Mavzu: Real Madrid FC
113. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 06:02
Nacho "Real"nin yangi mavsum uchun atalgan 3-libosini taqdim etdi

Tez orada yangi forma ekipirovkalari rasman taqdim etiladi.
"Real" markaziy himoyachisi Nacho o'zining Instagramdagi sahifasida "qaymoqrang"lilarning 3-libosini taqdim etdi. Bir nech daqiqa o'tib esa kanterano ushbu fotoni o'chirib tashlashga muvoffaq bo'ldi.
Yangi libos ranggi to'q-ko'k rangda bo'lib, libosning chap taraf yelka qismida to'rtburchak ichida alohida rang ajralib ko'rsatilgan.
114. UzKhan (135) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 07:24
Ronalda real madridda qoladigan boldi
115. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 07:45
UzKhan (15 Jul 2017, 07:24):
Ronalda real madridda qoladigan boldi
UzKhan, endi bildizmi?
Ronaldo doim qoladi realda.
116. UzKhan (135) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 07:46
ExcLusive (15 Jul 2017, 07:45):
UzKhan, endi bildizmi?
Ronaldo doim qoladi realda.
ExcLusive, Ronaldosiz real bolmaydi
117. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 07:50
“Modrich mojarosi” yakuni: Modrichni 5 yilga qamashadimi? Ha!
Luka Modrich yolg’on guvohlik berganlikka ayblanishi mumkin.
Aniqroq aytadigan bo’lsak, xorvatiyalik yarim himoyachi Zagrebning “Dinamo”sining sobiq prezidenti Zdravko Mamichga qarshi sudda yolg’on guvohlik bergan.
Mamich – kim u?
Mamich Xorvatiyada juda ham taniqli inson. Yoshligida u “Bad Blue Boys” guruhi ashaddiy muxlislarining bir qismi bo’lgan. Shundan so’ng “Dinamo” klubiga qabul qilingan. Bunga taniqli murabbiy Miroslav Blajevich turtki bo’lgan.
2003-yildan boshlab Mamich “Dinamo” Zagrebning asosiy insonlaridan biriga aylanadi. 14 yil davomida 15 ta murabbiy almashtirgan. Bir necha marotaba qamoq jazosiga tortilgan. Har xil vaziyatlar bilan: Xorvatiya sport vazirini haqorat qilgani uchun, jurnalistlarga tashlangani uchun, “Hayduk” jamoasi sobiq o’yinchisi bilan tribunada mushtlashgani uchun va har xil noqonuniy ishlar amalga oshirganligi uchun. Xorvatiya xalqi sobiq Yugoslaviya bilan bo’lgan qo’rqinchli jangda Mamich o’z davlatidan 14 million ishlaganini hali ham hazm qila olishmayapti.
Mamichda hozirda nima ayb?
Noqonuniy yo’llar bilan 15 million (ba’zi axborotlarga qaraganda 20 mln) ishlagani uchun va 1,5 million soliq to’lamaganligi uchun. Bunday tarixga ega odam uchun odatiy holdek to’g’rimi?
Modrichning nima aloqasi bor?
Bir necha kun oldin Modrich sudda Mamichga qarshi guvohlik bergan. U Mamichga “Dinamo”dan “Tottenxem”ga o’tganligi haqida eslatib o’tgan. “Adashmasam “Dinamo” mening transferim uchun “Tottenxem”dan 21 yoki 23 million ishlagan. Mamichning taklifiga binoan foydaning yarmi menga berilishi kerak edi. Men bunga rozi bo’ldim va bankdan olgan kunimoq pulni ayblovchining akasi va o’gliga berganman”, – deya aytib o’tgan Modrich.
Modrichning gapiga qanday reaksiya bo’ldi?
Xorvatiya futbolida Mamichning atrofida juda ham qiyin va chigil vaziyat yuzaga kelgan. Unga hatto “Dinamo”ning o’z muxlislari ham qarshi chiqishga tayyorlar. Chunki, ayblovlarga qaraganda, Mamich barcha Xorvatiya futbolini o’z qo’l ostiga olgan. Bunga isbot qilib “Dinamo” oxirgi 11 yil ichida ketma-ket Xorvatiya chempioni bo’lib kelishini misol keltirishimiz mumkin.
Modrichning gapiga yaxshigina jahllari chiqdi. Xorvatiyada Modrichni “Mamich bankomati” deya atashadi, ba’zilar esa “Mamichning qo’g’irchog’i” deyishadi. Bu gaplarning hammasi vaziyatni yanada chigillashtirmoqda.
118. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 07:54
Benzemaning “bema’ni”ligi: u ta’tilda nima qilganini bilasizmi?
Buni qarangki, haqiqiy futbolchilar ta’tilda ham jismoniy faolliklarini aslo yo‘qotishmas ekan. Quyida ta’tildan samarali foydalangan futbolchilar haqida to‘xtalib o‘tamiz. Benzemaning bema’niligi haqida ham fikr bildiramiz.
Garet va golf
Uelslik futboli Garet Beyl yozgi ta’til vaqtida formasini saqlab turish uchun antiqa usuldan foydalandi. U golf bilan shug‘ullandi. Ko‘ramiz, bu usul yangi mavsumda qanday yordam berarkin?
Ibra va tiklanish
Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich “Manchester Yunayted” bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgach, ishtahasi ochilib ketdi. U tiklanish mashqlarini bajarish uchun o‘tloq maydonni tanladi.
Obameyang — eng samaralisi oyoq mashqlaridir
Gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang odatidan farqli ravishda oyoq mashqlariga zo‘r bermoqda. Ilgari u ko‘proq tezlikka ahamiyat qaratardi.
Rodriges — toza havo qo‘ynida
“Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan Xames Rodriges esa ko‘p vaqtini velosipedda sayr qilib o‘tkazmoqda. Ehtimol, Myunxen klubining mehrini qozonishning shu yo‘lini tanlagandir.
Benzema — “Mana mening pressim”
Karim Benzema esa mashqlarini emas, mashqlaridan keyingi natijani ko‘z-ko‘z qilish bilan band. Ayniqsa, uning internetga joylagan rasmidan bilish mumkinki, Benzema asosiy vaqtini maqtanish bilan o‘tkazyapti, shekilli. Biroq rasmdan Benzemaning ham bekor o‘tirmayotganini bilish qiyin emas.
119. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 20:03
Marselo: «Biz o'lgunimizcha Ronalduni qo'llab-quvvatlaymiz»
«Real» himoyachisi Marselo jamoadoshi Krishtianu Ronalduni har doim qo'llab-quvvatlashini aytdi.

«Real» himoyachisi Marselo jamoadoshi Krishtianu Ronalduni har doim qo'llab-quvvatlashini aytdi.
«Ronaldu bilan soliqlar mavzusida gaplashmadim, ammo biz uni o'lgunimizcha qo'llab-quvvatlaymiz. Ronaldu buni biladi. U jamoa tarkibiga kelishi bilanoq, gaplashib olamiz va barcha narsaga oydinlik kiritamiz» - dedi Marselo Marca xabarida.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 143
Mavzuga oid xabarlar soni: 391 ta
So'ngi faollik vaqti: 15 Jun 2019, 17:06
Mavzuni ko'rishgan: 136 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 379 (0/379)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru