Mavzu: Fc Barcelona
78. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 07:53
abbosbek (14 Jul 2017, 07:52):
Реал мухлисимисиз
abbosbek, barcelona fanatiman.
79. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 07:53
Jerar Pike: «Ronaldu – «Oltin to'p» uchun kurashda favorit»


Barselona himoyachisi Jerar Pike «Real» sardori Serxio Ramos bilan munosabati borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Barselona» va «Real» o'rtasida juda kuchli raqobat mavjud. Ramos «Real» sharafini himoya qilsa, men «Barselona» safida to'p suraman. O'zaro to'qnashuvda o'z jamoalarimiz sha'nini himoya qilamiz. Terma jamoada esa birgalikda kurashamiz.
«Oltin to'p»? Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatida g'olib chiqdi, u — favorit. Messi futbol tarixida eng yaxshi futbolchi hisoblanadi. Tabiiyki, boshqa nomzodlar ham bor. Ko'ramiz», – dedi Pike.
80. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 07:54
Forbes jurnali dunyoning eng qimmat sport klublari ro'yxatini tuzib chiqdi


Forbes jurnali dunyoning eng qimmat sport klublari reytingini e'lon qildi.
Unga ko'ra, Milliy futbol ligasi (NFL) klubi "Dallas Kovboyz" 4,2 mlrd dollarga baholanib, dunyoning eng qimmat klubi bo'lmoqda. Reytingda 2-o'rinni Beysbol ligasi klubi "Nyu-York Yankiz" egallagan, u 3,7 mlrd dollarga baholangan. 3-o'rin esa Angliyaning "Manchester Yunayted" klubiga nasib qilgan, uning narxi 3,69 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Shuningdek, eng qimmatbaho sport klublari beshtaligiga "Real" va "Barselona" ham kirgan. Ispan grandlarining narxi mos ravishda 3,64 mlrd va 3,58 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Avvalroq "Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Forbes nashriga ko'ra dunyoning eng katta daromad oluvchi sportchilari ro'yxatining eng yuqori pog'onasini egallagani ma'lum qilingandi.
81. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 07:56
«Bartomeuning «Barselona»dagi prezidentligi — bu sharmandalik». Sobiq prezident amaldagi rahbarni keskin qoraladi

«Barselona» klubi sobiq prezidenti Joan Laporta kataloniyaliklarning amaldagi rahbari Jozep Bartomeu faoliyatini keskin tanqid qilib o'tdi.
«Bartomeu va uning o'z lavozimiga noloyiq bo'lgan xodimlari ishdan ketishi kerak. Ular klubning boy merosiga faqatgina zarar etkazishmoqda. Ular dunyoning eng yaxshi futbolchisi to'p suradigan klubni boshqarishga munosib emaslar. Noloyiq shaxslarning borligi, jamoaning bir qator korruptsion ishlarga aralashib qolganidan ham ma'lum. Ular ketishi uchun shikoyat xati yozish lozim. Bu sharmandagarchilik! Yo'qol, Bartomeu!» — deb yozgan Laporta.
Laporta shuningdek, «Barselona» prezidentligi uchun saylovlar o'tkazilsa, yana o'z nomzodini qo'yishga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib o'tamiz, sobiq rahbar bir necha marotaba amaldagi prezident iste'fosini talab qilib matbuotda chiqish qilib keladi
82. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 07:56
«Barselona» o'ng qanot himoyasiga ikki nafar futbolchini ko'zlamoqda

«Barselona» klubi o'ng qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Sport.es xabariga ko'ra, Ektor Belerin transferi amalga oshmaganidan so'ng, «Barselona» e'tiborini 23 yoshli Nelson Semedu («Benfika») va 24 yoshli Jibril Sidibega («Monako») qaratgan.
Avvalroq, «Barselona» Semedu uchun 30 million evro taklif qilgan, biroq rad javobini olgan edi.
83. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 07:57
Maskerano jarohatidan tiklanib oldi

Barselona himoyachisi Xaver Maskerano umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.
33 yoshli futbolchi Ispaniya kubogi finalidan o'rin olgan «Alaves»ga (3:1) qarshi o'yinda jarohat olgan edi. Shundan so'ng, u tiklanish jarayonini muvaffaqiyatli o'tab, to'liq sog'ayib ketdi.
Futbolchi jamoaning mavsumoldi dastlabki mashg'ulotida to'liq ishtirok etdi.
84. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 08:00
Gvardiola Dani Alvesning harakatidan darg'azab bo'ldi va uni xoin deb atadi.

«Manchester Siti» rahbariyati Dani Alvesning «PSJ» klubini tanlagani uchun undan qattiq norozi bo'ldi.
Braziliyalik futbolchi avvaliga «shaharliklar» jamoasi tarkibiga qo'shilishga vada bergan edi. Biroq, oxirgi kunda qarorini o'zgartirib, «PSJ» bilan shartnoma imzoladi.
Marca xabariga ko'ra, Alvesning bu harakatidan «Manchester Siti» bosh murabbiyi, uning «Barselona»dagi sobiq ustozi Xosep Gvardiola hamda «Barselona»ning sobiq vakili, hozirda manchesterliklar jamoasi sport direktori bo'lib ishlayotgan Chiki Begiristayn qattiq norozi bo'lgan.
O'tgan haftaning juma kunida Gvardiola va Alves Barselonada uchrashib, birga tushlik qilishgandi. O'shanda tomonlar Angliyada yana hamkorlikda ishlashga kelishishgan.
Ko'p o'tmasdan Dani Alves «Yuventus» bilan shartnomani uzdi va hamma uning «Manchester Siti»ga borib qo'shilishini kuta boshladi.
Uning «shaharliklar» bilan kelishuvga erishgani haqida o'tgan oydayoq yoza boshlashgandi. U o'shandayoq shartnoma tuzishi mumkin bo'lgan, ammo tatilni o'tkazish uchun vataniga ketgan. U okean ortidan qaytgach, Barselonada Gvardiola bilan suhbatda bo'ldi, 4 kun o'tib esa Parij jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tdi.
Bu to'rt kun ichida u IbiTsada ispaniyalik Xoana Sans bilan turmush qurishga ham ulgurdi. Aynan shu ayol futbolchini Parij jamoasini tanlashga undagan bo'lishi mumkin, Xoana Sans tez-tez Parijga tashrif buyurib turishi malum.
Shartnoma imzolashi bilanoq L’Equipe nashriga bergan intervyusida Dani Alves Gvarliola bilan qo'ng'iroqlashgani haqida gapirgan: «Biz gaplashib oldik. Ishonavering, buni men sizga aytayapman. Men qarorim sabablarini tushuntirdim».
«PSJ»da Dani Alves bir qator vatandoshlari bilan birga to'p suradi: Tiagu Silva, Markinos, Lukas, Tiagu Motta. Bundan tashqari Parij jamoasida uning ham vatandoshi, ham «Barselona»dagi sobiq sherigi Maksvell ishlamoqda, u 4 iyul kuni klubning yangi sport direktori, portugaliyalik Anter Enrikega birinchi o'rinbosar bo'ldi. Aynan Maksvell Dani Alvesning transferida muhim o'rin tutgani aytilmoqda.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 142
Mavzuga oid xabarlar soni: 259 ta
So'ngi faollik vaqti: 1 Jun 2019, 23:18
Mavzuni ko'rishgan: 103 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 152 (0/152)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru