Mavzu: Real Madrid FC
99. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 3| 14 Jul 2017, 08:22
"Dallas Kavboyz" — dunyoning eng boy sport klubi deb topildi

NFL (Amerikacha futbol) vakili "Dallas Kavboyz" klubi Forbes tasnifiga ko'ra ketma-ket 2-marta dunyoning eng boy sport klubi deb topildi. Ularning mablag'i 4,20 mlrd $ ga teng. Ikkinchi o'rinni esa MLB (Beysbol) va'kili "Nyu-York Yankis" klubi band etdi (3,79 mlrd $). Yakuniy uchinchi o'rinni "Manchester Yunayted" futbol klubi yakunlab berdi (3,69 mlrd $).
Top-10 dunoning eng boy klublari:
1. "Dallas Kavboyz" (NFL) — $ 4,20 mlrd;
2. "Nyu-York Yankis" (MLB) — $ 3,70 mlrd;
3. "Manchester Yunayted" (Futbol, Angliya) — $ 3,69 mlrd;
4. "Barselona" (Futbol, Ispaniya) — $ 3,64 mlrd;
5. "Real" (Futbol, Ispaniya) — $ 3,58 mlrd;
6. "Nyu-Inglend Petriots" (NFL) — $ 3,40 mlrd;
7. "Nyu-York Niks" (NBA) — $ 3,30 mlrd;
8. "Nyu-York Djayents" (NFL) — $ 3,10 mlrd;
9. "San-Fransisko Forti Nayners" (NFL) — $ 3,00 mlrd;
10. "Los-Andjeles Leykers" (NBA) — $ 3,00 mlrd.
100. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 3| 14 Jul 2017, 08:22
Morata juda katta maosh taklif qilgan Xitoy klubiga rad javobini berdi

"Real" hujumchisi Alvaro Morata Xitoydan aqlbovar qilmas taklif oldi.
Yuklab olish
"Real" hujumchisi Alvaro Morata Xitoydan aqlbovar qilmas taklif oldi.
"Tyantszin Tsyuantszyan" futbolchiga 30 million evro yillik maosh taklif qildi, deya xabar tarqatdi Onda Cero. Ma'lumotlarga qaraganda, Morata ushbu taklifga rad javobini bergan. Boisi, u faoliyatini Xitoyda davom ettirish niyatida emas.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" shu kunlarda Morata uchun "Real"ga 80 million evro taklif qilgandi. "Qirollik klubi" esa hujumchini 90 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
101. BestMaker (63) [off] | TXT | 0| 14 Jul 2017, 20:11
Rasman “Real” Sebalyos bilan 6 yillik shartnoma imzoladi
102. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 0| 14 Jul 2017, 21:40
«Real» Mene transferini o'rganib chiqmoqda
103. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 0| 14 Jul 2017, 21:41
Daily Mail: "Real" De Xea uchun yangi taklif hozirlamoqda
104. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 0| 14 Jul 2017, 21:41
Rossiyalik muxlis Konfederatsiyalar kubogi vaqtida Ronalduga uylangan ekan!

Konfederatsiya kubogi nihoyasiga etdi. Biz sizlarga Ronaldu bilan bog'liq Konfederatsiyalar kubogidagi qiziqarli ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.

Konfederatsiya kubogi nihoyasiga etdi. Biz sizlarga Ronaldu bilan bog'liq Konfederatsiyalar kubogidagi qiziqarli ma'lumotlarni keltirib o'tamiz.
Qozondagi odamlarni ilhomlantirdi
Qozon shahridagi odamlar Portugaliya terma jamoasi to'xtagan mehmonxona ro'parasidagi binoga Ronalduning rasmi tushirilgan katta plakat yopishtirgan. “Men bu portretni ko'rdim, u juda ham chiroyli va menga juda ham yoqdi”, – deya aytib o'tdi Andre Silva.
Qozonliklar rahmatnomasi
Quruq ikki gap, biroq shunisiga ham rahmat
Pasportga dastxat qo'ydi
Nikita Smirnov Perm shahridan Qozonga amaliyot o'tash uchun kelgan. “To'g'risini aytsam, Ronaldu dastxat beradi deb o'ylamagandim. Chunki Portugaliya o'z futbolchilariga muxlislarga dastxat berish va muloqot qilishini taqiqlagani haqida o'qigandim. Shunday bo'lsa-da, men futbolchilarni ko'rmoqchi edim va ular bilan birga rasmga tushmoqchi edim. Baxtimga Ronaldu muxlislarga yaqinlashishga qaror qildi. Mening yonimda pasportimdan boshqa hech narsa yo'q edi, shuning uchun ham pasportimning toza joyini ochib uzatdim, Ronaldu dastxat qo'yib berdi”, – deya aytib o'tadi Nikita Smirnov.
105. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 0| 14 Jul 2017, 21:42
RASMAN: La Liga 19-20-avgust kuni boshlanadi, 20-mayda yakunlanadi
Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi Primero baxslarini 19-20-avgust kuni boshlanishini va 20-mayda yakunlanishini rasman e'lon qildi.
Qirol kubogi final baxsi 21-aprel kuni, La Liganing 31-turi bo'layotgan payti o'tkaziladi va finalda qatnashgan jamoalar boshqa sanada o'z o'yinini o'tkazadi. Ma'lumot uchun, La Ligaga qur'a tashlash marosimi 20-iyul kuni o'tkaziladi.
Agarda "Real" Qirol kubogi va Chempionlar Ligasi finaliga chiqsa jami 65 ta uchrashuv o'tkazgan bo'ladi. Eslatib o'tamiz, Chempionlar Ligasi (2017/18) mavsum final uchrashuvi Kiyevdagi "Olimpiskiy" stadionida o'tkaziladi.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 143
Mavzuga oid xabarlar soni: 391 ta
So'ngi faollik vaqti: 15 Jun 2019, 17:06
Mavzuni ko'rishgan: 136 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 311 (0/311)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru