulbul yuragi tinmas, tushmas qo`lidan sozi.

( Ahad Qayum )
7. ExcLusive (649) [off] | TXT | 17| 22 Jan 2017, 08:03
MasterLeo (22 Jan 2017, 07:59):
Pisand qilma dimoqchi,
O'zicha noz firoqchi,
Yolg'onchim-ey, Yolg'onchim,
Aldoqchi!

Qo'limdan tuting deydi,
Boraman kuting deydi
Nega unda kel• • •
MasterLeo, 1ta postga yozing.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 726
Mavzuga oid xabarlar soni: 15 ta
So'ngi faollik vaqti: 16 Nov 2018, 14:18
Mavzuni ko'rishgan: 18 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 152 (0/152)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru