Mavzu: Real Madrid FC
92. ExcLusive (M) (649) [off]
|
TXT |
3| 14 Jul 2017, 08:13
Ronaldu Mbappeni "Real"da ko'rishni xohlamayapdi
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu "Monako"ning 18 yoshli hujumchisi Kilian Mbappeni "Real"da ko'rishni xohlamayapdi.
Ispaniya OAV xabariga ko'ra Ronaldu Mbappe o'rniga jamoaga Lissabonning "Sporting" klubi vakili 22 yoshli Jelson Martinshni olib kelishni maslaxat qilgan.
93. ExcLusive (M) (649) [off]
|
TXT |
3| 14 Jul 2017, 08:14
"Real" shug'ullanayotgan bazada politsiyachilar tekshiruv o'tkazishgan
Madridning "Real" klubi AQSHda Los-Anjelos shtatida mavsumoldi tayyorgarliklarni davom ettirmoqda.
Marcanashri xabariga ko'ra "Real"ning 1-mashg'ulot kunidan so'ng, kechquron politsiya xodimlariga xabar kelgan va unda mashg'ulotlar qarorgohining dam olish joyida noma'lum salafan paket borligi aytilgan. Vaziyat aytilgan joyga politsiyachilar yetib kelgan va atrofni tintuv qilgan natijada hech narsa topilmagan.
94. ExcLusive (M) (649) [off]
|
TXT |
3| 14 Jul 2017, 08:14
Zidan uchun yoqimli muammo
Jamoa bosh murabbiyiga murakkab vazifa.
Dani Sebalyos va Markos Llorente bir oyog'i bilan "Real Madrid" futbolchilari bo'lib turubdi. Bu orqali esa Zidan ixtiyorida dunyoning eng kuchli markaziy yarimhimoyachilari yig'ilib qoldi. Zizu uchun oson emas 8 ta markazda harakat qiladigan futbolchini tarkibdan joy topib berishi.
Kazemiro, Kroos va ModrichZidan jamoasining o'zgartirib bo'lmas futbolchilari hisoblanadi. Ketma-ket CHLni yutishda ham bu trioning xissasi yuqori. Markos Llorente "Alaves"dagi ajoyib mavsumdan so'ng "Madrid"ga qaytmoqda va endi u Kazemiro bilan asosiy tarkib uchun talashadi. Dani Sebalyos esa dunyoning eng kuchli ikkita yarimhimoyachilari Kroos va Modrichdan o'rganadigan narsalari ko'p bo'ladi. Sebalyos hozirgi tarkibga 31 yoshli Luka Modrich o'rniga nomzod sifatida qaralmoqda.
Isko,"Oltin dubl"da eng asosiy figuralardan biri bo'lgan futbolchi va muxlislarning yoqimtoyi.Mateo Kovachichham muntazam o'yin amaliyotiga loyiq futbolchi. Maydonga tushgan o'yinlarda deyarli bexato o'ynaydigan yosh futbolchi ushbu mavsumda amaliyotga ega bo'lishi qiyinlashishi turgan gap.
Va, nixoyat,Marko Asensio,barcha futbolchilarning o'rnida harakat qila oladigan va BBCning eng ishonchli o'rinbosarlaridan biri.
Xa Zidanga qiyin!
95. ExcLusive (M) (649) [off]
|
TXT |
3| 14 Jul 2017, 08:15
Los-Anjelosdagi ikkinchi kungi mashg'ulotlar ham yakunlandi
Zinedin Zidan boshchiligidagi "Real Madrid" Los-Anjelosdagi 2-kungi mashg'ulotlarni yakunladi. Mashg'ulotlarda 26 nafar futbolchi qatnashdi. Antonio Pintus qo'l ostida futbolchilar jismoniy mashqlarni bajardi.
96. ExcLusive (M) (649) [off]
|
TXT |
3| 14 Jul 2017, 08:21
Mavsumoldi ilk tayyorgarliklar boshlandi
Madridning "Real" klubi Los-Anjelosdagi ilk mashg'ulotlarni boshladi. Mashg'ulotlarda 26 nafar futbolchi qatnashdi. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan jismoniy mashqlarni ikki qismga bo'lib o'tkazdi va yakunda to'p bilan momila qilishni mashq qildirdi. Shuningdek, 4 nafar darvozabon maxsus to'plarda mashq qilishdi. Jismoniy mashqlarni futbolchilarga Antonio Pintus o'tkazdi.
97. ExcLusive (M) (649) [off]
|
TXT |
3| 14 Jul 2017, 08:21
Dugarry "Real Madrid" mashg'ulotlariga tashrif buyurdi
Sobiq Jahon va Yevropa chempioni Fransiya terma jamoasida Zidan bilan to'p surgan Kristoff Dugarry "Real Madrid" mashg'ulotlarini tomosha qilish uchun mashg'ulotlar maydoniga tashrif buyurdi va do'sti Zidan bilan uchrashdi.
98. ExcLusive (M) (649) [off]
|
TXT |
3| 14 Jul 2017, 08:21
Morata "Chelsi"ga o'tishni xohlamaydi, futbolchi "Real"da qolmoqchi
"Real" forvardi Alvaro Morata "Chelsi"ga o'tishni xohlamaydi.
Hujumchi "Chelsi" u uchun faoliyatini yaxshi davom ettiradigan joy emas, endilikda futbolchi Madridda qolishga qaror qilgan. Oldinroq, Morata "MYU"ga o'tishni xohlagani va xattoki kelishib olinganligi, biroq klub rahbarlari moliyaviy masalani bir to'xtamga kela olmagani uchun Alvaro transferi amalga oshmay qolgani haqida xabar berib o'tgan edik.