UMUMIY BO'LIM
|
Sport Olami
|
Mavzu:
Fc Barcelona
Mavzu fayllari
(5)
Gvardiola Dani Alvesning harakatidan darg'azab bo'ldi va uni xoin deb atadi. «Manchester Siti» rahbariyati Dani Alvesning «PSJ» klubini tanlagani uchun undan qattiq norozi bo'ldi. Braziliyalik futbolchi avvaliga «shaharliklar» jamoasi tarkibiga qo'shilishga vada bergan edi. Biroq, oxirgi kunda qarorini o'zgartirib, «PSJ» bilan shartnoma imzoladi. Marca xabariga ko'ra, Alvesning bu harakatidan «Manchester Siti» bosh murabbiyi, uning «Barselona»dagi sobiq ustozi Xosep Gvardiola hamda «Barselona»ning sobiq vakili, hozirda manchesterliklar jamoasi sport direktori bo'lib ishlayotgan Chiki Begiristayn qattiq norozi bo'lgan. O'tgan haftaning juma kunida Gvardiola va Alves Barselonada uchrashib, birga tushlik qilishgandi. O'shanda tomonlar Angliyada yana hamkorlikda ishlashga kelishishgan. Ko'p o'tmasdan Dani Alves «Yuventus» bilan shartnomani uzdi va hamma uning «Manchester Siti»ga borib qo'shilishini kuta boshladi. Uning «shaharliklar» bilan kelishuvga erishgani haqida o'tgan oydayoq yoza boshlashgandi. U o'shandayoq shartnoma tuzishi mumkin bo'lgan, ammo tatilni o'tkazish uchun vataniga ketgan. U okean ortidan qaytgach, Barselonada Gvardiola bilan suhbatda bo'ldi, 4 kun o'tib esa Parij jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Bu to'rt kun ichida u IbiTsada ispaniyalik Xoana Sans bilan turmush qurishga ham ulgurdi. Aynan shu ayol futbolchini Parij jamoasini tanlashga undagan bo'lishi mumkin, Xoana Sans tez-tez Parijga tashrif buyurib turishi malum. Shartnoma imzolashi bilanoq L’Equipe nashriga bergan intervyusida Dani Alves Gvarliola bilan qo'ng'iroqlashgani haqida gapirgan: «Biz gaplashib oldik. Ishonavering, buni men sizga aytayapman. Men qarorim sabablarini tushuntirdim». «PSJ»da Dani Alves bir qator vatandoshlari bilan birga to'p suradi: Tiagu Silva, Markinos, Lukas, Tiagu Motta. Bundan tashqari Parij jamoasida uning ham vatandoshi, ham «Barselona»dagi sobiq sherigi Maksvell ishlamoqda, u 4 iyul kuni klubning yangi sport direktori, portugaliyalik Anter Enrikega birinchi o'rinbosar bo'ldi. Aynan Maksvell Dani Alvesning transferida muhim o'rin tutgani aytilmoqda.
Yuklab olish
Onlayn 212 (0/212)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa