Mavzu: Kirish majburiy (UMUMIY BO'LIM/Sport Olami) BahhTeeUz (3 Mar 2017 15:40) O'zbekiston chempionatining 2017 yilgi mavsum birinchi turidan o'rin olgan «Paxtakor» va «Qizilqum» jamoalari uchrashuvida stadionda ko'p ming sonli muxlislar bo'lishi kutilmoqda.«Paxtakor» stadionida bo'lib o'tadigan mavsumning ochilish uchrashuviga Toshkent shahrida joylashgan bir qator oliy o'quv-yurtlari talabalari majburan olib kirilishi kutilmoqda. Bu haqda Tribuna.Uz‘ga vaziyatdan xabardor bo'lgan manbalar ma'lumot berdi.Unga ko'ra, poytaxtdagi oliy o'quv yurtlarining har biriga kamida 300 nafar talabalarni o'yinga olib kelish vazifasi yuklangan. Aynan qaysi universitet, institut yoki kollej talabalari stadionga kiritilishi bo'yicha aniq ma'lumotlar berilmagan.«Paxtakor» rasmiy saytida berilgan xabarga ko'ra, bugungi uchrashuvga kirish bepul qilib qo'yilgan.«Paxtakor» - «Qizilqum» uchrashuvi jamoa uchun Toshkentdagi ochilish bahsi va futbol mavsumining boshlanish o'yini bo'lgani sababli klub rahbariyati ishqibozlarning stadionga kirishini bepul qilishga qaror qildi», deb yoziladi klub bayonotida.Eslatib o'tamiz, 1-turdan o'rin olgan «Paxtakor» va «Qizilqum» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Manba: tribuna.uz JRCoder (3 Mar 2017 16:12) Nega majburiy sabab? BahhTeeUz (3 Mar 2017 16:14) --Javob-- JRCoder (3 Mar 2017 16:12): Nega majburiy sabab? ---------- JRCoder, bilmadim, lekin majburiy ekan :-) JRCoder (3 Mar 2017 16:16) --Javob-- BahhTeeUz (3 Mar 2017 16:14): JRCoder, bilmadim, lekin majburiy ekan :-) ---------- Bahh Tee, man fudbolni rossa yomon ko'raman. Shuning uchun fudbol haqida hech nima eshitgimam ko'rgim ham kelmaydi Erkatoy (3 Mar 2017 19:17) Xd uzlarini ovutishmoxchide. Ham birinchi uyin reytingni oshirib korsatishmoxchidurdeee
MaStEr_JaSuR (3 Mar 2017 19:59) Mashal 0 - 1 Lokomativ :-) MaStEr_JaSuR (3 Mar 2017 20:00) Paxtakor 3 - 1 Qizilqum :-) Best_Coder (3 Mar 2017 20:19) --Javob-- MaStEr_JaSuR (3 Mar 2017 20:00): Paxtakor 3 - 1 Qizilqum :-) ---------- MaStEr_JaSuR, kordik Manba: https://uzmasters.ru/forum/3/48/1001/