32. Arey (1999) [off]
|
TXT |
16| 12 Jun 2018, 21:17
telegramuz (24 Nov 2017, 21:12):
Tonglar otib quyosh chiqqanda,
Mayin shabada seni uyg'otganda,
Shirin uyqungdan kõzing ochganda,
Meni kutgin men borayapman!
Bahor kelib qushlar• • •
telegramuz, Sher mazmunan yoqdi. Shaklan esa, bo'g'inlar soni bir tekis emas. Ba'zilar tanqiddan g'azablanishadi. Biroq samimiy fikr quruq xushomaddan ming karra yaxshiroq.
34. Nodirali (M) (1720) [off]
|
TXT |
7| 2 Dec 2018, 09:41
Ahad Qayum
Shoirlikni qilmadim havas
Shoirligim aytish to'g'rimas
Bu she'rlarim nima bo'libdi
Ahad she'ri oldida she'rmas!
Ahad Qayum yozar yurakdan
O'qisang nur chiqar she'ridan
Havas qilib men ham ularga
Yozay dedim to'rtlik, qalbimdan
Oq ko'ngildir o'zlari doim
Bol aralash so'zlari doim
Bilolmadim nimadan ekan
Yonib turar ko'zlari doim
Ahad Qayumga kimsa o'xshamas
Misra yozib Ahad bo'lolmas
Uning o'zi doim yagona
Soyasini tengi topilmas!
Nodir Ali tarif berarkan
Ahadga u havas qilarkan
She'rlarini o'qib doimo
Ahadni u eslab yurarkan