Mavzu: Fc Barcelona
71. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 07:46
Sidibe «Barselona»ga o'tmaydi, «Monako» u bilan yangi shartnoma imzoladi

«Monako» klubi himoyachi Jibril Sidibe bilan yangi shartnoma imzoladi.
Unga ko'ra, 24 yoshli futbolchi 2022 yilgacha monegasklar tarkibida qoladigan bo'ldi.
Avvalroq, Sidibening «Barselona»ga o'tishi haqida xabarlar chiqqan edi.
72. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 07:47
Pike faoliyatini qachon yakunlashini ma'lum qildi!

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasining himoyachisi Jerar Pike Rossiyadagi jahon chempionatidan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.
“Men terma jamoada hamma narsaga erishdim. Jahon va Evropa chempioni bo'ldim, tarixga kirdim. 2018 yilgi jahon chempionatida ham Ispaniya terma jamoasiga yordam beraman va bu so'nggi yordamim bo'ladi, keyin uyga qaytaman”, dedi Pike.
73. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 07:47
Futbolchilarni ham bosh egishga majbur qilib, ham pullarini shilib olayotganlar

Soch turmaklari futbolda har doim muhim o'rin tutadi. Xususan, ko'pincha turmaklarini o'zgartirishni xush ko'radigan futbolchilar ham talaygina va ular buning uchun yaxshigina mablag' sarflashadi. Ana shunday futbolchilardan biri Neymardir.
— Menda har doim vaqt ko'p bo'ladi, — deydi Neymarning stilisti Vagner Tenorio. — Biroq Neymar ko'pincha tig'iz vaqtda keladi va kutilmagan, noodatiy usullarni tanlaydi. Men esa uning talabini ko'pincha qisqa muddatda bajarishga majbur bo'laman. Biroq bu menga foydali ham, oyiga 2000 evro olaman.
Neymarning stilisti futbolchining uslub, soch turmagi borasida juda injiq ekanligini ta'kidlaydi.
BITTA SEANS — 1000 DOLLAR
Stilistiga pul to'lash borasida Floyd Meyuezerga etadigani topilmasa kerak. U shaxsiy stilisti Jekki Starrni har doim yangi g'oyalar bilan bezovta qilib turadi, juda talabchan ekanligini ko'rsatadi. Ammo shunga yarasha maosh ham to'laydi, ya'ni Starr har bir seansi uchun 1000 dollardan oladi. Shunda uning oylik maoshi 10 000 dollardan ko'proqqa tushadi.
Jekki bokschi bilan Las-Vegasda go'zallik salonlari tarmog'i ochilganida tanishgan. Uning Floyddan ham boshqa “qimmatbaho” mijozlari ko'p.
POL POGBA HAM QOLIShMAYDI
Stilistini anchagina tashvishga qo'yish borasida Pogba ham boshqalardan qolishmaydi. Xususan, u o'tgan yili stilist Kris Toffersonga anchagina boshog'riq bo'lgan. Biroq u buni zarracha ham o'ylab ko'rmaydi, chunki uning fikricha, soch turmagi futbolchining kayfiyatini ko'tarib turadigan jihatlardan biri hisoblanadi.
Va albatta, stilistlarini xafa qilmaydigan futbolchilar sirasiga Ronaldu ham Messini ham kiritsa bo'ladi. Ma'lumotlarga ko'ra, Ronaldu stilistiga oyiga 5 000 dollar atrofida pul to'laydi.
74. abbosbek (78) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 07:48
Сиз факат шум хабар етказаркансизуу :D
75. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 07:51
Messi: “Umid qilamanmi, barcha musobaqalarda g'alaba qozonamiz”

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi yangi mavsum oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Biz hali ham “Barselona” va umid qilamanki, barcha turnirlarda g'olib bo'lamiz. Ortga qaytayotganimdan, yangi bosh murabbiy bilan ko'rishishdan xursandman”.
76. abbosbek (78) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 07:52
Реал мухлисимисиз
77. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 07:52
"Barselona" futbolchilari Tokioda jamoaning yangi formasini namoyish etishdi


Kecha "Barselona" futbolchilari Neymar, Messi, Pike va Turan Tokioga etib borgani elon qilingan edi.
Bugun ushbu futbolchilar jamoaning yangi mavsum uchun formasini taqdim etishdi.


Oldinroq, Yaponiyaning Rakuten kompaniyasi Kataloniya klubi bilan shartnoma tuzgan edi.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 142
Mavzuga oid xabarlar soni: 259 ta
So'ngi faollik vaqti: 1 Jun 2019, 23:18
Mavzuni ko'rishgan: 103 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 242 (0/242)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru