Mavzu: Real Madrid FC
120. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 0| 15 Jul 2017, 20:03
“Marselo” Ronaldu atrofidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Shu paytga qadar Ronalduning “Real”dan ketishi haqida mish-mishlar tarqalgan, biroq keyin Ronaldu bu xabarlarni rad etgandi.

Shu paytga qadar Ronalduning “Real”dan ketishi haqida mish-mishlar tarqalgan, biroq keyin Ronaldu bu xabarlarni rad etgandi. Uning jamoadoshi Marselo esa bu haqda fikr bildirdi.
“Ronaldu bilan bu haqda gaplashganim yo'q. Biroq u do'stlari u bilan umrining oxirigacha birga bo'lishini biladi. Men bunga ishonaman”, deydi Marselo.
121. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 15 Jul 2017, 20:04
"Real" "Milan"dan Morata uchun 90 mln so'ramoqda
"Milan" klubi "Real" hujumchisi Alvaro Moratani sotib olmoqchi, bu haqidaSky Sport Italiyaxabar berib o'tadi.
Xabarlarga ko'ra 24 yoshli ispaniyalik futbolchi borasida va "Milan" muzokara o'tkazmoqda, ammo madridliklar Alvaroni 90 mln yevrodan kamiga sotmoqchi emas.
Shuningdek, "Milan" Andrea Belotti ("Torino"), Per-Emerik Obameyang ("Borussiya D") va Nikola Kalinich ("Fiorentina") nomzodlarini ham ko'rib chiqmoqda.
122. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 15 Jul 2017, 20:04
Sebalyosning transfer narxi 500 mln yevro baxolandi
Madridning "Real" klubi Daniel Sebalyos transferining bir qancha moliyaviy detallarini oshkor etdi.
AS nashri bergan xabarga ko'ra Sebalyos "Real" bilan 6 yillik shartnomaga imzo chekadi. Shuningdek, uning shartnomasida transfer narxi 500 mln yevro qilib belgilangan. Futbolchining transfer narxi esa 16,5 mln yevro.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli futbolchi 20-iyul kuni "Santiago Bernabeu"da 15:00 da tanishtiriladi va shundan so'ng AQSHga jo'nab ketadi.
123. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 15 Jul 2017, 20:05
Mourinyo: Morata borasida "Real" bilan kelisha olmadik
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Real" hujumchisi Alvaro Morataga qiziqganini tasdiqladi.
"Menga boshqa futbolchilar haqida gapirish yoqmaydi, Morata bizning futbolchi emas. Men "Real"dagi hech bir futbolchi haqida gapirishni xohlamayman. Xa, biz Morataga qiziqdik, buni yashirmayman. "Real" futbolchisi uchun ko'p so'radi, biz esa ular aytgan mablag'ni to'lashni istamadik. Men "Real"ni tanqid qilmoqchi emasman va shu bilan o'z jamoam rahbarlarini ham. Ular men xohlagan futbolchi bilan muzokara o'tkazishdi, tomonlar kelisha olishmadi. Bor gap shu".- deydi Mourinyo.
124. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 15 Jul 2017, 20:05
Joze Varanning “MYu”ga kelishi mumkinligini inkor etmadi
“Manchester Yunayted” murabbiysi Joze Mourinyu Rafael Varanning “Manchester Yunayted”ga kelishi mumkinligini inkor etmadi.

“Manchester Yunayted” murabbiysi Joze Mourinyu Rafael Varanning “Manchester Yunayted”ga kelishi mumkinligini inkor etmadi. Uning fikricha, “Real” yaqin orada yana David de Xeani qo'lga kiritish uchun taklif yuboradi. Ana shunda “Manchester Yunayted” “Real”dan Varanni ham talab qiladi. Bu haqda “Don Balon” ma'lum qildi.
Varanni xarid qilish shaxsan Joze Mourinyuning istagi. U frantsiyalik himoyachi bilan 2011-2013 yillarda ishlagan.
125. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 15 Jul 2017, 20:05
«Real» Sebalosning tovon pulini osmonga chiqardi
Yarimhimoyachi Dani Sebalosning «Real» bilan imzolagan mehnat bitimining shartlari ma'lum bo'ldi.

Yarimhimoyachi Dani Sebalosning «Real» bilan imzolagan mehnat bitimining shartlari ma'lum bo'ldi.
As xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchi 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Uning tovon puli 500 mln evro qilib belgilandi.
Sebalos 20 iyul kuni «Real» futbolchisi sifatida rasman tanishtiriladi. Ertasi kuni esa AQSh sayohatiga yo'l olgan jamoa tarkibiga borib qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, «Real» Sebalosning transferi uchun «Betis»ga 15–18 million evro atrofida pul to'ladi.
126. ExcLusive (M) (649) [off] | TXT | 1| 15 Jul 2017, 20:07
Fernando Redondo: «Zidan buyuk del Boskeni eslatyapti»
1994-2000 yillar oralig'ida «Real Madrid» sharafini munosib himoya qilgan argentinalik Fernando Redondo ayni payt murabbiylik sohasiga qadam tashlashga hozirlanmoqda.

1994-2000 yillar oralig'ida «Real Madrid» sharafini munosib himoya qilgan argentinalik Fernando Redondo ayni payt murabbiylik sohasiga qadam tashlashga hozirlanmoqda.
Vaqtida tartibli o'yinlari, zargarona uzatmalari bilan ajralib turgan sobiq yarim himoyachi Las-Rosas shahrida bu yo'nalishdagi kurslarda saboq oldi.
U Ispaniyaning AS nashriga bergan intervyusida «Madrid» bag'ridagi yorqin damlarini esga olish barobarida hozirgi jamoa, xususan, uning bosh murabiyi Zayniddin Zidanni alohida e'tirof etdi.
- Bodo Illgner, Kristian Panuchchi, Manuel Sanchis, Roberto Karlos, Fernando Redondo, Kris-tian Karambyo, Klarens Zeedorf, Raul, Fernando Morentes va Predrag Miyatovich - bular ChL-1997|1998 qahramonlari. 1998 yilning 20 may kuni «Yuventus»ni mag'lubiyatga uchratgan o'sha jamoadan qanday xotiralar qolgan?
- Biz uchun finalni o'z foydamizga hal qilish o'ta muhim edi. Chunki muxlislar oldida qarzdorlikni his etayotgandik, axir jamoamiz naq 32 yil davomida Chempionlar kubogi turniri shohsupasiga ko'tarilolmagandi. Tabiiyki, bu ayniqsa, «Madrid» uchun juda katta muddat edi. O'sha finalda nafaqat o'zimiz, balki qachonlardir «Real» sharafini himoya qilishgan, biroq bunday yuksak g'alabaga erisholmagan buyuk futbolchilar uchun to'p surganmiz. Boshqacha aytganda, zimmamizdagi mas'uliyatni to'liq anglagan holda, o'yinga jiddiy yondashganmiz. Ammo hal qiluvchi bahsda bizni «Yuventus» - o'sha payt a'lo sport formasida bo'lgan dahshatli jamoa kutardi.
- Eslasak, «Real» yakuniy uchrashuvga aynan sizning Dortmundda «Borussiya»ga qarshi kechgan yarim finaldagi ajoyib harakatlaringiz tufayli yo'l olgandi qaysidir ma'noda. Germaniyadagi uchrashuvda qanday o'ynaganingizni «madridchilar» hamon katta hayajon bilan esga olishlari bejiz emas...
- Darhaqiqat, o'sha yarim final bahsida qayd etilgan g'alaba bosh sovrinni qo'lga kiritish yo'lidagi muhim qadam bo'lgandi. Zero, muxlislar bilan to'lib-toshgan stadionda ChLning amaldagi g'olibiga qarshi to'p surish chinakam sinov edi. O'yinning dastlabki daqiqalarida kutilganidek, mezbonlarning katta bosimlariga dosh berishimizga to'g'ri keldi. O'ylaymanki, yarim final qarama-qarshiligida ustun kelishimizda o'z kuchimizga ishonch hissi, iroda va sabr-bardosh muhim ahamiyat kasb etgan. Shuningdek, ChL bosh sovrinini qo'lga kiritish va muvaffaqiyatni muxlislar bilan baham ko'rish ishtiyoqi ham foyda bergandi.
- Dortmunddagi ajoyib o'yindan keyin aytgan gaplaringizdan iqtibos: «Frantsiya mundialini unutishim uchun aynan shunday to'p surishim kerak edi». Ko'pchilikni haligacha bitta savol qiynaydi: nahotki, Daniel Pasarellaning uzun sochlaringizni qirqib tashlash haqidagi talabini bajarmaganingiz uchungina terma jamoa tarkibidan chetda qolganingiz rost bo'lsa...?
- Bu masalada uzoq gapirish mumkin. Eng asosiy sabab shuki, ikkimizning umumiy qarashlarimiz boshqa-boshqa edi. Oqibatda Pasarella men uchun mundial eshiklarini shunchaki, yopib qo'ydi. Xullas, ChL finaliga yo'l olish o'sha alamlarni tezroq unutishimda dori vazifasini o'tardi. Axir har qanday futbolchi uchun milliy jamoada to'p surish - ulkan sharaf. Shu jumladan, men ham mamlakatim bosh jamoasi o'yinlarida boridan ham ortiq kuch sarflashga intilganman. Shuning uchunmi, ayni kuch-quvvatga to'lgan, yuqori sport formasiga kirgan payt JChdan chetda qolish g'oyat alam uyg'otgandi. Muhimi, «Madrid» bilan ChL g'olibiga aylanib, buning uchun o'ziga xos kompensatsiya olganday bo'ldim. Chunonchi, o'sha yutuq faoliyatim davomidagi eng yorqin sahifadir.
- O'sha payt, ya'ni Yupp Xaynkes davrida «Madrid»ni murabbiy emas, balki futbolchilar boshqarishgani haqida gap-so'zlar urchigandi...
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 143
Mavzuga oid xabarlar soni: 391 ta
So'ngi faollik vaqti: 15 Jun 2019, 17:06
Mavzuni ko'rishgan: 136 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
uzmasters.ru Onlayn 187 (0/187)
uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
uzmasters.ru Forumdan qidirish
uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru