UMUMIY BO'LIM
|
She'riyat dunyosi
|
Mavzu:
Ahad Qayum sherlari
Mavzu fayllari
(20)
KETDIMU... Ketdimu, ortimga qaytolmay qoldim, Eng so`nggi so`zimni aytolmay qoldim. Bedavo, bedavo, dardim bedavo, Bunga sabab hiyonating bevafo. Alvido, alvido, senga hayr ho`sh, Sen yo`qsan, xayotim qalbim xam bo`m bo`sh. Ishqning bozorida mening narhim yo`q, Kelib ko`r telbadan mening farqim yo`q. Ketdimu, ko`changdan o`tolmay qoldim, G`azabdan o`zimni tutolmay qoldim. Yashirmayman tunlar ko`z yoshim daryo, Yomonam sog`inib ketaman goxo. Sevaman, qalbingni nolasigacha, Sevaman sochingni tolasigacha... Bilgin nega o`zga qo`lini tutdim, Seni, faqat seni unutish uchun. Uni men senchalik balki sevmasman, Ammo, butun umr tashlab ketmasman... Yillar o`tib ko`zlar tushganda ko`zga, Tilimiz kelmasa biror bir so`zga. Istayman, sening xam bahting ko`rmoqni, O`zim xam bahtiyor yashab o`lmoqni. Bir kun senu men baht toparmiz ahir, Ammo ikki o`tda sevgiga og`ir. So`nggi so`zlarimni eshit ey makkor, Bir kuni bo`larsan itdan battar hor. Ketdimu, ortimga qaytolmay qoldim, Eng so`nggi so`zimni yutolmay qoldim. ( Ahad Qayum )
Yuklab olish
Onlayn 203 (0/203)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa