Mavzu: o'zimiz yozgan sherlar
36. REYXAN (1461) [off] | TXT | 9| 6 Aug 2017, 20:42
WebMоney (6 Aug 2017, 20:40):
REYXAN, Allohga shak keltirmang!
WebMоney, jonimi oladimi, marxamat mingdan-ming roziman :)
37. SUHROB (409) [off] | TXT | 9| 6 Aug 2017, 22:14
REYXAN (6 Aug 2017, 20:37):
Ko'zlarimdan oqmas yosh, berolmasman bardosh. Bu hayotni azoblarigaa. Kecha kunduzim birdur, yashashimdan mano yo'qdur, davomini aytaman - ertaga ne q• • •
REYXAN, xotin tashlab ketganmi? Deyman ancha siqilibsiz :D
38. Dimixchik (32) [off] | TXT | 9| 1 Sep 2017, 02:02
Qachonki men o`lsam shamol bo`laman...
Osmonga uchaman laylak qor tomon.
Sen tomon yetaklab beg`ubor qorni.
Eslataman jonginam o`zim borligim.
Shunda sen eslaysan o`tgan kunlarni.
Laylak qorni quchoqlab o`ksib yig`laysan.
Qor tegar yuzingga meni eslatib.
Shunda ham yig`laysan bag`ring tig`laysan.
Qachonki men o`lsam yomg`ir bo`laman...
Ustingga to`kilib o`zim eslatib.
Ho`l qilaman qora sochingni.
Butun vujudingni namga to`ldirib.
Shunda sen eslaysan yetim sevgimni.
Yomg`irga termulib to`yib yig`laysan.
Yomg`ir oqar yuzingdan meni eslatib.
Yig`laysan sababin o`zing bilmaysan.
Qachonki men o`lsam quyosh bo`laman...
Quritmoqchi bo`laman ustu boshingni.
Kelaman nur bo`lib yoningga jonim.
Shu nur bilan artaman ko`zu yoshingni.
Shunda sen eslaysan mening borligim.
Yig`laysan vujuding o`t bo`lib yonib.
Nur istar yuzingga olovdek bo`lib.
Ko`z yoshlaring to`xtamas mehrimdan qonib.
Qachonki men o`lsam bulut bo`laman...
Ortingdan soyadek yuraveraman.
Qayoqqa bormagin jonginam meni.
Bulutni sen tomon buraveraman.
Shunda sen eslaysan sevgilim meni.
Ko`zingdan yoshlaring to`xtamay yig`lab.
Men senga soyadek bo`lganim eslab.
Osmonga yolvorasan qayt jonginam deb.
Qachonki men o`lsam tun bo`laman...
Qorong`u bo`laman senga boraman.
Sen esa uxlaysan orom olasan.
Men esa yoningga kirib olaman.
Tunda ham yig`laysan armonim meni.
Tushlaringda eslaysan orom olmaysan.
Qorong`udan qo`rqasan zor qaqshab jonim.
Tonglarni kutasan uyqu bilmaysan.
Qachonki men o`lsam kunduz bo`laman...
Yoritaman yo`lingni yorug` qilaman.
Yoningda yuraman qo`lingdan tutib.
Sen esa sezmaysan chunki men yo`qman.
Shunda sen eslaysan mening o`zimni.
Ko`zingdachi hamon yosh kulgu bilmaysan.
Kunduz esa umuman menga yoqmaydi.
Chunki kunduzda sen ko`proq yig`laysan.
Qachonki men o`lsam zamin bo`laman...
Bag`rimga olaman qadamlaringni.
Qiynamayin deysanu asta yurasan.
Men esa sanayman odimlaringni.
Ohista yig`laysan sekin yurasan.
Eslaysan men bilan yurgan yo`llarni.
Sog`inasan qumsaysan mening o`zimni.
Tinmayin qarg`aysan daydi yillarni...
39. CyberBoy (102) [off] | TXT | 9| 3 Sep 2017, 00:01
Do`stlar bugun ulug` bir ayyom
Qalbga to`ldi iymon nurlari
Musulmonlar shodu hurramdir
Ro`za hayit qubon kunlari
40. Mr ShaXRuX (580) [off] | TXT | 9| 19 Jan 2018, 22:47
Shoirlarni hamkorlikka chaqiraman ! Sevgi haqida text yozib berishi kerak + orada vocal ham boladi pulini toleman !
41. MISTER_ALISH (61) [off] | TXT | 36| 20 Jan 2018, 10:11
Hamma shoyirlar shu yerda ekan ku
42. WaP_MaSTeR (1363) [off] | TXT | 35| 9 Apr 2018, 14:31
Shoirlarga omad tilayman
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 741
Mavzuga oid xabarlar soni: 80 ta
So'ngi faollik vaqti: 7 Sep 2019, 19:05
Mavzuni ko'rishgan: 78 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 188 (0/188)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru