Mavzu: Ahad Qayum sherlari (UMUMIY BO'LIM/She'riyat dunyosi) shax4566 (20 Jan 2017 21:15) Ahad Qayum sherlarini yozib boramiz
Ortiqcha gaplar va oftopiclar bolmasin bolsayam barbir ochiriladi Mr ShaXRuX (21 Jan 2017 22:06) Xami yo'qmi ? Yo'qmi Xa!
.
Mana shu she'rini o'qib ko'rdilarmi? ExcLusive (22 Jan 2017 07:54) Ahad Qayum ni sherlarin Ozodbek qo'shiq qivorgan. MasterLeo (22 Jan 2017 07:59) Pisand qilma dimoqchi,
O'zicha noz firoqchi,
Yolg'onchim-ey, Yolg'onchim,
Aldoqchi!

Qo'limdan tuting deydi,
Boraman kuting deydi
Nega unda kelmaydi,
Aldoqchi!

Va'dalar uzun terak
Vafodan yo'qdir darak.
Makri million beyurak
Aldoqchi!

So'zlarin o'ynatadi,
Ko'zlarin o'ynatadi.
Jonimni qiynatadi,
Aldoqchi!

Nigohlari yonar cho'q,
Kipriklari otar o'q.
Birorta rost gapi yo'q
Aldoqchi!

Axad deyman qasam ich!
Yana aldar erta kech
Ishonmayman endi hech
Aldoqchi!

Pisand qilmas dimoqchi,
O'zicha noz firoqchi,
Yolg'onchim-ey,Yolg'onchi,
Aldoqchi!

MasterLeo (22 Jan 2017 07:59) KETDIMU...

Ketdimu, ortimga qaytolmay qoldim,
Eng so`nggi so`zimni aytolmay qoldim.
Bedavo, bedavo, dardim bedavo,
Bunga sabab hiyonating bevafo.

Alvido, alvido, senga hayr ho`sh,
Sen yo`qsan, xayotim qalbim xam bo`m bo`sh.
Ishqning bozorida mening narhim yo`q,
Kelib ko`r telbadan mening farqim yo`q.

Ketdimu, ko`changdan o`tolmay qoldim,
G`azabdan o`zimni tutolmay qoldim.
Yashirmayman tunlar ko`z yoshim daryo,
Yomonam sog`inib ketaman goxo.

Sevaman, qalbingni nolasigacha,
Sevaman sochingni tolasigacha...
Bilgin nega o`zga qo`lini tutdim,
Seni, faqat seni unutish uchun.

Uni men senchalik balki sevmasman,
Ammo, butun umr tashlab ketmasman...
Yillar o`tib ko`zlar tushganda ko`zga,
Tilimiz kelmasa biror bir so`zga.

Istayman, sening xam bahting ko`rmoqni,
O`zim xam bahtiyor yashab o`lmoqni.
Bir kun senu men baht toparmiz ahir,
Ammo ikki o`tda sevgiga og`ir.

So`nggi so`zlarimni eshit ey makkor,
Bir kuni bo`larsan itdan battar hor.
Ketdimu, ortimga qaytolmay qoldim,
Eng so`nggi so`zimni yutolmay qoldim.

( Ahad Qayum )

MasterLeo (22 Jan 2017 08:00) TILINGNI TIY DEDILAR

Tilingni tiy dedilar, g`arazni qo`y dedilar,
U-ku bevafo ekan, boshqani suy dedilar.

Ko`zlarim ochdi sevgi, mendanam kechdi sevgi,
Labimga bo`sa tutib, qonimni ichdi sevgi.

Yurakkinam sen eshit, senga g`amli bir qo`shiq,
Aytayin nolam bilan, aytayin dardim qo`shib!

Oxlarim otilganda, muxabbat sotilganda,
Gunox o`tdi ayt kimdan, qasding bormi yo menda.

Dunyodir tosh tarozi, Ahad dunyodan rozi,
Bulbul yuragi tinmas, tushmas qo`lidan sozi.

( Ahad Qayum )

ExcLusive (22 Jan 2017 08:03) --Javob-- MasterLeo (22 Jan 2017 07:59): Pisand qilma dimoqchi,
O'zicha noz firoqchi,
Yolg'onchim-ey, Yolg'onchim,
Aldoqchi!

Qo'limdan tuting deydi,
Boraman kuting deydi
Nega unda kelmaydi,
Aldoqchi!

Va'dalar uzun terak
Vafodan yo'qdir darak.
Makri million beyurak
Aldoqchi!

So'zlarin o'ynatadi,
Ko'zlarin o'ynatadi.
Jonimni qiynatadi,
Aldoqchi!

Nigohlari yonar cho'q,
Kipriklari otar o'q.
Birorta rost gapi yo'q
Aldoqchi!

Axad deyman qasam ich!
Yana aldar erta kech
Ishonmayman endi hech
Aldoqchi!

Pisand qilmas dimoqchi,
O'zicha noz firoqchi,
Yolg'onchim-ey,Yolg'onchi,
Aldoqchi!

---------- MasterLeo, 1ta postga yozing. NyKyC (5 Jul 2017 14:35) Ahad qayum.sherlari NyKyC (5 Jul 2017 14:37) Mana yana NyKyC (5 Jul 2017 14:40) Yana kerak bosa aytilar manda kop hali off top emas adminlar NyKyC (5 Jul 2017 21:58) ToP 10 Ta LiK :kozz: :kur: ARMAKS (16 Mar 2018 11:34) Ahad Qayum sheri:bir dosting it bolgandan kora,bir iting dost bo'lsin ey jo'ra,sotib ketsa seni do'stlaring,sadoqatni sen ittan so'ra ARMAKS (18 Mar 2018 19:05) Ahad Qayum sheri:Hindistonda bir to'yni ko'rdim,Kelin ispan kuyov xitoyliq,Samarqandta farzand korishdi,Demak bola O'ZBEKISTONLIK!!! otash_akooo (24 Aug 2018 04:20) Yurak goh ezilib qonga to'larkan
Dunyo ishlariga hayron qolarkan
Reja qilayotgan barcha ishlaring
Pulga taqalganda alam qilarkan


Ahad qayum... yaguwor (16 Nov 2018 14:18) :zor: Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/11/726/