Mavzu: Fc Barcelona
92. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 19:56
“Barselona” murabbiysi Messining qarg'ishiga qolmasligi uchun nima qilishi kerak?

Ko'pchilik “Barselona”ni tuzukroq o'yinchi sotib olmayotganlikda ayblayapti. Bu bor gap. Buning sababi esa, menimcha, murabbiyga bog'liq. Hzingiz o'ylab ko'ring, Gvardiola qanday futbolchilarni xarid qilardi? U hozir ham shunday qilmoqda, “Bavariya”da ham, “Manchester Siti”da ham doim kuchli futbolchilarni mo'ljallab kelgan. Chunki u doim chempionlikka o'rgangan. Luis Enrike davrida esa transfer siyosati biroz maydalashib ketdi, “Barselona”da o'rtamiyona o'yinchilar ko'paydi. Bunga o'z navbatida jamoani boshqargan boshqa murabbiylar ham hissa qo'shishdi. Ayni damda esa Ernesto Valverde ham shu yo'ldan ketadigan ko'rinadi. Chunki u shu paytgacha “Atletik Bilbao”ni boshqargan va tabiiyki, chempionlikka intilmagan, maqsad xalqaro musobaqalarda qatnashish imkonini beradigan o'rinlar uchun kurashish bo'lgan, tabiiyki, o'yinchilar ham shunga qarab xarid qilingan, Valverdeda transfer siyosatida o'rtamiyona qarash shakllangan, shu bois ayni damda uning “Barselona”ga moslashishi qiyin bo'lyapti. Chunki balandroq tepalikda yurgan odamni undan-da baland toqqa darrov chiqarib qo'ysangiz, boshi aylanib qolishi tabiiy, ayniqsa, u hali bunday baland tog'larga chiqmagan bo'lsa. Valverdeda ham aynan shunday holat kuzatilyapti. Murabbiylik faoliyatini 2001 yilda boshlagan mutaxassis uchun “Barselona” — faoliyatidagi eng kuchli klub. Ha, u shu paytga qadar “Barselona” darajasidagi top jamoani boshqarmagan.
Shuni ta'kidlash kerakki, bu Valverdening omadsizlikka uchrashini kafolatlamaydi. Chunki undan oldin boshqargan Luis Enrikening tajribasi Valverdenikidan ortiq emasdi, biroq u “Barselona” tarkibi bilan muvaffaqiyatlarga erishdi, biroq oxirida tarkib ancha maydalashib ketdi. Jamoada Valverdening xatolarini yopib ketadigan futbolchilar talaygina, ularning mahorati evaziga murabbiy bir qator yutuqlarni qo'lga kiritishi mumkin, faqat buning uchun u o'rtamiyona futbolchilar uchun “Barselona” eshigini yopmog'i lozim, tushunchalarini ancha kuchaytirishi, dunyoqarashini boyitishi kerak. Ana shunda Messining qarg'ishiga qolmaydi, ana shunda Messi va boshqa tajribali futbolchilar undan norozi bo'lishmaydi.
93. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 20:03
Bugun bir necha futbolchilar mashg'ulotga qo'shiladi


Bugundan Buskets, Umtiti, Din, Iniesta, Alba va Denis Suarezlar jamoa mashg'ulotlariga qo'shilishadi.
94. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 20:03
Rasman Deulofeu "Barselona" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi

Rasman: Gerard Deulofeu Barcelona bilan 2 yillik shartnoma tuzdi. Barcelona uni 12 mln € evaziga xarid qildi. Uning shartnomasidagi tovon puli esa 20 mln € etib belgilandi.
95. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 20:12
Semedo tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Barcelonaga yetib keldi.
local_data-1500045070.38.dat
Yuklangan: 379 marta (0B)
96. Shavkatjon (118) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 20:57
Post ko'paytirish
Screenshot_2017-07-14-20-37-49.png

Yuklangan: 341 marta (95.67KB)
97. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 21:15
Shavkatjon (14 Jul 2017, 20:57):
Post ko'paytirish
Shavkatjon, news qoldirish post ko'paytirish emas.
98. Inson (174) [off] | TXT | 2| 14 Jul 2017, 21:34
Barselona judayam hozirgi kunda yaxshi oynab kelyabdi
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 142
Mavzuga oid xabarlar soni: 259 ta
So'ngi faollik vaqti: 1 Jun 2019, 23:18
Mavzuni ko'rishgan: 103 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 222 (0/222)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru